Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
,,,,,,,,
Eng qiynalgan miskinni topib kattaroq miqdorda mablag berish kerak va mablaglarni daromad keltiradigan ishga sarflashni tushuntirish kerak yani (qoramol) bn shugullanish yoki (parrandachilik) shunda qiynalganlar soni nisbatan kamayadi keyingi safar exson oluvchilar soni kamayadi mani shaxsiy fikrim
Зулифия Файзиева
Мактабга ва богча болалари учун укув куроллари мактаб формалари асосан жуда мухтож оилаларга ортса карияларга ва болаларга имунитет дори дармон олиб беринг, хозирги эпидемияда аскотади
Salomalleykum mani fikrimcha uni maktabga berish kerak unga kitoblar va boshqa narsalar sotib olishga chunki har qanday vaziyatda kitob oqigan odam har qanday vaziyatda chiqb ketishni organadi
Fikrim birovga yoqar boshqa yoqmas.
Hammaga yoqishni iloji yoq!!!
Assalomu aleykum Xushnudbekaka! Sardobaliklarning ko'plari chorvodor bo'lganligi sababli ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalarga qoramol yoki qo'y olib berish kerak deb o'ylayman.
Assalomu alaykum! Pulni kam ta'minlangan oilaga berish kerak!
balkim kimlardir falokatdan oldin ham qashshoq yashangandir tamirlash ishlari 76 foiz yakunlangan qolgan 24 foizni ichidan ham avvaldan qashshoq yashagan endilikda uyi bulmay qiynalib yashayotgan bir oilani surab toping 200 mln 70 ming odam un xamir uchidan patir eng muhtoj odam va uning farzandlari un kelajak buladi
Men O'zim Sirdaryolikman agar Sardobadagi Aholi ko'p ko'p miqdorda taqsimlangan bo'lsa har joyga ularga umumiy kerakli Zaruratlaridan kelib chiqan xolda yordam beriw kerak Masalan Oziq ovqat tomondan ko'maklawmoqci bo'lselar Umumiy Tarqatiliwi kerak Pul berselar kifoya qmaydi bugun bor ertaga y6q bira t6la xoxiw istaklari qondirilsa ko'pni ko'zlab iw qlgan bo'lasilar wunisi yaxwi meni fikrim bo'yicam!!!!
Ассалому алайкум. Манимча бу пулларни уша худудни махаллаларидан энг кийналган оилалар руйхатини олиб, уларга бериш керак.
Мани фикрим уша жойда хунар ургатадиган маскан очиб бериш керак чунки хамма интилувчан ёшлар укишга киролмаганлари бекор юрмасдан хунар урганишса яхши буларди
20 ming $ ga na maktab na bog'cha qurib buladi, shu sabab yuqorida aytganimdek, shu aholi orasidan 20 ta talaba bulgan yoshlarni shartnoma pulini tulash kerak
Assalom alekum meni fikrimcha u yerda ko'pchilik bu voqea sabab yashash jihatidan qiynalgan.Bu pullarni yashashi og'irlarga tarqatsela baribir kam miqdordan tushadi shuni hisobga olib,davlat tegishli muassasalar bilan ko'makda u yerga yoki masjid,kasalxona,maktab,bog'cha kabi obyektlarni qurishga sarflagan ma'qulroq.Lekin Alloh rozi bosin bu ishni boshida turgan va ehsonini ayamaganlarga ozi ulug' ajrlar bilan mukofotlasin.
misol uchun 20tasiga berib qolganiga bermasangiz qolganlarni kungli ogriydi aniq eng zur variant xammaga foyda beradigan ish qilish kerak
Pulni masjidga exson qiling, bir umr savobi tegadi, ilmli boladi usha joydagi xalq
Assalomu alekum Xushnudbek aka avvalambor qilayotgan savobli ishlaringiz ko'zni quvontiradi.Meni fikrimcha aholi uylariga qo'shilib maktablarga ham zarar yetgan har o'sha zarar yetgan maktablarga eng zamonaviy komputer xonalari tashkil etib berish kerak 1 million dasturchi g'oyasini kengroq tatbiq etish lozim.Yoki o'sha zarar yetgan joyda sport maskanlariga yordam berish lozim zero yoshlarni sportga jalb etish xam savobli.Masjid yoki madrasa qurilishi uchun xam berilsa nur ustiga alo nur bo'lardi.Ishlaringizga omad tilab Bobur!
IAMQUIT
ТЎҒРИ ТУШУНИНГЛА, УЙИ ЙЎҚ АХОЛИ САВЛАТЛИ МАСЖИДНИ НИМА ҚИЛАДИ, МАКТАБ, БОҒЧА, ПАРК, СТАДИОН БИРОН МИЛЛИАРД ХИСОБИГА ҚУРИЛАДИ. БУ ПУЛНИ ШУ ОБЪЕЕТЛАР ҚУРИЛИШИГА ЎТКАЗИБ БЕРГАН БИЛАН КИМДИРЛА ЎЗЛАШТИРАДИ
Bilganizi qiling meni maslahatim ham ishim gam yoq
Assalom aleykum maktab bog'chalarni davlat o'z zimmasiga oladi. Manimcha bu pulni odamlarni ish bilan taminlaydigan korhona yoki shunga o'xshash narsa ochish kerak. Odamlar o'z uylariga borishganda ish kerak bo'ladi.
Ҳокимиятга бериш керак. Қаерга сарфлашни жуда яхши билади улар 😁
Maktab, masjid shunga o'xshash joylar davlat tomonidan qurilishi aniq. U yerdagi qurilish, tiklash ishlari tugallangandan keyin, aholi bilan gaplashgan holda qaror qilish kerak
Show next 100 comments