Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Yoki eng kambaģal oilalarni , umuman boridan ayrilganlarni ajratib qishloq sharoitidagi 2 xonali uy qurib berish kerak, remont bn, lekin jihozlarsiz
Assalomu aluykum xayrli kech ushbu yordam pulini xaqiqatdan õzini tiklay olmaydigan, xaqiqatdan qiynalayotgan axoliga yordam sifarida Bering õzlarini bechora korsatayotganlar uchun emas.
XUSHNUDBEK AKA siz doimo Ilm ahlini qo'llab quvvatlagansiz va homiylik qilgansiz. Eng togri yo'l bu ota onasi ishsiz bulgan yoki moddiy yordamga muhtoj bulgan Sardobalik talabalarni ro'yxatini shakllantirib kontrakt tulovlariga yordam qilish kerak. Shunda mantiqli va sizning faoliyatingizga mos bo'ladi. Ilm rivojlansa jamiyat rivojlanadi
O'sha yerda kantraktda o'qiydigan bolalar uchun sarflash kerak
Qandaydir ish o'rni yaratishni iloji yoqmikan
Йўл қуришга
Sunnat tuylar qilib bering aka
عبد مسلم
Eng ko'p jabr ko'rgan oilalarga tarqatish maqsadga muvofiq bo'lardi.
Камхарж оилалар фарзандларининг хатна ва никоҳ тўй маросимларини ўтказишга йўналтиринг.
Aholi uchun zarur bo’lgan suv, eletr tarmog’i, gaz olib kelishga sarflagan maqul
Assalomu alaykum Xushnudbek aka ishni qanday boshlash emas , qanday yakunlash kerakligi muhim deganlaridek.Mening fikrim bo'yicha to'plangan xayriya pullarining ko'prog'ini qulay ko'rinishda kam ta'minlangan va ahvoli og'irlashib qolgan aholi qatlamlariga ko'proq miqdorini sarflash kerak deb o'ylayman.
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudayberdiyev.Menim fikrimcha u pul rostan ham hech narsa boʻlmaydi.Undan koʻra shu ish bilan shugʻullanadigan qurilish firmasiga yo boʻlmasa davlat tashkilotlarigami oʻtkazib berilsa.Sal boʻlsada yordam boʻladi.Boʻlmasa hech narsa boʻlmay qoladi.Menim fikrim shu
Uyini yo'qotgan ishsiz oialarga berish k.k Hozirgi kunda ish muammosi juda og'ir oz bo'lsayam xursand bo'ladi va farzandlari bn baham ko'radi
Bugungi kunda eng oqsayotgan tizim, ta'lim tizimiga ajratish kerak, maktab yoki maktabgacha ta'lim muassalari qurib berish kerak.
#####
Nisbatan qiyin axvoldagi oilalardan tanlab olib,ularni yashash sharoitini yaxshilashga yònaltirish kerak.Sizdan iltimos Xushnutbek,shu pullarni tòĝri sarflanishini òziz nazoratizga oling.
Zuxriddin akani fikriga qo'shilaman. Zarar yetgan qabristonlarni tiklash uchun ishlatish kerak.
Khalid
Bu yil shartnoma asosida oʻqishga kirgan va oʻqish uchun imkoniyati boʻlmagan yigit-qizlarni qoʻllab quvvatlashga.
Afrõza
Assalomu alaykum. Õsha oilalar orasida boquvchisi yõq, yolģiz õzi farzandlarini katta qilayotgan ayollarga berish kerak fikrimcha.
Aynan shu 70 ming aholi orasidan yoshlar orasida bu yil talaba buladiganlarning shartnoma pullarini to'lab bering. Sababi oilasi shu ahvolga tushib qolishiga qaramasdan talaba bulgan yoshlarni qullab-quvvatlash kerak!
Gulrux Shavkatovna
Assalomu aleykum shunday sharoitda yana bir shifoxona qurilishiga sarflash kerakmi deyman.Hozirgi paytda shifoxonalar juda kerak
Show next 100 comments