⚡️ДТМ ўз сайтида тест синовлари 2 та фандан бўлиши ҳақидаги режани маълум қилди

«Коронавирус пандемияси шароитидаги карантин абитуриентларимизнинг ўқишга кириш тайёргарлигига ҳам жиддий таъсир кўрсатмоқда», - дейилади ДТМ сайтидаги хабарда.

«Ана шундай чекловлар даврида абитуриентларимиз ўзлари хоҳлаганларидек тайёргарлик кўра олмадилар. Бунақа пайтда уларга ёрдам бериш, енгилликлар яратиш, фақат битирувчилар учун эмас, балки абитуриентлар учун ҳам фойдалидир.

Бу йил абитуриентларнинг уйидан чиқмаган ҳолда рўйхатдан ўтишини ташкил этиш, тест топшириқларини соддалаштириш, кириш тест синовларини содда шаклда ва қисқа вақт ичида ўтказиш каби енгилликлар яратиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.

Жорий йилнинг 30 апрель куни Президентимиз раҳбарлигида ўтган йиғилишда белгиланган топшириқлар ва тасарруфида ОТМлари мавжуд бўлган вазирлик, идора, ташкилотлар томонидан киритилган таклифлар асосида ҳамда абитуриентларни қийнаб қўймаслик мақсадида фақат 2020-2021-ўқув йили учун истисно тариқасида қабул тест синовлари мажбурий фанларсиз, 2 та мутахассислик фанларидан ўтказилиши режалаштирилмоқда. Ушбу 2 та мутахассислик фанлари 2019 йил декабрь ойида белгиланган тартибда тасдиқланиб, кенг жамоатчиликка эълон қилинган эди.

Алоҳида таъкидлаш керакки, инфекция бутунлай бартараф этилмаган шароитда абитуриентларнинг 1000 ўринлик биноларда 3-4 соат қолиб кетишига йўл қўйиб бўлмайди. Шунинг учун ҳам мазкур ўқув йилида тест синовлари ўтказиладиган биноларда кўпи билан 700 тагача ўрин тайёрланади, ҳар бир абитуриент учун камида 3 кв.м жой ажратилади, санитария-гигиена талабларига биноан, уларда ниқоб, қўлқоп билан тестда иштирок этиши таъминланади. Абитуриентнинг тана ҳарорати ўлчангач, бинога киритилади. Бинолар камида 4 маротаба дезинфекция қилинади. Буларнинг бари тест топширувчилар, гуруҳ назоратчилари ва жараёнга жалб этилган бошқа шахсларнинг саломатлигини ҳимоялаш мақсадида амалга оширилади.

Қайд этилган ушбу жараён ҳам карантин чекловлари бутунлай олиб ташлангандан сўнг амалга оширилади.

Кейинги ўқув йилидан бошлаб, ҳамма жараён белгиланган тартиб-қоидалар асосида бўлишини такроран эслатиб ўтамиз».


👉 @xushnudbek 👈

1230 comments

Show 100 more comments
Muxlisa Abduraxmonova
Keyin 2 chidan 5ta fani bolganini nimasi yomon oqimaganlar oqiydi karantin sababli deyilyatiyu bu 5 ta fan bolishi otgan yili chiqib boludi kop abiturientlar 5 tafan ga tayorgarligini boshlab bolgan edi buncha vaqt ichida 1 marta tugatishga ulgursa boladi keyin majburiy fanlar 1 darajadagi savolar tushadi deyilgan bu majburiyfanlar asosiy fanizmasku
Avvalambor hammaga Assalomu Allaykum, 5ta fan oqib turganlar nimaga kayfiyatlarin buzilyapti ahir bu Alloh tomonidan berilgan bir omadku hammaga, togri hozir sizlar oylashlarin mumkin vaqtim befoyda ketti deb hali In Sha Allah shu olgan bilimlarin oliy oquv yurtlarida juda ham kerakli boladi va nafaqat oqishda kerak boladi даже Hayot yollarinda ham kerak bolishi mumkin shunga silardan sorab qolardim hech qachon bunaqa kayfiyatni buzmilar bu hozirgi qilib turgan emotsiyalarin Allohga yoqmasligi mumkin ahir qaysi Universtitetga topshirishlarindan qat'iy nazar Alloh rizqlarini qoshgan bolsa kirib ketaslar hoh siz vunderkin bolin shuning uchun Allohga hamd keltirgan holda shu ikkita blok bilan oqishga tayyorgarlik korib nasib qilsa albatta hammamiz oqishga Grand asosida kirib ketaylik. Mayli unda hammalarini kuningiz hayrli otsin.!
K.Ô.Ç.Â. BOLÅŠÎ,,,,,,,002 Ona Yagona qizlar Begona 👽
Salom hammaga
Assalomu alaykum savol: bu yil nechta yo'nalishga topshirsa bo'ladi? o'tgan yili 3ta yo'nalish edi bu yil 6ta yo'nalish degan gap to'g'rimi?
صلاح الدين Salohiddin
Assalomu alaykum savol: bu yil nechta yo'nalishga topshirsa bo'ladi? o'tgan yili 3ta yo'nalish edi bu yil 6ta yo'nalish degan gap to'g'rimi?
Vaalaykum Assalom, Assalomu Allaykum, aka bu hali aniq bolgani yoq bu ham hali korib chiqishmoqda Hudo Hohlasa endi uni habari chiqadi.
Assalomu alaykum savolim boridi Nmaga CEFR dan 2018 yil 5.0 yani B1 olganlarni sertifikati o‘tadiyu lekin 2019 yil IELTS dan 5.0 olganlarniki o‘tmidi??? Chunki IELTS dan 5.0 digani bu CEFR dan B1 ga to‘g‘ri keladiku Bu yerda ADOLAT buzilmayaptimi????
Salom.Xushnudbek aka.Uzr sizni yana bir bor bezovta qilyapman.EILTS sertifikatini olish haqida " pochtayizga yuborishadi IDPga telegramdan jo'nating" degansiz u qanday amalga oshiriladi.Iltimos shu haqda to'liq ma'lumot bering.Javobingiz uchun minnatdorman....
Mahmudova Ortig‘oy
Assalomu alaykum savolim boridi Nmaga CEFR dan 2018 yil 5.0 yani B1 olganlarni sertifikati o‘tadiyu lekin 2019 yil IELTS dan 5.0 olganlarniki o‘tmidi??? Chunki IELTS dan 5.0 digani bu CEFR dan B1 ga to‘g‘ri keladiku Bu yerda ADOLAT buzilmayaptimi????
Vaalaykum Assalom, Assalomu Allaykum, bu albatta kamchlililar biri bu narsalar endi hozir vaqtga qarab turib shu qarorni qabul qilishgan ahir siz ham har yili ozgarasizku shuning uchun davlat ham hamma narsani oylagan holda qaror qilyapti agar hozirgi vaqt 5.0ball bilan ingliz tilini yopib imtiyoz beridigan bolsa kop inson bemalol shu ball bilan kirib ketishi mumkin shuning uchun bu narsa yildan yilga balki oshirib boriladi, bu endi faqat Allohga ayon.
No comment
Assalomu Alaykum Xushnudbek aka.Dtm saytida bir ma'lumotga ko'zim tushdi.Ya'ni, test sinovlari 2ta mutaxasislik fanlardan emas balki 2ta majburiy fanlardan ham bo‘lishi mumkin deyishyapti, buni qanday tushunsak bo'ladi.Agar men to'g'ri tushungan bo‘lsam O‘zbekistondagi hamma abiturientlar bir xil fanlardan imtihon topshiradimi?
Гулнора Каххоровна
Bu yil 2ta mutaxasislikka topshirish aniq boldimi
Salom Xushnudbek aka. Kechirasiz sizga bir savol bilan murojaat qipmoqchiman. Bu yil o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishining sirtqi shakliga topshirmoqchiman. Lekin bu yilgi bloklarning qanday bo'lishi haqida to'liq ma'lumotga ega emasman. Aytishlaricha bu yil sirtqi va kunduzgi yo'nalishning bloklari turli xil bo'lar ekan. Men ona tili va ingliz tili fanlari bo'yicha tayyorgarlik ko'rayotgandim. Lekin eshitishim bo'yicha o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishining sirtqi shakliga bu fanlar to'g'ri kelmaydi. Agar shunaqa bo'lsa ona tili va ingliz tili fanlariga tayyorgarlik ko'rayotganlarga ona tili va adabiyoti ga yaqinroq qanday yo'nalishlar borlogini ayta olasizmi. Iloji bo'lsa sirtqi yo'nalishlarini ham. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
🌼🌼Erkatoy🌼🌼
Aslini olganda hamma òzicha haq. Òzinikini ma'qullayapti . Bir sòz bilan aytganda kòplar òzini òylayapti lekin prezidentimiz davlatimiz hammamizmi òylayapti buni nimasi yomon norozilarga maslahatim shukr va sabr qiling axir hozir hamma sinovda
🌼🌼Erkatoy🌼🌼
Men ham sentyabrdan beri 5 ta fan òqiyman lekin hozirgi vaziyatni inobatga olsak 2 fan topshirganim eng yaxshi tanlov
🌼🌼Erkatoy🌼🌼
Norozilik bildirishdan oldin hammani òylash kerak faqat òzini emas oldin tangani 2 chi tomonini ham òylash kerak
Muzaffar
Assalomu aleykum Xushnudbek aka menda savol bor : bu barcha abituriyentlarni qiziqtirayotgan savol Ona tili yo'nalishini qiziq qiziq ma'lumotlar tarqalyapti buni qarangki, endi Ona tili va adabiyot yo'nalishiga topshirish asosiy fanlar ONA TILI va ChET TILI bo'lsa,, Universitetga emish bu qanchalik to'g'ri? Endi ONA TILI va TARIX bo'lsa institutga shu kabi tarqalayotgan xabarlar FEYK xabarmi yoki haqiqat buni ko'plab abituriyentlar kanal gruppalarda shunday xabarlar tarqalyapti shu ochiq oydin qonunlar bilan kanalga qo'yishingizni so'rayman bu biz uchun juda muhim. Bu savolni etiborsiz qoldirmaysiz degan umiddaman!!!
🇺🇿Abituriyentlarga shu haqda to'liq tushintirsangiz. Barcha noto'g'ri tushinyapti.
Show next 100 comments