Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Сизларга рахмат! Менинг таклфим, жабр курган туманлар ахолиси ва уларнинг фарзандлари учун мини футбол майдочалари курилишига сарфлаганингиз макул.
𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫 𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫
Hayot bu katta õyin
hozirmas u boqcha ,maktab, sal keyinroqdagi qilinadigan iw! hozir ularga hayotiy ehtiyoj kerka! Oziq ovqat,kiyim kechak va issiq uy! och qoringa ,tinch emas koʻngilga oʻqish ilim kirmaydi!!!
+
Assalomu aleykum. Manimcha Sardoba fojiasidan aziyat chekganlarni fikrini o'rganib chiqan maqul dib o'yliman. U yerdagilarni ko'pchiligi maqulagan fikir bor bo'sa ker. Suv va gaz quvirlari xam muhim. Xozir karantin paytida eng kereligi. Uy qurvotganlar xam ko'p foydalanishadi. Oldinda kuz, qish fasilari bor. Sardoba o'zini tiklavolishiga ancha voht ketadi.
Salom menimcha Suvdan zarar ko'rgan ko'chalar ta'mirlangandan keyin barcha ko'chalarga tungi chiroqlar o'rnatish kerak shunda tunda ham hamma joy yorug' va farovon bo'lardi.raxmat
Agar aqsh dan har qanaqa yordam kerak bo’lsa biz ham tayyormiz bu savob ish uchun. Mening Telefon raqamim +14014000099
Hayot bu katta õyin
To'rayev Sardorbek
Assalomu alaykum! Bu pulga Sardobadagi bir nechta maktabga kitob sovgʻa qilsa boʻladi. Bu yosh avlod uchun juda foydali.
1-navbatda hayotiy eng zarur ehtiyoj kerak ularga! Oziq ovqat ,kiyim kechak, issiq uy! va toza suv! Och qoringa ,notinch koʻngilga oʻqish ,ilim sigʻmaydi!
Boy )))))
Aka masjid qurilishi yoki muxtoj bemorlarga
Pullarni ijtimoiy loyihaga tikib pulni xaql uchun barqaror xizmat qilishini taminlash mumkin. Inglizchasiga “Sustainable project”. Buning uchun:

1. Kichik tender (tender ishtorokchilari faqat Sardoba aholisi yoki yaqin xududdagi NGO)
2. Daromat keltiradigan biznes (qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish doirasidagi loyihalar birlamchi kam moliya talab qiladi) loyihaga yig’ilgan pul beriladi.
3. Loyiha ishlaydi va keladigan daromat xududni rivojlantirish uchun Shu tariqa 20.000$ yillar davomida 70.000 axoliga yordam keltirishi mumkin.

Qiyin yo’l ammo barqarorlik (sustainability) bor.
👊👊Isoqulov Aziz💪💪
Masjidlarni remontiga iwlatsangiz yullarni asfaltiga iwlatsangiz buladi
Энг маъқул вариант менинг фикримча,ушбу офатдан зарарланган худудга бориб вазиятни ўрганиб,давлат томонидан эътибордан четда қолаётган,лекин долзарб бўлган соҳага маблағни сарф этиш керак.Акс ҳолда исрофгарчиликга хам йўлиқиб қолиш мумкин.Аҳолини энг қийнаётган муаммоларга сарф этиш керак.
Assalomu aleykum hurmatli vatandoshlar Talim sohasida yordam kòrsatish kerak deyildi deyildi ... bu judda yoqdi menga ... meni taklifim shindan iboratki 203 million sòm pulni aynan 3-kursni bitirib 4-kursga òtkan 20 tacha talabaning kontrakt puli sifatida qoplab berish kerak aynan òsha zararlangan hududlardan ... sabablar bor ... uy qurilish maktablarga pul davlat tomonidan ajratilmoqda endi òqishga kirish borasida ham qòshimcha grandlar ajratilganligi hech birimizga sir emas ... sharoit yaxshilanar ekan shu sharoitda ishlovchi pedagog va tibbiyot institutlarida òqiydigan talabalarga ham yordam qilish kerak menimcha... chunki kopchilik aholi kontrakt pullarini ekin va chorvachilik orqasidan tòlashi hech birimizga sir emas ... bu yil na dehqon na chorva bn shugullanishi imkonsz endi ... shuni òylash kk ... aynan tibbiyot va pedagog deganimda ham mano bor ... Toshkentda òqiydigan talabalar ishlab pul topishga majbu bòladi bu ham ayni haqiqat ... kelingizlar bolģusi ustoz va tibbiyot xodimlarini qòllaylik zora ular tufayli yoshlarimiz va kongli òksik vatandoshlarimiz òzlarida kuch topib hayotga bolgan intishi oshsa .. ayni eng zarur sohalarda faoliyat yuritishga òzlarida qiziqish topsa intilsa... Ps taklif sòraganingiz uchun raxmat bunaqa savoblarning kopiga bosh bòling .. ozgina bolsa ham yordamimiz tegib shu orqali bizga ham ozgina bolsa ham savob tegsa judda hursand bòlardik .. yana bir bora raxmat 🙂
Xammani ko'nglini birdak olish qiyin. Shuning uchun mablaglarni xammasini osha joydagi masjidga topshirgan maqul deb oylayman.
O' ta nochor aholini turmush tarzini yahshilashga ajratish kerak
Azizbek Xasanov
сув ва газ масалалирига эътибор каратиб урганиш керакмикин Аллох хайрли килсин
Abdullo Yodgorov
Ассалому алейкум. Уйнику Давлат қуриб бервоти. Ёрдам пули хам бермоқда. Фикри ожизимча, жабрланган инсонлар орасидан уйлари тўлиқ бузилган - зарар кўрганларни ажратиб олиш керак. Оша ахолини орасидан эса кўп болали, қариялар ва имконияти чекланганларни. Бу рўйхатдаям хам улар кўпчиликни ташкил этиши тайин. Ундан кейин эса боқувчиси йўқ, ойдик даромади аниқ бўлмаганларни олиш керак. Менимча шу охирги рўйхат ЭНГ тўғриси бўлади. Энди уларга пулни қўлига топширсангиз 1-2 ойда ишлатиб бўлишади. Кўпроқ муддатга, мақсадли етишини хам ўйлаш кере диб ўйлиман. Хар бирига келажагини уйлаб кўмак бериш учун эса хар бир оила бн алохида ишлашга тўғри келади. Бу вазиятда эса имконият ва волонтёрлардан фойдаланган маъқул. Ҳайрли ишларизда Аллоҳ мададкор бўлсин ва ҳақ йўлни, энг афзалини кўрсатсин.
Men ham huddi shu fikrdaman +++
Dr. Anvar
Chunki hozir jamiyatdagi eng muxtoj qatlam VRACHLAR
Салом бир копдан ун олиб беринг нон энг керакли озика
Assalomu alaykum shu 70 ming aholi orasida OTM da kontrakt oʻqiydigan talabalarning kontrakt toʻlab bering
T.Amirov
Қийин савол. Лекин ечими бор. Ахолига етгунича компьютер олиб тарқатиш керак. Кутубхона қурган билан ҳам айрим одамлар китоб ўқимай қўйди. Ёки бузилган бирон мачитни тиклашга сарфлаш керак
Kopyuterni nima qiladi, qayerga qoyib iwlatadi, interneti yaxwi iwlamasa, masjidga sarflab bolmaydi, u pul sardobliklar uchun yigilganku, agar ulardan ortib qolsa (ozi yetmay turibdiku) mabodo keyin bowqa narsga sarflaw kere, u ozi ozgina mablag', wundan eeeeng maqul yolini topib ularga kopro foydasi tegsin deyapmiz..
Show next 100 comments