Foydalanuvchilardan takliflar tushmoqda:

1. Viloyat gʻoliblariga ham pochtadan yetkazib bering (yoki medal bering)
2. Tuman gʻoliblari ham taqdirlansin.
3. Top-5, top-10 talik taqdirlansin.


Shu oʻrinda yurtimiz 14 ta ma’muriy hudud, 210 ta tuman(shahar) borligini eslatib oʻtamiz.

Bu degani kamida 3 ta oʻrinni taqdirlasak ham:

Respublika: 11 (sinf)• 3 (oʻrin) = 33 ta medal 🙂

Viloyat: 11 (sinf) • 3 (oʻrin) •14 (hudud)= 462 ta diplom 😰

Tuman: 11 (sinf) •3 (oʻrin) • 210 (tuman) = 6930 ta “yutuq” 😱

Bu katta raqamlar ekanligini matematik boʻlmagan odam ham anglaydi. Taqdirlash xarajatlari uyoqda tursin, bularni aniqlab roʻyxat shakllantirib diplomlari tayyorlanishi oʻziga vaqtimiz yetmaydi. Xarajatlarini aytmasa ham boʻladi.

Mobil ilovamizdan deyarli barcha bepul foydalanmoqda.

Jamoamiz a’zolarida ham taklif paydo boʻldi:

“Tuman bosqichlari gʻoliblarini ham oʻz hisobidan ragʻbatlantiraylik, ya’ni diplom yoki medal uchun oʻzlari toʻlov qilsin. Bu orqali sovgʻalarni tayyorlaydigan yangi xodim ishga olishimiz mumkin”

Ushbu taklifga siz nima deysiz?

55 comments

Show 40 more comments
S B
Ochkolar 0 ga aylantirilmaydi. Sababi bor buni. Lekin har oyni gʻoliblari faqat oʻsha oydagi ballarga koʻra aniqlanadi.
Biz qanday shu oylik ballimizni bilishimiz mumkin. Yana shu oy bo‘yicha reytingda nechinchi o‘rinda turganimizni.
꯭➤꯭꯭꯭ ꯭❴✸꯭❵꯭𝑩꯭𝑬꯭𝑪꯭𝑲꯭𝑯꯭𝑨꯭𝑴꯭❴꯭🇬🇧꯭❵
Meyliyev Og‘abek
Biz qanday shu oylik ballimizni bilishimiz mumkin. Yana shu oy bo‘yicha reytingda nechinchi o‘rinda turganimizni.
To'g'ri savol bo'ldi
S B
Har oyni oxirdagi ballarizni yozib yuringlar muammo yoʻqku. Bizga oyma-oy reyting koʻrinadi.
Biz ham o‘z reytingimizni bilishimiz kerakmasmi. Keyin g‘olib bo‘ldikmi yo‘qmi shuni aniqlash uchun ham.
Meyliyev Og‘abek
Biz ham o‘z reytingimizni bilishimiz kerakmasmi. Keyin g‘olib bo‘ldikmi yo‘qmi shuni aniqlash uchun ham.
Oʻzlaringizni reytingni koʻrishda nima muammo bor?

Masalan may oyi oxirsa 300
Iyun oyi ozirida 650 ochko olsanglar demak iyunda 350 olgan boʻlasizlar.

Ixtiyoriy davr oraligʻida reyting adminlarga koʻrinadi. Uni oddiy odamlar ham koʻra olishi mobil ilovaga katta yuk tushuradi, dasturchilarga katta mehnat va tashkilotchilardan katta xarajat talab qiladi.

Har oy ochkolarni 0 qilish oʻrniga umumiy ochkolar ma’lum marraga yetganda qoʻshimcha taqdirlash, yilning eng yaxshisini aniqlash kabi jarayonlar bor.

Havotir olmanglar juda tajribali va aqlli odamlar bilan maslahatlashib shu qarorga kelingan!
O‘z hisobidan bo‘lsa ham taqdirlansalar yaxshi bo‘lardi
Agar viloyat g‘oliblar o‘z hisobidan taqdirlansa qancha bo‘lishi mumkin narxi.
Суннатжон
Tuman g'oliblari o'z hisobidan taqdirlansachi narxi qancha bo'lishi mumkin
ha shunday qilish yaxshi
Zulfiya Qurbonova
O'quvchilarimdan biri TOP- 10talikka kirgan. ( 9- o'rinda Kurbonova. M.)
2 ta o'quvchim viloyatda Kurbonova M. (1-o'rin)
Salimov Sh. ( 3-. o'rin)
Xarajatlarini sinf rahbari sifatida o'zim to'layman. Roziman.