Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Eng yaxshi investitsiya ta'limga ajratilgan investitsiya. Shunday ekan òsha uy joyidan ajralgan nisbatan oģirroq sharoitda bòlgan 18 ta talabani 1 yillik kontrakt pulini tòlashga yetarkan. Bunda 18 ta talabani ajratib olishda ota onasi ishsiz daromadi kamlariga berilsa yaxshi manimcha. Òsha talabalar bu yaxshilikni umrini oxirigacha buni unutmaydi va yurakdan vijdonan ishlaydigan kadrlar bòladi.
Қийин савол. Лекин ечими бор. Ахолига етгунича компьютер олиб тарқатиш керак. Кутубхона қурган билан ҳам айрим одамлар китоб ўқимай қўйди. Ёки бузилган бирон мачитни тиклашга сарфлаш керак
Ozlaridan soraw kere
Hushnud aka. hozir bu pullarni tarqatb bergandan yoki ubu narsa qurb bergandan kora( hama inshoatlar davlat tomonidan qurb beriladi albatta. ) Shuning uchun yoki katta bir kutbxona ochiw kerak. Yoki suv chiqrb berw kerak. Chunki bu 2 ta narsadan kelajak avlodgayam ancha foydali.
Shuncha savobli ish qilibsizlar sizlarga rahmat, mening fikrimcha, ushbu pulni Sardobada jabr ko'rgan aholining eng kambag'al, nochor, kam taminlangan 20 ta oilaga 10 miliondan berish kerak. Zora shu pul arqali shu oilalar biroz bo'lsada o'zini tiklab olib oldinga qadam tashlasa, maqsadingizga erishgan bo'lasizlar. Buning uchun real jihatdan kam taminlanganlarni aniqlash kerak bo'ladi.
Sherzod Bobokalonov
Сизга раҳмат яхши ишларни ташкил этганиз учун, менимча энг тӯғри йули шунча жабр курганларни энг кӯп зиён курган битта одамга берсангиз яхши, чунки ҳамага ирвоқам буӯлмаган бир кишига ас қотади.
А.R.K
Шу пулни бирон мактаб-богча ремонтига сарфлаган яхши.
ва бир кичкина лавха ёздириш к-к нержавейкадан.Телеграм Хушнудбек бошчилигида халкдан ёрдам.
Кичкинтойлар куриб фахрланиб юришади@
Assalomu alaykum shu pullarni yig'ib "Sardoba texstil group" MCHJ ochib qiyin ahvoldagi yoki ish topolmayotgan yoshlar sharoiti qiyin oila farzandlarini ish bilan ta'mimlasa nur ustiga a'lo nur bo'lardi ham shu orqali hududni rivojlanishiga yaxshi ijobiy ta'sir ko'rsatdi
Яхшимурад Худайбергенов
Boquvchisini yo'qotgan, kam ta'minlangan va haqiqatdan ham ehtiyojmand oilalarga yordam qilgan ma'qul.
М. Исламов (Physicist )
Talofat eng katta bòlgan qishloq axolisiga berish kerak
Farangiz
Yosh yoki yoki ichidan eng maqbul oilalarni sharoiti uyi umuman avvaldan ham boshpanasiz bolganlani boahlang'ich tolovini tolab uy yoki jihozlar olib berilsa kopchilikka boladi. Knchalik ozlari davomini tolashib borishadi
Eng muxtojini topib bering uy qurilishi uchun
Yoki 20ta sigir olib bering oilalarga yaxshi boladi asosiysi muxtojga zarurat bor insonga ‘berilishi ehsonni kottaligi pul bilan emas egasiga borishi
Kutubxonaga zamonaviy kitoblar va tekin internet qilib berish kerak tuman markazidagi birorta maktabda
Bolalar sport maydoni qursangizham bo'ladi
Baliqni tutib bermaslik kerak aksincha

Qarmoq yasashni urgatish menimcha optimal yechim

Aholini tadbirkorlik qilish uchun imkoniyatdan kelib chiqqan holda har bir xonadonni sonidan kelib chiqib, ularga tadbirkorlik qilish bo'yicha yordamlashish kerak, bu orqali tadbirkor nechta aholini ish bilan ta'minlaydi.

Shaxsiy fikrim shu Xushnudbek Aka Allohim ishlaringizga rivoj bersin.
Kam taminlanganlarga uy joyi bn taminlash karak menimcha
Alisher Nasrullayev
Menimcha karantin davrida ijtimoiy yordamlar yetarlicha bo'lyapti. Ya'ni keragidan ortiq. Siz beradiga ijtimoiy yordam KARANTIN talablariga javob bermasligi mumkin. ENG YAXSHI BIZNES LOYIHA bo'yicha tanlov o'tkazib, o'sha yerdagi yoshlarning 20 tasiga moliyaviy yordam berish kerak.
Olimboy Kalandarov
Ассалому алекум мачит куриглар
Assalomu alekum. Manimcha shu falokat tufayli haqiqatdan ham jabr ko'rgan aholini eng sharoiti Og'irlarini topib shu oilalarga sarflash kerak. Chunki hozzirgi yurtdoshlarimiz va davlatimiz yordami menimcha aholini Turmush darajasidan qat'iy nazar berilayotgan bo'lsa kerak. Ya'ni har qanday oila kesimida. Agar shunday bo'lsa siz boshlagan xayrli ish natijasi Turmush darajasi eng past qattiq qiyinchilikda qolgan yurtdoshlarimizni Allohdan so'rayotgan Duolari ijobati bo'lib siz azizlarni yordamingiz bo'ladi InshaAlloh. Hammalarimizdan Alloh rozi bo'lib, Alloh yo'lida ehson qiluvchi bandalaridan qilsin !!!
Shamshod .
Artizon quduq chunki dehqonchilik qiladi toza ichimlik suv buladi. Kotta joy obod buladi va halqni iqtisodi yaxwilanadi
Assalomu alaykum va Rahmatullohi va barokatuh. Manimcha o'sha hududdagi ayollarning ishsizlik darajasi judayam yuqori. Ularning bandligini ta'minlash uchun yirikroq tikuvchilik korxonasini tashkil etish kerak. Ham bandlik ta'minlanadi, ham uylariga moddiy naflari tegadi. Allohim barchamizdan rozi bo'lsin.
Show next 100 comments