Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Gavhar
Стадион, болалар майдончаси.
⚡🌍UZBEKENERGO🌍⚡
Hozirda aholiga davlatimiz tomonidananchagina yordam berilmoqda. Shu sababdan aholi sharoitini o'rganib eng og'ir hisoblangan 20 ta oilaga 10 mln dan berish kerak menimcha
Aholi orasida bir sumga ham muxtoj boquvchisi yuq yosh bollari bilan qolgan ayyollarga yani davlat bergan pensiya bilan yashediganlarga yoki ota onasidan ajralib yetim qolib ketganlarga Yana ham bilmadim bu meni fikrim balki notug'ri aytayotgandirman
Алижон Уринбоев
Худуддаги Масжид таьмирига ишлатилса яхши булар эди...
Pulni o'zini barcha axoliga teng bo'lib berish kerak emas menimcha, davlatimiz tomonidan axoliga barcha ko'maklar berildi. Shundan kelib chiqib Sardoba xududida yashayotgan nogironligi bo'lgan bolalar va yoshlarga sarflansa yaxshiroq menimcha.

Yana bir taklif sardoba xududida yoshlar innovatsion markazi tashkil etishsa axoli va yoshlarga foydali bo'lar edi.
Davron
Kitoblarga boy kutubxona ochib bering. Shunda uzoq yillar davomida xalqqa xizmat qiladi📗
Xududdagi maktablar va bogʻchalarga jihozlar oberish kk
Gavhar Omonova
Masdij yoki bog'chani ta'mirlash kerak, kutubxona yo toza ichimlik suvi ham aholiga kõp foyda beradi
Хамзаев Рустамбек
нечи кишига етади 🙄
Энг мухтожлага оберишади, неча киши узлари билишади
Islom
Davlat ni òzi barbir maktab ham qurib beradi darslik degandek hammasini òzi qiladi.uy jihozlari ham berilgan uje.muhyoj oilalarni 10 tasiga bolib berish kk
Dilshodjon Shoraxmatov
Купи очик дала жой
Nma qilipdi ochiq joyda yashidigan bolalarniyam xaqqi bordir mazza qilip ôynashga
Pulga ko'proq muhtojlarga, ko'proq jabr ko'rganlarga tarqatish kerak.
Menimcha bog'chalarga sarflash kerak
Ҳаммасига эмас, энг кўп жабр кўрган оилалардан 15-20тасига бериш керак.
Madina
Tibbiyot anjomlari yoki Maktab uchun kerakli bo‘lgan ashyolar uchun sarflash o‘rinli bo‘lardi deb o‘ylayman.
Shu yerlik aholining farzandlari òqishga kirgudek bòlsa, kontraktini tòlab berish kerak. 20 ga yaqin talabaning kontraktiga yetadi.
Maktab remontiga ishlatish kerak
U yerdagi axolini erkaklari un ish topish unchalik muommo bulmaydi agar imkon bulsa ayollarni ish bilan band qiladigan tomonlarini uylagan xolda biron nima uylab toping
Ιɴsʜααʟʟαʜ🌙
Biror bir mahallani suv muammosini hal qilish kerak deb oʻylayman
Show next 100 comments