⚡️ДТМ ўз сайтида тест синовлари 2 та фандан бўлиши ҳақидаги режани маълум қилди

«Коронавирус пандемияси шароитидаги карантин абитуриентларимизнинг ўқишга кириш тайёргарлигига ҳам жиддий таъсир кўрсатмоқда», - дейилади ДТМ сайтидаги хабарда.

«Ана шундай чекловлар даврида абитуриентларимиз ўзлари хоҳлаганларидек тайёргарлик кўра олмадилар. Бунақа пайтда уларга ёрдам бериш, енгилликлар яратиш, фақат битирувчилар учун эмас, балки абитуриентлар учун ҳам фойдалидир.

Бу йил абитуриентларнинг уйидан чиқмаган ҳолда рўйхатдан ўтишини ташкил этиш, тест топшириқларини соддалаштириш, кириш тест синовларини содда шаклда ва қисқа вақт ичида ўтказиш каби енгилликлар яратиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Жорий йилнинг 30 апрель куни Президентимиз раҳбарлигида ўтган йиғилишда белгиланган топшириқлар ва тасарруфида ОТМлари мавжуд бўлган вазирлик, идора, ташкилотлар томонидан киритилган таклифлар асосида ҳамда абитуриентларни қийнаб қўймаслик мақсадида фақат 2020-2021-ўқув йили учун истисно тариқасида қабул тест синовлари мажбурий фанларсиз, 2 та мутахассислик фанларидан ўтказилиши режалаштирилмоқда. Ушбу 2 та мутахассислик фанлари 2019 йил декабрь ойида белгиланган тартибда тасдиқланиб, кенг жамоатчиликка эълон қилинган эди.

Алоҳида таъкидлаш керакки, инфекция бутунлай бартараф этилмаган шароитда абитуриентларнинг 1000 ўринлик биноларда 3-4 соат қолиб кетишига йўл қўйиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам мазкур ўқув йилида тест синовлари ўтказиладиган биноларда кўпи билан 700 тагача ўрин тайёрланади, ҳар бир абитуриент учун камида 3 кв.м жой ажратилади, санитария-гигиена талабларига биноан, уларда ниқоб, қўлқоп билан тестда иштирок этиши таъминланади. Абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчангач, бинога киритилади. Бинолар камида 4 маротаба дезинфекция қилинади. Буларнинг бари тест топширувчилар, гуруҳ назоратчилари ва жараёнга жалб этилган бошқа шахсларнинг саломатлигини ҳимоялаш мақсадида амалга оширилади.

Қайд этилган ушбу жараён ҳам карантин чекловлари бутунлай олиб ташлангандан сўнг амалга оширилади.

Кейинги ўқув йилидан бошлаб, ҳамма жараён белгиланган тартиб-қоидалар асосида бўлишини такроран эслатиб ўтамиз».

👉 @xushnudbek 👈

1230 comments

Show 100 more comments
Hozirgi sharoitda eng tuģri yòl bu, òqigan odam har qanaqasiga òz bilimini kòrsatib òqishga kira oladi... Rahbarlarimiz har tomonlama òylab keyin chiqarishgan bu qarorni...
Asadbek Teshaboyev
Nimaga SENTYABRDA chiqqan qarorni qimasdan, Hozirgi qarorni maqullayapsiz?
Endi hamma tayyorlanganiga qarab munosabat bildiryapti-da qarorga. Aslida sentabrdan tayyorlanish kerak edi. Bunga karantinni 30% aloqasi bulishi mumkin. Bu uchun 5ta fanni qisqartirish bizga yengillik emas aslida. Buni afsuski hamma tushunmaydi
Aziza Karimova
Assalomu alaykum Xushnudbek, magistraturaga topshirsh haqida ham malumot bersangiz, iltimos
Salom Xushnud aka ikkinchi mutaxassislik va magistratura haqida ham ma'lumot bersangiz !
Bu haryilgi oyinlardan bittasi otgan yilham dtm nima bolishini oxirida aytgandi buyilku pandemiya dep bahona qilado
Madina🌸
Qiziq...Hammamiz adolatdan gapiramizu lekin mana shu qarorning asl mohiyatini o'ylab ham ko'rmaymiz... Sizningcha dunyoda millionlab odamlar virusdan o'layotgan mana shunday pandemiya paytida minglab abiturentlarni soatlab bir joyga tõplab hayotini xavfga qo'yish adolatmi?! Mabodo Xudo korsatmasin shu tufayli insonlar vafot etishsa shunda adolat bõladida sizningcha???Axir siz 5 ta fandan topshirasizku... O'ylaysizki, Bu qarorni loyihalashtirayotganlar ham bekorchilikdan o'ylab topib o'tirishibdi. Ular ham inson! ... 5 ta fanni amaliyotga tadbiq qilishayotganda 1 yil o'tib mana shunday virus tarqalib karantinga olinishimiz va bu ta'lim sifatiga bevosita ta'sir qilishi haqida bashorat qilisholmaydi!!! 5 ta fanni õqib qõydim endi faqat shuni topshirib kirishim adolat bõladi deydiganlar iltimos sal mulohazali bo'laylik sizning maqsadingiz oliygoh talabasi bo'lish,shunday ekan nechta fanni ishlab kirishning nima ahamiyati bor agar siz chinakamiga mehnat qilib Shu fanlarni sidqidildan organgan bolsangiz shu asosiy fanlaringiz bilan ham mehnatlariz samarasini Alloh o'zi nasib etadi sizga... Oz manfaatimiz va mazmunsiz adolatparvarligimiz deb bu qarorning asl maqsadini unutmaylik...
Mahliyo

Xa tòģri aytasiz rostanham qòwimcha 3ta fanni òrgangan bòlsak nima qilibdi bu zararmi ortiqcha bilim ziyonmi wuni òrgandik endi 3fansiz bòlmaydi deyish tòģrimi òrgangan bòlsak òzimizga foydaku dòstlar alloh har kimni nasibasini beradi inshaalloh asosiysi soģlik va tinchlik
Shu 2 ta fanni 30 tadan yechib chiqishni Alloh nasib aylasin . Shusiz ham byudjet kirasizlar 5 ta boldi nima 2 ta boldi nima . Odam ozini oylash yaxshi emas.Masalan menga farqi yoq.
Fikrimiz. 1 joydan chiqibdi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka 2ta fan bo'lishi100% aniq bo'ldimi?
Ra'no Adinaeva
Assalomu alaykum 2 ta fanga bir xildan ball beriladi
Ra'no Adinaeva
Mi?
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Bu yil san'at va madaniyat institutiga kirish imtihonlari haqida ham ma'lumot berib yuborsangiz. San'at va madaniyat institutiga kirish uchun ijodiy ish ham bor edi. Endi ijodiy ish yo'q bo'lib faqat 2 ta fandan imtihon bo'ladimi? Iltimos shu savollarimga javob bersangiz. Javob uchun oldindan raxmat.
Mahliyo
Assalomu aleykum. Dtm saytlariga kelayotgan xabarlar qanchalik tòģri OTMga kirish vaqtincha qoldirilishi mumkin degan xabarlarni izohlab beraolasizmi iltimos😟😯
Abduvaliyev Davlatali
Assalomu aleykum ichki ishlar akademiyasi,Milliy gvardiya bilim yurtlariga topshiradigan abiturentlar qaysi fanlardan test topshiradi.Jismoniy tayorgarlik holatini tekshirish ham fan blogiga kradimi.
Assalomu alaykum bu yil ham test sinovlari o'tgan yildagidek belgilangan sanada ya'ni iyul oyining oxirida boshlandimi yoki karantin butunlay tugagach test sinovlari o'tkaziladimi shuni bilmoqchi edim javob uchun oldindan rahmat Assalomu alaykum va rahmatulohi barakattuh.
Show next 65 comments