Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Assalomalaykun aka sizdi judda hurmat qilaman shunday ogir sharoitda yordam berishka harakat qilganizga judda hursandman men sardobali insonlar bn gaplashkanimda ahvoli judda ogirlari bor ekan shunga ozlarin bir guruh tuzib sharoitini organib sharoiti ogir haqiqatda oilalarni farzandlar oliy talimda kantrakka oqiyabturgan va bu yil oqishka kantirakka kirib qolsa shullarga yordam berilsa maqsadga muofiq boladi ilm bor joyda rivojlanish boladi
Assalomu alaykum judayam savobli ishga qoʻl urgansiz, sizdan anchagina odamlar minnatdor boʻladi degan umidaman.
Oʻz koʻzim bilan koʻrgan voqealarni aytsam juda ayanchli, jirakanch degan soʻzlar yetadi deb oʻylayman.
Huddi oʻsha voqeal yaqinada boʻlganman. Sardobalik aholi Yangiyer shahriga evakuatsiya qilindi men esa huddi shu yerda yashayman. Biz ham oilamiz bilan ularga koʻmak berish maqsadida kiyim-kechak, bolalar uchun bazi narsalar olib bordik. Har bir viloyatlardan jud koʻp yordam keldi bu taxsinga sazovor, afsuski shunday narsalarni boshqaruvchi inson boʻlmadi, kelgan narsalar ba'zi bir hokim, oʻsha yerda turuvchi mansabdor shaxslar, mahalla raislari tomonidan oʻzlashtirilishiga ham guvoh boʻldim. Qanchadan qancha oziq-ovqat maxsulotlari isrof boʻldi. Va shu oʻrinda aholidan ham yaxshi fikrlar qolmadi ularga berilgan narsalarni otib bunaqasi kerakmas deb doʻq poʻpsa qilishdi. Qanchadan qancha viloyat-u, vatandoshlarimizdan kelgan narsalarni musga tashashdi, yoqishdi.
Shu pulni toʻgʻri taqsinlashda shularga etibor berishingizni soʻrab qolardim, va sizdan oʻzingiz bosh qosh boʻlishingizni kutib qolaman, zero hozirgi kunda sizdan adolatparvar insonlar juda kam.
Do not distrub
Iloji bulsa bu yil uqishga kirgan sirdaryolik jabrlangan aholini farzandlariga kantraktini tulab berish chunki kupchilik chorvachilik bilan wugulanar ekan guvohi buldik kupchilik qoramollar halok bulgan toshqinda.Menimcha sirdaryofa bilimli uz kasbini biladifan usha yerdan chiqan yoshkadrlar kerak
Bu pullarga ehtiyojmand talabalarning kontraktlari to'lansa yaxshi bo'ladi manimcha.
Lotareya kabi kam tàminlangan, ahvoli oģir xonadonlarga-40 xonadonga 5.000 mln dan berish kk.
Ammo, mahalla, hokimiyatni aralashtirmay, ishonchli odamlar bilan qilish kerak.
Avazbek Ortikov
Assalomalekum
Sardobadagi jabr ko’rgan oilalar farzandlari OTMga kirsa shularni kontraktiga to’lab berilgan ma’qul bo’ladi menimcha.
Assalomu alaykum aziz yurdoshlar.
meni fikrimcha Sardobada issiq xona qurgan yaxshi yilning 4 ta faslida ham yerdan unumli foydalanib bu pullarni yo'q bo'lib ketmasligini taminlash kerak deb o'yliyman. Bu esa yilning 4 faslida ham muhtoj oilalarni qishloqxo'jaligi mahsulotlari bilan taminlashga yetsa kerak deb o'liyman.
☆MUSILMANKA☆
Assalomu aleykum.Barcha uchun foydali va kerakli ishga sarflansa yaxshi bo'lar edi!!!
Шифохона, мактаб, боғча бу нарсаларга бу пул етмайди, кейин давлат ўзи қуради буларни. Менимча илмга сарфланса яхши. Қийналган оила фарзандларига контракт тўлови, мактаб ўқувчиларига ўқув қуроллари.
Aholi orasidagi kasallarni davolash, dori haridi uchun sarflash kerak. Dorilar juda qimmat. Hammani ham to'lov qobiliyati yaxshi emas. Juda qiynalganlarni topish va yordam berish kerak.
Шерзодбек Анваров
Ассалому Алайкум. Етарлича тамирланмаган ёки умуман тамирланмасдан колган хонадонларни танлаб олиб, пул етканича тулик тамирлаб бериш ёки курилиш материаллари билан таминлаш. Шунда озгина хонадонга булса хам тулик аскотади. Ёки имтихонлар тугашини кутиб шартнома асосида укишга кирган жабрдийдаларнинг талаба фарзандларини шартнома пулларини тулаб бериш лозим деб уйлайман.
Saparniyazov Inomjan
Bu yil necha kishi asosiy kantraktga o'qishga kirsa barchasiga yetganicha taqsimlash kerakdir, sababi bu yil uy joy deb o'qishni chetga surishi aniq
Isomiddin Soataliev
Чекка кишлокдаги бир бокча еки мактаб топиб беринг ва дуо килайлик ушалардан халол узбекистон учун хизмат киладиган инсонлар чиксин
G'ayrat
balki bolakar uchun sport maydonlari qurib berish kerakmi.
Kichik bo'lsa ham biron biznes yoki aholi bandligini ta'minlash uchun biznesga yordamlashish zarur.Bunda ham doimiy pul keladi (shunda undan keladigan pulni ta'lim yo'nalishi Boshqa jabholatga tarqatish mumkin),ham aholi ish bilan taminlanadi
Assalomu alaykum. Oldindan qiynalib kelgan nochor boquvchisi yoqotgan 6 ta oylaga uy qurib berish kerak yoki 4 ta. Sirdaryoda yerlar orzon bolsa kerak 8 sotix yerga 6 ta oylaga uy qursa boladi. Buni Andijon viloyati Baliqchi tumani Oqqorgon jome masjidi imomi Rustomjon domla sinab kormoqda. Shu 200 million pulga amallasa boladi. Sahovat pesha halqimiz yana yordam qolini chozsa kerak deb oylayman. Agar shu satirlani oqiyotgan bolsangiz taklifim maqul kelsa murojat qiling sizni Rustamjon domla bilan tanishtiray. Qurilyotgan uylar loyhasini koring.
Саодат Мирзакаримова
Илтимос мумкин булса ахборот воситалари оркали Сардобадаги мактаб ва богчани хозирги кундаги холати буйича курсатувлар таййорлашса яхши буларди
Yaxshisi shu maktabga berilsa yaxshi bo'lardi ko'proq bilim olish imkoniyatini yaratadigan vositalar kitob, kompyuter shunga o'xshash. Toki sardobalik bolalar shu fojeaga sabab bo'lgan ilmsiz amaldorlarga o'xshab qolmasin
Show next 100 comments