Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Shu yerlik aholining farzandlari òqishga kirgudek bòlsa, kontraktini tòlab berish kerak. 20 ga yaqin talabaning kontraktiga yetadi.
Maktab remontiga ishlatish kerak
U yerdagi axolini erkaklari un ish topish unchalik muommo bulmaydi agar imkon bulsa ayollarni ish bilan band qiladigan tomonlarini uylagan xolda biron nima uylab toping
Ιɴsʜααʟʟαʜ🌙
Biror bir mahallani suv muammosini hal qilish kerak deb oʻylayman
Эъзоза Комиловна.
Мактаб богчалар давлат томонидан куриладику мухтож оилаларга маиший техникалар олиш керак
Ombor qurgan tadbirkorladan 70ming aholi uchun ahvolini yaxshilash uchun kotta summma undirilishi va shu mablagga shu 200mlnni qoshib aholiga tarqatish eng turi yuldir balki...
Menimcha shu erlarda bolalar matdinchasimi yoki suv havzasi "basseyn" qurish kerak deb uylayman
Овкатланиш марказлари ташкил этсахам булади арзонрок килиб
Ушбу худудлардаги ижтимоий сохага сарфланиши керак, йўл қурилиши, кўприк, электр, газ, ичимлик суви, махалла гузари, мактаб, боғча ва бошқа шунха ўхшаш нарсаларга... Менимча шундай қилиш керак.
Bun pulga Ishlab chiqarish qilish kerak albatta uyerdagilarni ish bn taminlash kerak hozir ularga ishga muhtoj shuning uchun Birorta Tsex Qurib ish bn taminlash kerak dib uyleman bu shunchaki mani fikrim Uy olsak bir kishiga keladi holos
MADINA SABINA SUROJBEK
Bolalar uchun sport maydoni qurib beringla xamma uchun barobar böladi
Yoki bölmasa oliygoxda öqiydigan talabalarga shartnoma pulini tölashda yordamlashing
SaRDoR
Yo'l yoki ko'prikka sarflash kk ham ular foydalanadi ham berganlaga savobi tegadi
Sir daryo axolisi koproq chorvachilik bln kun kechiradi mani fikrimcha chorva hayvonlar olib beriw kerak hozirgi vaziyatda pulni emas pul keladigan narsa beriw kerak deb bilaman
Jalilova .
Qabul 2020 saytiz iwlamiyaptiyuu
ushbu mablag‘ni birorta maktab yoki mtmga o‘tkazing deyishdan yiroqman, chunki sport zalni davlat qurib beradi, davlat tashabbusi bilan 10 ga yaqin yangi bog‘chalar qurilmoqda, qanchadan qancha pullar kimlarnidir cho‘ntagiga ketmoqda, o‘sha yerda eng sharoiti og‘ir yoki nogironligi bor shaxsga yo‘naltirish kerak
Yarashev R.Z 🦅
Eng yaxshi ehson ilmga qilingan ehson shu hududdagi kontraktga uqiydigan bolalarning kontraktiga oz miqdorda bulsada 2 mlndan bulsa ham 100 ta oilaga yordam bulardi. Yana tug'risini Olloh bilguvchi.
Anvar
Akajon Xammaga kitob sovg‘a qiling.U dunyo saodatini topmoqchi bo‘lsang ibodat qil bu dunyo saodatini topmoqchi bo‘lsang tijorat qil ikki dunyo saodatini topmoqchi bo‘lsang ilm izla deyishganku.
Qaxramon
Menga kerak emas lekin shaxsan yordam qilishim mumkun
𝐷𝑖𝑙𝑎𝑓𝑟𝑢𝑧🕊
Buni hamma uchun eng zarur bòlgan narsa uchun sarflang elektr yoki gaz taminoti zararlangan joylaga sarflasangiz hamma hursand bolardi. Agar qaysidir oila yoki maktab boğcha doirasida cheklanib qolsangiz bundan hamma manfaatdor bolmaydi
Show next 100 comments