Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Shu ishlariz yaxshi ku lekin sal ramkaga tushgansizda vijdonan ishlang kelgusi ishlarizda
😊🤗FARADISA😊🤗
Menimcha bu summani biron bir fabrikami zavodmi ochib ish bn taminlansa maqsadga muvoviq aholi ham ishli boladi ham foyda qoladi qolgan daramadni jismoniy mehnat qila olmaydiganlarga ajratsa boladi
Bu pulga uy yoki maskan qurishni taklif qilmagan bulardim. Chunki bu pul uy yoki biror maskan qurilishiga kamlik qiladi uning stroy materiali yoki jihozlanishi bilan bir qatorda 70 Ming aholi uchun pas kursatkichli summa, yaxshisi bu pulni jabrlangan oilalarni farzandlari uchun sarflansa yaxshi bulardi maktab ôqiydiganlariga kerakli bogcha yoki undan ham yosh bolalar uchun qulaylik va ularni xursand qiladigan biror bir masala tashkil etilsa maqsadga muvofiq bulardi!
203 millionni 5 kishiga teng taqsimlab berish kerak agar 10 kishiga beramiz desangiz 20 milliondan tushadi 20 millionga uy qurib bo'lmay biror bir aytarlik narsa qib bo'lmaydi lekin 40 millionga 2 ta xonalik oddiy uy qurish ehtimoli katta shuning uchun 5 kishiga berish kerak deb o'ylayman
101 ta talofati ogir xonadonlarga 2 mln somdan qilib tarqatish maqul, shunda ozlari nimaga sarf qilishsa osha yordam pulini togri ish boladi
🌟YULDUZ🌟
Salom menimcha shu hududda yashaydigan talabalarning kontrakt pulini tòlash kerak.
Одамларга булинса пул урвок, булади шунинг учун фойдали куп йилларга хизмат к,иладиган нарсаларга сарфлаш керак ундан хамма фойдалана олиши кк
Amirshoh Mironshoh
Assalomu aleykum boquvchisi yo'q oilaga bering uy ga farzandlariga yordam bo'lardi
Shunday sohaga sarflash kerakki, bu pullar oʻzi bilan bir necha yillar davomida pul olib kelsin. Masalan: issiqxona qurish, sport toʻgaragimi yoki, tikuvchilik sehi, sartaroshxona, novvoyxona
Eng nochorlarga 5 mln dan bulib bering tamom.
Aka manmcha maslahatni bizdan emas. Balkim oʻsha sardobadagilar bilan maslahat qiling. Mahalla faollari raislari oʻzlariga nima kerakligini bilishadi. Shular aytadi. Biz bilmaymiz ahir nima qilish kerakligini shu uchun oʻshalar hal qilsin nimaga ishlatishni.
Farhod Zohidov
Ассалому алайкум
Жудаям хайрли иш булибди.
Таклифим жабр курган худуд ахолиси учун бирор бир ижтимоий лойихага яьни ёшларнинг савиясини оширадиган тадбирлар учун сарфлаш керак.
Савияси деганда хам ижодий, хам илмий, хам диний, хам тадбиркорликка, жидди жахд шижоатни ошириш ва психологик жараенларни.
Assalom-u alaykum.
Mening fikrim. aholi sharoitlarini organib kam daromadli yoki tirikchiligidan ayrilgan oilalarni farzandlarini kantraklarini to‘lab bering.
Assalomu aleykum! Mening fikrim: toshqindan zarar kõrgan va Oliy õquv yurtining shartoma pulini tõlolmagan talabalarning kontraktiga õtkazish kerak. Qolgan hammasini iloji bor! Ammo kontraktni naqd tõlash menimcha biroz qiyin...
Xushnudboy Aka endi aka och odamga baliq bergandan kora baliq tutishni orgatgan yaxwi owa amirkonlik sheriklariz bilan gaplawip bironta umumiy biznes ili owa sirdaryolik yowlar un iw orni yaratip bering tamom lekin bu pul kamlik qiladiyoo ularga ow non kiyim emas uyxam emas ish beriw kerak tamom bolmasa tekin tomoq bolip qoladi bu gapni togri wuniw kerak
Menimcha bowpanasidan ayrilgan Karantinda iwsiz qolgan kantrakt tolawga iloji qilolmayotkanlaga yarm yillik tolovini qiberiw kk. Wunda kopchilik oilalar ortiqcha tawviwdan qutiliwgan bolardi. Uzim talaba bolganim uchun wu fikrni oyladim. Qolgan narsalarini davlat qoplab beriwi kk
Ulugbek Soliev
Assalom aleykum, evakuatsiya qilingan hududning talofatdan oldin ham qiyin holda bo’lgan toifalari bo’lgan albatta, mahalliy hokimiyat yoki suv omboriga eng yaqin bo’lgan hududning diyonatli vakillaridan yordam olgan holda, sharoiti o’ta ogir, boquvchisi yo’q, yoki yo’lg’iz onalarni aniqlab, oshalarga taqsimlab berishni maslahat beraman,
Alloh o’zi qo’llasin!
Assalomu alaykum, mening fikrim qo'ldan kelganicha: 10ming odamlik 7 ta mahalla desak masalan 7 ta mahalla raisi o'z mahalladoshlari holatini bizdanda yaxshiroq biladi menimcha(shunday bo'lsa) ulardan eng muhtoj oilalarni aniqlashtirish sonini shundan keyin ular summasi kelib chiqadi, qolganlar norozi bo'lmasa. 2. Rozilik asosida bitta masjid qurish bunga hammasi rozi bo'lsalar so'rovnoma asosida
1-usulda pul qanchadan tegsayam baribir vaqtincha
3.bolalar maydonchasi kichikroq bolsa ham
... hozircha shu yana topsam yozaman😊
Ассалому алейкум ватандошлар мани маслахатим болалар БОГЧАСИ ёки МАКТАБ шароитларини замон талабида килингани маъкул дейман фарзандларимиз келажагиммиз.
Show next 100 comments