⚡️ДТМ ўз сайтида тест синовлари 2 та фандан бўлиши ҳақидаги режани маълум қилди
«Коронавирус пандемияси шароитидаги карантин абитуриентларимизнинг ўқишга кириш тайёргарлигига ҳам жиддий таъсир кўрсатмоқда», - дейилади ДТМ сайтидаги хабарда.
«Ана шундай чекловлар даврида абитуриентларимиз ўзлари хоҳлаганларидек тайёргарлик кўра олмадилар. Бунақа пайтда уларга ёрдам бериш, енгилликлар яратиш, фақат битирувчилар учун эмас, балки абитуриентлар учун ҳам фойдалидир.
Бу йил абитуриентларнинг
уйидан чиқмаган ҳолда рўйхатдан ўтишини ташкил этиш, тест топшириқларини
соддалаштириш, кириш тест синовларини
содда шаклда ва қисқа вақт ичида ўтказиш каби енгилликлар яратиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.
Жорий йилнинг 30 апрель куни Президентимиз раҳбарлигида ўтган йиғилишда белгиланган топшириқлар ва тасарруфида ОТМлари мавжуд бўлган вазирлик, идора, ташкилотлар томонидан киритилган таклифлар асосида ҳамда
абитуриентларни қийнаб қўймаслик мақсадида фақат 2020-2021-ўқув йили учун истисно тариқасида қабул тест синовлари
мажбурий фанларсиз, 2 та мутахассислик фанларидан ўтказилиши режалаштирилмоқда. Ушбу 2 та мутахассислик фанлари 2019 йил декабрь ойида белгиланган тартибда тасдиқланиб, кенг жамоатчиликка
эълон қилинган эди.
Алоҳида таъкидлаш керакки, инфекция бутунлай бартараф этилмаган шароитда абитуриентларнинг 1000 ўринлик биноларда 3-4 соат қолиб кетишига йўл қўйиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам мазкур ўқув йилида тест синовлари ўтказиладиган биноларда кўпи билан
700 тагача ўрин тайёрланади, ҳар бир абитуриент учун камида
3 кв.м жой ажратилади, санитария-гигиена талабларига биноан, уларда
ниқоб, қўлқоп билан тестда иштирок этиши таъминланади. Абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчангач, бинога киритилади. Бинолар камида 4 маротаба
дезинфекция қилинади. Буларнинг бари тест топширувчилар, гуруҳ назоратчилари ва жараёнга жалб этилган бошқа шахсларнинг саломатлигини ҳимоялаш мақсадида амалга оширилади.
Қайд этилган ушбу жараён ҳам карантин чекловлари бутунлай олиб ташлангандан сўнг амалга оширилади.
Кейинги ўқув йилидан бошлаб, ҳамма жараён
белгиланган тартиб-қоидалар асосида бўлишини такроран эслатиб ўтамиз».
👉 @xushnudbek 👈
1. O‘zbek filologiyasi yo‘nalishida ikkinchi fan – chet tili
Yangi tasdiqlangan fanlar majmuasida «5120112: Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)» yo‘nalishi bo‘yicha ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan imtihon olinishi belgilangan.
«Biroq negadir ro‘yxatda 2019-2020 o‘quv yili uchun fanlar majmuasida ko‘rsatilgan «5120101: Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili» yo‘nalishi va unga qaysi fanlardan imtihon olinishi ko‘rsatilmagan.
Shu sababli o‘zbek filologiyasi yo‘nalishida o‘qishni xohlagan abituriyentlar qaysi fanlardan imtihon topshirishni bilishmayapti. Ona tili va adabiyotdan tashqari ikkinchi fan tarixmi yoki chet tili?» – deb yozadi samarqandlik o‘qituvchi Samgin Qurbonov.
DTM matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, «5120112: Filologiya va tillarni o‘qitish» taʼlim yo‘nalishlarining barchasida yo‘nalishga mos fanlar sifatida ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlari tasdiqlangan.
Nafaqat «Filologiya va tillarni o‘qitish», balki «Xorijiy til va adabiyoti», «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» kabi taʼlim yo‘nalishlarining barchasi tillar bo‘yicha bitta guruhga birlashtirilgan.
2. Tarix yo‘nalishida ikkinchi fan – geografiya
Bu yil tarix yo‘nalishlari uchun tarix va geografiya fanlaridan imtihon olinadi. Avvallari bu yo‘nalishga kirishdagi ikkinchi fan ona tili va adabiyot edi.
3. Toshkent davlat yuridik universiteti, yurisprudensiya yo‘nalishi
TDYUUga kirish uchun fanlar majmuasi 2019 yilgacha tarix (3.1 ball), ona tili va adabiyot (2.1), chet tili (1.1) ketma-ketligida, 2019 yili esa ona tili va adabiyot (3.1 ball), chet tili (2.1), tarix (1.1) etib belgilangan edi.
2020 yildan esa mazkur universitet uchun ham boshqa OTMlarning yurisprudensiya yo‘nalishlari kabi tarix va chet tilidan test olinishi belgilangan.
4. Turizm yo‘nalishi
«5610300: Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)» yo‘nalishida ham o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, endilikda turizm sohasida o‘qimoqchi bo‘lgan abituriyentlar chet tili va tarix fanlaridan imtihon topshirishadi.
Lekin turizmga oid boshqa yo‘nalishlarda, masalan, «Turizm sohasida marketing», «Turizm sohasida logistika» kabi qator yo‘nalishlar uchun chet tili va matematika fanlaridan imtihon qo‘yilgan.
Manba: #Abutrient_onlayn
❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating
⭕️ Abituriyentlar uchun eng so‘ngi yangiliklar bizning kanalda 👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEowNmE7G1Aavgoupw
Agar ona tili va chet tili bo'lsa universitet ga dimoqchilar
1. Mutaxassislik fanidan 30 tadan savol. Lekin qiyinligi birinchi darajali bo'lgan savollar 15 tagacha ko'paytirilishi kerak va har bir Mutaxassislik fani uchun 45 daqiqadan jami 90 daqiqa vaqt.
2. Majburiy 3 ta fandan 15 tadan emas, Balki 10 tadan savollar berilishi va har bitta savolga 1 daqiqadan jami 30 daqiqa.
3..Shunda bizda jami 90 ta savol (umumiy ball =249) bo'ladi va DTM O'Z SAYTIDA AYTGANDEK 3 SOAT emas 2 Soat Vaqt beriladi.
4. Maxsus fanga bu vaqt Kam degan savol tug'ilishi tabiiy. 45 daqiqa 30 ta savol uchun Bemalol yetadi. Chunki bizda 15 ta 1-darajali savol bor. Bu degani qolgan savollar 4-darajalii emas, ular ham 2-va3-darajali savollar bo'ladi.
SHUNI BIR O'YLAB KORILAR YAXSHI BO'LADI MENIMCHA. SHUNDA HAMMA UCHUN ADOLATLI QAROR BOLADI. MAJBURIY QOLADI ORNIDA.