Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Уша ердаги ахолини сув таминоти билан таминлаш. Энг асосийси хамма мусулмоннинг калби енгил тортиши учун ажойиб маскан булмиш масжид куриб бериш керак ЗЕРОКИ БАЛОНИ ЮБОРГУВЧИ ХАМ ОЛДИНИ ОЛГУВЧИ ХАМ АЛЛОХДИР. ЭНГ САВОБЛИ ИШ СУВ БЕРИШ ВА МАСЖИД КУРИШ
Assalomu alekum
Ishizga Olloh yordam bersin .Manimcha ko"p farzandli va muammoli oilalarga berish kerak Qiynalgan boquvchisi yoq oilalarga bering .Olloh exson qilganlarga ajru savobini jannatda bersin .

Raxmat sizga
Дилмурод Шокиров
1-3 yoshgacha farzandi bo'lgan oilalarga berish ma'quldir balki. Menimcha bog'cha, maktab, suv muommasi va boshqa ishlar davlat tomonidan qilinadi.
Farrux 91
Meni maslahatim Oliy oquv yurtida kantrak oqiydigon farzandlarini kantraktini tolab bering. Chunki qishloqlarda odamlar farzandini mol-qoy sotib toleydi yoki tomorqasidan chiqgan daromadidan tolaydi . Sardobaliklar hozir mol-qoyiham tomorqasiham nobut bolgan. Yana oqiyotgan farzandlarga kelajakga invistitsiya boladi.
Assalomu alaykum yaxshilar.
Mening fikrimcha bu pullarga bolalar uchun kitob va kompyuter sotib olib tarqating, suv toshqini yuz bergan paytda juda koʻplab kitoblar ham suv ostida qolgan boʻlsa kerak, yana oʻzimizda ham aktsiyani davom ettirishda boshchilik qiling, qolganlar ham qarab turishmasa kerak, har holda sizga koʻpchilik ishonadi-da
Usha hududa bulgan nogironlar yoki nochor oylalarga tarqatish kerak
Elbek Hudayqulov
Менимча 1 сумдан тушсаям одамларга тенг таркатиш кк бу пулни карантинда пандимияда одамларга 1 сум хам пул шунинг учун етганча одамларга пул куринишида таркатиш кк
IMONABEGIM MUXAMMADYUSUF
Fojeada zarar korganlarni sogligi un sarflang. Qurulish un davlat xam yordam berdi. Yigilgan summa quruliw yoki tamirlawga juda ozlik qiladi. Men tibbiyot soxasida iwlayman owa tibbiy xizmat korsatuvchi muassasalarga qandaydir uskuna olib bering. Xammaga foydasi tegadi uzoq vaqt iwlatiladi. Bu shaxsiy fikrim
Hushnudbek aka ushbu pullar ko'pchilik uchun kamlik qiladi. Unga biror uy jihozi ham olib tarqatshi uchun yetmaydi. Shuning uchun bu pullarni barcha uchun ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan narsalarga sarflash kerak. Huddi bu mevali daraxt kabi. Keyinchalik hosil bersin bu ular uchun. O'quv markazlari qurishga yordam bering tuman markazlarida. Hammaning farzandlari kelib o'qisin uyerda. Yana shunga o'xshash bo'lgan narsalarga sarflash kerak deb o'ylayman
Sardobadagi yoshlarning talim soxasi un yonaltirish kk masalan qiynalgan oilalarning keyingi yilda abuturent bolib oqishga kirmoqchi bolgan farzandlariga . ushalarga repititor pullariga yordam qilish kk mi bu ham bitta fikr
40 sotix issiqxona qursa buladi shu pulga. O'zizimiz qurib beramiz ;)
Ilxom Raxmonov
Talofot ko'rgan, ko'p farzandli, nochor bo'lgan 2 ta oilaga bergan ma'qul.
Assalomu alaykum. Fikrimcha, Sardobadagi zarar ko‘rgan oilalar farzandlari sifatli ta‘lim olishi uchun innovatsion o‘quv markazi qurishga yordam berish kerak.
Meni fikrimcha Boquvchisi yoq kam taminlangan oilalarga berish kerak Va qariyalari bor ko'p farzandli oilalarga berilsa savob va adolatli bolar edi
Bu shunchaki shaxsiy fikrim
Таклифим канчалик тугри ёки нотугри эканини билмайман. Лекин тошкин пайтида укувчи ёшларимизнинг укув китоблари ва бошка укув куролларига шикаст йеткан агар йигилган маблагга ёшларни саводхонлигини ошира олинса максадга мувофик булар эди.
Aka, ilojini qilolsangizlar, u yerdagi haqiqattan ham kam taminlangan oilalarga bering. Pulga rostdan ham muhtoj oilalarga bering. Ularni topib berish kerak. Menimcha shu to'g'ri fikr. O'zini eplab ketganlar, va eplab ketayotganlar bor. Xalqimizdan ham ancha muncha yordam bordi. Lekin aynan kam taminlangan oilar, haqiqattan ham boquvchisi yuq, nogironlarga bering.
maktab boshlanadi yaqinda
maktab o’quvchilariga uquv qurollari olish kk
Elyorbek Raximov
Olloh uyini quring kichik bolsa ham
Кутубхона қуринг ёки китоб олиб беринг
Show next 100 comments