⚡️ДТМ ўз сайтида тест синовлари 2 та фандан бўлиши ҳақидаги режани маълум қилди

«Коронавирус пандемияси шароитидаги карантин абитуриентларимизнинг ўқишга кириш тайёргарлигига ҳам жиддий таъсир кўрсатмоқда», - дейилади ДТМ сайтидаги хабарда.

«Ана шундай чекловлар даврида абитуриентларимиз ўзлари хоҳлаганларидек тайёргарлик кўра олмадилар. Бунақа пайтда уларга ёрдам бериш, енгилликлар яратиш, фақат битирувчилар учун эмас, балки абитуриентлар учун ҳам фойдалидир.

Бу йил абитуриентларнинг уйидан чиқмаган ҳолда рўйхатдан ўтишини ташкил этиш, тест топшириқларини соддалаштириш, кириш тест синовларини содда шаклда ва қисқа вақт ичида ўтказиш каби енгилликлар яратиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Жорий йилнинг 30 апрель куни Президентимиз раҳбарлигида ўтган йиғилишда белгиланган топшириқлар ва тасарруфида ОТМлари мавжуд бўлган вазирлик, идора, ташкилотлар томонидан киритилган таклифлар асосида ҳамда абитуриентларни қийнаб қўймаслик мақсадида фақат 2020-2021-ўқув йили учун истисно тариқасида қабул тест синовлари мажбурий фанларсиз, 2 та мутахассислик фанларидан ўтказилиши режалаштирилмоқда. Ушбу 2 та мутахассислик фанлари 2019 йил декабрь ойида белгиланган тартибда тасдиқланиб, кенг жамоатчиликка эълон қилинган эди.

Алоҳида таъкидлаш керакки, инфекция бутунлай бартараф этилмаган шароитда абитуриентларнинг 1000 ўринлик биноларда 3-4 соат қолиб кетишига йўл қўйиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам мазкур ўқув йилида тест синовлари ўтказиладиган биноларда кўпи билан 700 тагача ўрин тайёрланади, ҳар бир абитуриент учун камида 3 кв.м жой ажратилади, санитария-гигиена талабларига биноан, уларда ниқоб, қўлқоп билан тестда иштирок этиши таъминланади. Абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчангач, бинога киритилади. Бинолар камида 4 маротаба дезинфекция қилинади. Буларнинг бари тест топширувчилар, гуруҳ назоратчилари ва жараёнга жалб этилган бошқа шахсларнинг саломатлигини ҳимоялаш мақсадида амалга оширилади.

Қайд этилган ушбу жараён ҳам карантин чекловлари бутунлай олиб ташлангандан сўнг амалга оширилади.

Кейинги ўқув йилидан бошлаб, ҳамма жараён белгиланган тартиб-қоидалар асосида бўлишини такроран эслатиб ўтамиз».


👉 @xushnudbek 👈

1230 comments

Show 100 more comments
3 ta fan bo'lib qoldi
Карор тезрок тасдиклансин
Эркиновна.
Zo'r bo'ldi
Jalolxon
Xammani omadini bersin
Hammaga yangilik muborak bolsin. Barcha shunaqa yengillik kutgan edi. Maktabni oltin yoki kumush medal bilan bitirganlarga ham imtiyoz berishsa farqli ularoq yaxshiroq bolar edi....
Juda katta yengillik abuturentlar uchun hammani omadini bersin!
Assalomu alaykum sirtqi talim mavjudmi shu yil ham .
Hammani omadini bersin Alloh taolani uzi
Muxlisa Abduraxmonova
5 ta fandan bolgani yaxshi edi chunki 5 ta fan òqiganlarni shunchajetgan vaqti nima bòladi 5ta fan òqimaganlar maza qilib yuraveradimi bu nohaqlik
Nigora Jumayeva
Xalqimizga shu kassalik kelmaganida bunday qiyinchiliklarni boshidan otkazmaganida abutrentlarimizi holini hech kim oylamasdi
Nigora Jumayeva
Boshi aylanib 5ta fanni ham tuzuro organme oqishga topshirib miyasidagi bilim ham qolidagi ma'lumotlar ham chalkashib yotardii😂
☘🌱LILY🌱☘
Bu yengillikdan barcha abituriyentlar unumli foydalanib inshaolloh talaba bolish nasib etsin barchaga
☘🌱LILY🌱☘
Omad
Barcha abituriyentlar talaba bo'lish baxtiga muyassar bolsa , oliy ma'lumotli bolsa menimcha yaxshi.
Men Rustamov Sardor DTM ning test sinovlarini qanday o'zgartirishi yuzasidan o'zimning qarashlarimni sizlar bilan bo'lishmoqchiman.

✏1-yo'l. Test sinovlari 2 ta asosiy fandan bo'lib o'tadi va bu fanlardan 1-fan uchun 3.1 va 2-fan uchun 2.1dan beriladi.
📗Savol tug'ilishi tabiiy: Nega 2019 yilning loyihasida endi fanlar 1-fan va 2-fanga bo'linmaydi deyilganku?

📂Javob: Agar 1-fan uchun 3.1 balldan 2-fan uchun 2.1 balldan bersa ham bo'ladi,bunda jami 156 ball tòplanadi, lekin agar ikkala asosiy fanga ham 3.1 balldan bersa, 186 ball bo'ladi. xòsh, nima farqi bor? Farqi juda katta agar ikkala fanga ham 3.1dan berilsa,bitta o'ringa 10 hatto 15tadan tòg'ri kelishi mumkin. Tushungadingiz-a? Masalan,1 ta Abituriyent 28 ta tarix va 27 ta geografiya ishladi deylik, 2 abituriyent 27 ta tarix va 28 geografiya ishladi balli teng kelib qoldi. agar 3.1 va 2.1dan bo'lsa Tarixni 28 ta yechgan o'quvchi ikkinchi abituriyentdan 1 ball ko'p tòplaydi va teng kelish holati pasayadi.


✏2-yòl. 2 ta asosiy va +1 ta majburiy bo'ladi.
Savol tug'ilishi tabiiy: U qanday bo'ladi?
🗂Javob: DTM bizga majburiylar olib tashlanadi deb aytgani yòq,shunchaki kirish imtihonlari soddalashtirish ustida ish olib borilmoqda.
a)Abiturinet o'zi uchun majburiy fanni tanlaydi. 1-fani Tarix-geografiya topshiradigan odam O'zbekiston tarixini tanlaydi-ku?
Yo'q unday emas, buni hujjat topshiradigan vaqtda tanlaydi. Masalan,Kimyo va biologiya fanidan test topshiradigan abituriyentlar oldiga tanlov qo'yiladi: qaysi majbiriy fanni qo'shib topshirish. Tarix- geogragiya yo'nalishi esa Matematika va Ona tilidan birini tanlaydi. Bunda abiturentlarning bilimi ikki xil yo'l bilan saralab olinadi, bu abituriyentlarda biroz norozilik keltirib chiqarishi mumkin.
b) Bitta yo'nalish uchun bitta majburiy fan majburiy qilinadi. Xo'sh, bu qanday bo'ladi? Masalan, Tarix-geografiya uchun ona tili, Kimyo va biologiya uchun matematika, Tarix va fizika uchun O'zbekiston tarixi. Bu fanlar majmuyini DTM tastiqlaydi.
Savol tugilishi tabiiy baholash qanday bo'ladi unda, Baxolash: asosiylar uchun 3.1 majburiy uchun 2.1 yoki 1.1 balldan berib baholashi mumkun.

✏3-yòl. Majburiy fanlardagi savollar sonini qisqartirish masalan 15 ta emas,balki 10 tadan tashlashi mumkin.

➖ Bu menimcha,
DTM òzgarishlari haqida bòlishi mumkin bo'lgan yo'l, biz bilamizki, DTM abituriyentlar bilan hisoblashmadi,qaror chiqadi bo'ldi,shu bo'yicha tayyorlanamiz. Hurmatli DTM dagilar iltimos, qaror qabul qilganda 1 yil oldingi chiqib gapirgan gaplaringizni o'ylab qaror chiqaringlar. 5 ta fan haqida qaror chiqqan kundan buyon o'qishga kiraman deb 5 ta fanni tun-u kun o'qiyotganlar bor. Majburiylarni tavakkal qilib yechib chiqaman deb umuman o'qimasdan yurganlar bor. Agar majburiy fanlarni to'liq olib tashlasangiz bu 5 ta fanni o'qiganlarga nisbatan xiyonat bo'ladi.

DTMGA TAKLIFIM:
Majburiy fanni butkul yo'qotib, o'qishga kirishni chin dildan xohlab qaror chiqqandan boshlab o'qiganlarni jarga itarmanglar. Qolaversa, bu keyingi yil 5 ta fanni yana shu holicha qaytarsa, abituriyentlar majburiy fanlarga nisbatan past nazar bilan qaraydi.

✍️ @RustamovSardor
5 tra fan o'qiganlar ,vaqtimiz behuda ketdi deb achinish kerak emas. Axir 3 ta oliygohga topshirish mumkinku , shu qarorni ham DTM chiqardi axir.bu yaxshi lekin , pandemiya sabab ikkita falndan imtihon topshirilishi yomonmi
Show next 100 comments