Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 94 more comments
Usha hududdagi zararlangan masjidga sarflanglar yoki beringlar, kupchilikni duosini olasizlar. Ishlaringa rivoj, charchamanglar
Menimcha bu summani eng ehtiyojmand 3-4oylaga taqsimlagan ma'qul shunda usha oyla biror bir katta kamini bajarishi mumkin. Undan kura kupchilikka bulsa summa oz bulib ketadi
Рўзметов Исломбой
Болалар учун фойдали булган ишгв сарфлаш лозим. Масалан спорт майдончалари каби
𝐉𝐚𝐤𝐡𝐨𝐧𝐠𝐢𝐫
Assalom aleykum. mening fikrim kam taminlangan oilalar royhati tuzilip oshalarga tarqatish kerak
Otabek
Sardobadagi suv toshqinidan aziyat chekkan oilalarning farzanlari ta'limiga yordam berilsa yaxshiroq bo'lardi.Masalan ma'lum bir talabarning kontrakt pullarini to'lab berish orqali.
55555
Bu mablag'ni 3, 4 oilaga bo'lib berish , ularning to'liq extiyojini qondirish kerak. Hammaga teng bo'lsa ta"siri sezilmaydi.mablag'ning menimcha
Ассалому алайкум. Балки бу суммани уларнинг контракт билан укиетган фарзандларига тенг микдорда булиб берилади яхши буларди. Шунда хам ижтимоий химояга мухтож оила фарзандларинг контрактларини маълум микдорда тулаш.
Kaaatta kutubxona tashkil etish ham maqsadga muvofiq
Akbar N
Mahalla kesimida yoki boshqa shaklda umumiy foydalanadigan narsalarga sarflash. Xuddi bir mahallaga transformator olib berilganidek.
Maktab yoki bog‘cha qurishga sarflash kerak menicha yoki kasalxonadagi bemorlarga dori darmon olib berish kerak
Bu falokat tufayli yöllar buzildi, suv va gaz quvurlari buzildi shularni tamirlash uchun ishlatish kere menimcha
Zuhra Ziyoyeva
Hamma uchun kerakli va umumiy bòlgan iwga yoki joyga sarflaw kerak .wunda hamma foydalanadi.
10ming so’mdan yordam puli beraman deb ovoza tarqating.Hamma ham 10ming uchun kemaydi.Haqiqatdan muhtohlargina kelishi mumkin ana o’shanda 100yoki 200ta haqiqiy muhtojga bersangiz bo’ladi.Beradigan joyingizni o’ziz aniqlashtirib ayting
Энг ночорларга таркатинг,кам таьминланганларга
Men ozim toshqinda zarar korganlardanman
Bizda keyngi oquv yiliga kantrak muommosi bolayapdi shunga yordam bersa yaxshiroq bolardi
кувондик бобожанов
MTM yoki kasalxona yoki maktab binolari uchun sarflash kerak. Xammani xaqqi buladi shu muassasalarda
Eng qoloq tizimni takomillashtirish uchun sarflash kk! Qolgan qurilish va ta'mirlash ishlari uchun davlatimiz tomonidan mablag' ajratilgan. Shuning un buni "takomillashtirish" ishlariga sarflagan ma'qul!
Eng optimal variant menimcha Sardoba aholisi uchun umumiy foydalanadigon biror inshootmi yoki shunga o'xshash qanaqadur infratuzilma barpo qilishmi. Xullas shunaqa
Hasan Davletov
+998919705090
Biror ob'ekt remontiga ishlatish kk. Misol kucha remonti
Уни давлатни узи ишлайди
Show next 100 comments