❗️Овозли чатимиз бошланди!
Ёшлар ишлари агентлиги директори Алишер Саъдуллаев (
@alisher_sadullaev) билан тест жараёнларига бағишланган овозли чатимизни бошладик.
Қуйидаги ҳавола орқали тинглашингиз мумкин:
📲 https://t.me/xushnudbek?voicechat(Телеграм версияси эски бўлса уланмаслиги мумкин, дастурни янгилашингиз сўраймиз)
Abituriyentlar imtihonga kirishidan oldin deyarli barcha ustozlar imtihon topshiruvchilar uchun sònggi yiĝilishni òtkazadi. Kòplab ustozlar bu holatda professional yondashishadi, ba'zi ustozlar esa òquvchilarini ruhlantirish maqsadida ularni òqishga aniq kirishiga ishontirib imtihonga kuzatib yuborishadi. Bu metod bazida òquvchilarning zarariga ham ishlab qòyganini kòrishimiz mumkin.
Insonda bir xislat bor, bu biror maqsadiga aniq erishishiga bòlgan òta yuqori ishonch, gòyo òsha maqsadiga allaqachon erishib bòlgandek tuyĝularni paydo qilishni boshlaydi. Bu esa faqatgina sababning òziga suyanib qolish havfini paydo qiladi.(bunga hayotda ham kòplab misollar bor. masalan: C.MacGregor).
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Buning imtihonga boĝliq bòlgan 2 ta xavfli tomonlarini kòrib chiqamiz.
Birinchisi❗️ Bilimiga òta yuqori baho berganligi, imtihondagi ba'zi savollarga yuzaki yondashishga olib keladi. Biz bilamiz imtihondagi hato javoblar ham òquvchilar òylashi mumkin bòlgan variantlardan tashkil topgan bòladi.
Siz ham eshitgan bòlsangiz kerak. Imtihondan chiqqanda "bòldi 29-30 tadan yechdim" degan abituriyentlar, natija chiqqandan keyin adashib boyab qòygan ekanman, savollar hato ekan, tòĝri yechgandim bilmadim nima bòldi va.h.k deyishadi.
Sababi òsh imtihondan oldingi "motivatsiya" dan haligacha ta'sirlanib yurgan bòladi.
Ikkinchisi❗️ Imtihonga tushgan savollarini dastlabkilarini yecha olmasa, kirishidan oldingi juda katta ishonchning hammasi òshancha miqdorda qòrquv va ishonchsizlikga aylanib qoladi. Natijada yuqori bosim yuzaga kelib, keyingi aniq yecha oladigan savollariga ham ikkilanish hosil qiladi. Natija imtihondan yiqilish bilan tugashi mumkin
Bu holatdan keyin ularda kuzatilishi mumkin bòlgan holatlar:
Qattiq stress, òqishga kirganlarga nisbatan biroz hasad va ta'limga ishonchsizligi tufayli òzi ham kutmagan tezkor qarorlar qabul qilib umuman òqishni tashlab ketish holatlari kuzatiladi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Men òquvchilarimning imtihondagi bosimini yòqotish, ba'zi savollarga tushunmasligi qolgan savollarga javob topishiga ta'sir òtkazmasligi uchun va imtihondan keyin natijasi kutganimizdek bòlmagan taqdirda ham òquvchilarimda ilm olishga nisbatan butun umrlik salbiy fikrlar qolib ketishini oldini olish maqsadida, imtihon kiradigan òquvchiarimga oxirgi darsimda:
Boshqa ustozlar kabi men ham, faqat imtihon kiradigan òquvchilarimga(qaytaraman: uyerda faqat imtihon kiradiganlari bòladi boshqasi emas!) turli xil motivatsiyalar beraman, imtihonda òzini tutishni òrgataman va undan tashqari doim 2 ta narsani eslatib qòyaman va buni barcha imtihonga tayyorlanayotgan abituriyentalar, imtihondan oldin bilsa zara qilmaydi.
Bular:
1. Natijangiz qanday bòlishidan qat'iy nazar sizlarni kelajak va oxiratingiz uchun eng yaxshisini siz ham, ustozlaringiz ham va ota-onangiz ham bilishmaydi. Buni faqat Alloh taolo biladi va siz uchun eng yaxshisini tayyorlab qòyibdi inshaAlloh.
2. Imtihonga bir necha kun oldindan, imtihondan keyingi har qanday natija uchun qaror qabul qilib qòying. Albatta barcha qarorlaringiz yana ilm olish bilan boĝliq bòlsin. Keyin esa faqat yaxshi natija haqida òylash, duo qilish va oxirgi sabab bu – imtihonni yechib chiqish qoldi.
Nega, imtihondan oldin sovuq niyatlarni òylash shartmi?
Buni òylab yurmang, shunchaki har qanday natijaga qarshi tòĝri qaror qabul qilib qòying. Chunki imtihon kuni, imtihon topshiruvchini eng kòp bosimga qòyadigan narsa bu – "kira olmasam nima qilaman?!" degan savol bòladi. Bu holatda esa sizda allaqachon javob topilgan bòladi😉
P.s:
Natija faqat Alloh taolodan, bizga boĝliq bòlgani esa natijani òylamasdan yuqori sifat bilan sababini qilish!🙂
Link: @javokhir_toshpulatov