⚡️ДТМ ўз сайтида тест синовлари 2 та фандан бўлиши ҳақидаги режани маълум қилди

«Коронавирус пандемияси шароитидаги карантин абитуриентларимизнинг ўқишга кириш тайёргарлигига ҳам жиддий таъсир кўрсатмоқда», - дейилади ДТМ сайтидаги хабарда.

«Ана шундай чекловлар даврида абитуриентларимиз ўзлари хоҳлаганларидек тайёргарлик кўра олмадилар. Бунақа пайтда уларга ёрдам бериш, енгилликлар яратиш, фақат битирувчилар учун эмас, балки абитуриентлар учун ҳам фойдалидир.

Бу йил абитуриентларнинг уйидан чиқмаган ҳолда рўйхатдан ўтишини ташкил этиш, тест топшириқларини соддалаштириш, кириш тест синовларини содда шаклда ва қисқа вақт ичида ўтказиш каби енгилликлар яратиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Жорий йилнинг 30 апрель куни Президентимиз раҳбарлигида ўтган йиғилишда белгиланган топшириқлар ва тасарруфида ОТМлари мавжуд бўлган вазирлик, идора, ташкилотлар томонидан киритилган таклифлар асосида ҳамда абитуриентларни қийнаб қўймаслик мақсадида фақат 2020-2021-ўқув йили учун истисно тариқасида қабул тест синовлари мажбурий фанларсиз, 2 та мутахассислик фанларидан ўтказилиши режалаштирилмоқда. Ушбу 2 та мутахассислик фанлари 2019 йил декабрь ойида белгиланган тартибда тасдиқланиб, кенг жамоатчиликка эълон қилинган эди.

Алоҳида таъкидлаш керакки, инфекция бутунлай бартараф этилмаган шароитда абитуриентларнинг 1000 ўринлик биноларда 3-4 соат қолиб кетишига йўл қўйиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам мазкур ўқув йилида тест синовлари ўтказиладиган биноларда кўпи билан 700 тагача ўрин тайёрланади, ҳар бир абитуриент учун камида 3 кв.м жой ажратилади, санитария-гигиена талабларига биноан, уларда ниқоб, қўлқоп билан тестда иштирок этиши таъминланади. Абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчангач, бинога киритилади. Бинолар камида 4 маротаба дезинфекция қилинади. Буларнинг бари тест топширувчилар, гуруҳ назоратчилари ва жараёнга жалб этилган бошқа шахсларнинг саломатлигини ҳимоялаш мақсадида амалга оширилади.

Қайд этилган ушбу жараён ҳам карантин чекловлари бутунлай олиб ташлангандан сўнг амалга оширилади.

Кейинги ўқув йилидан бошлаб, ҳамма жараён белгиланган тартиб-қоидалар асосида бўлишини такроран эслатиб ўтамиз».


👉 @xushnudbek 👈

1230 comments

Show 100 more comments
Hozirda ayrimlar "Ha endi bir-ikki oy karantin bòldi shunga endi 5 ta fanni 2 ta qilish shartmi" deyishyapti, Bu virusga nisbatan yengil-yelpi qarash axiri yaxshilikka olib kelmasligini nahotki insonlar kòrishmayotgan bòlsa. Oddiy misol Amerika bu virusga shunchaki bir kasallikda òtadi-ketadi deb qaradi va mana hozirda qay ahvolga tushib qoldi. O'lim soni bòyicha yetakchiga aylangan. Ha unday Ha bunday deb nido qilishdan oldin bildirayotgan fikrimizda ziģircha asos bor-yòqligiga e'tibor beraylik. Shu sababdan bu DTM va talim tashkilotlari qarori faqat-faqat biz uchun, bizning soģligimiz va kelajagimiz uchun.
Муродова_Н
Bu degani 2 ta fandan imtixon bòlishligi aniq bòldi deganimi
Бешта қилишмоқчийдию, мен қиламан ўттиз, Худойим қилади тўққиз бўптида.
Assalamu alaykum bugalteriya sohasidaham őzgarishlar bőladimi hamma bazaviy ish haqi juda kam
40% ustama berilip turgandi uniyam olip tashashdi kun bőyi ishlaymiz hozirgi kunda xumo karda chiqip yana ishlarimiz kőpayip ketti hech qanday qőshimcha ustama berilmaydi
Xushnudbek aka abituriеntlar uchun moydek yoqadigan post qoldiribsiz, rahmat, agar bu xabarlar rasman e'lon qilinsa chindan ham yaxshi yangilik. Shunga qaramay , menda bir savol bor :deylik kirish imtihonlari Karantin qoidalari asosida o'tkazilsa, imtihon topshiriladigan binoga abituriеntlarni harorati o'lchansa, biroq bunda Hudo ko'rsatmasin biror kishida haroratining yuqori ekanligi qayd etilsa ushbu abituriеnt imtihondan chetlatiladimi yoki keyinchalik qayta imkoniyat beriladimi? Javob uchun oldindan rahmat!
27-maktab
Ona tili va adabiyot yo'nalishi uchun 2-mutaxassislik fani qaysi? 2019- yil dekabr oyida chiqqan qarorda tarix deb yozilgandi. 2020-yil yanvarda qaror chiqqan i bo'yicha 2- fan chet tili . Iltimos aniqlik kiritib bering
sevgiddin xamrokulov
Ажойиб Рахмат бу хабарларни йетказганингиз учун
ISROIL YULDASHEV
Assalomu aleykum Xushnudbek aka. Sizning maqolalaringizni katta qiziqish bilan o'qib boraman. Mavzudan chetlashayotganim uchun uzur so‘rayman, sizga bog‘lana olmayotgan edim.
Men "konchilik ishi" yo'nalishida institutni tamomlaganman. Hozirda OKMK AJ da o'z mutaxasisligim bo'yicha ishlayapman. Magistraturada tahsil olgim, bilimimni yanada oshirgim keladi. Ammo qonunchilikda mening yo'nalishimda ham o'qib ham ishlash mumkin emas ekan. Bakalavriatda tahsil olish uchun katta imkoniyatlar yaratilayotgan bir paytda, nima uchun magistratura sizning ta'biringiz bilan aytganda "soya" da qolib ketayapti. Nahotki bizga o'xshagan yoshlar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'qiy olmasa? Magistraturaga 2019-yil imtihondan o‘tib talaba bo‘ldim, ammo ishdan bo‘shashimni talab qilishdi. Men esa o‘qishni tashlab ishimni davom ettiryapman.
Nima uchun magistraturada sirtqi yoki kechki ta'lim yo'q? Mantiqan olib qaralsa magistratura bosqichidagi talabalar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qishi ham ta'lim sifatiga, ham talabaning moddiy sharoitiga yaxshi bo‘lardi. Axir konchilik sohasidagi professor darajasidagi mutaxassislar juda kamku!
Sizdan iltimosim shu mavzuda biror bir fikringizni bildirsangiz.
Barcha maqolalaringiz uchun sizga juda ko'pchilik insonlar nomidan katta raxmat, barcha ishlaringizda omad tilayman, ijoddan charchamang, xudo quvvat bersin!
Demak hammada bir hil ona tili matematika bumiydi shunaqami
SHUHRAT
Manimcha endi buni muhokama qilishdan foyda yo'q chunki 2ta fan bo'lishi aniq
CEFR , AILTS olganlarga yaxshi bo'ladi.Balni shular kutarib yuboradi.O'zi 2ta fan bo'lsa,uni ham 1tasi maksimal olib qo'ygan bo'lsa zo'rda.Lekin 5ta fanni topshiraman deb o'qib yurganlarga judayam qiyin bo'ldi.Ular judayam qattiq o'qisa, baribir 1ta bo'lsa ham xato qilib qo'ysa 2-faniga og'irligi tushadi.Xullas Spes blokida ingliz tilisi borlar.Juda juda qattiq o'qinglar.Sizlarning raqibibgiz AILTS va CEFR topshirganlar bo'ladi.Hamma o'ziga kerakli balni olib chiqsin.Hammaga omad!!
5 fani uqiganlar hozir vaqtiga pul ketganiga achinayapti mani ham sentyabr oyidan 5 faniga tayorlandim 3 fanidan reptitor borardim mani uzim uchun uqidim ota onamidi pul keti bu ham tug'r kasalik sabab hamma oyladi har xil sharoit uzaga keldi bu qaror hammani uylab chiqarilgan qaror hatto odiy hozirgi sharoita sharoit yoq buligan olalardi ham mani Prezdentmizga rahmat aytamani keyin Dtm xodimlarga hamma hammalarga raxmat hammani uylab qaror qabul qilganlareng uchun bu qaror haqoniy qaror buligan hozirgi sharoitga sharoitsiz qolib ketgan ota onalardi ham uylab qaror qabul qilganlareng uchun hammaga raxmat Xushnudbek aka sizga ham raxmat ushbu malumotlar uchun kotta raxmat
шундай хушхабарларни етказиб туринг 👍👍👍👍👏🏼👏🏼👏🏼👏🏼
Anniq 2 ta fan bo'ldimi Xudo hoxlasa
Show next 100 comments