Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Ubaydullo Husenov
Ijtimoiy axvoli eng og‘ir oilalarga berish kerak ota onasi ishsiz bo‘lgan oilada kantraktda o‘qiydigan talaba bo‘lgan oilalarga bergan yaxshiroq.Bularni o‘rganib aniqlash biroz mehnat talab qiladi lekn.
Mana sizga takliflar Xushnud aka, nima qilishni bilmay turgan ediz, endi qay birini tanlolmi ham qiynalas 😃
Mevali va manzarali daraxtlar ekish kerak. Yashillik uchun sarflang.
Boshlagan ishingiz xayrli bo'lsin. Mening fikrim, ta'lim sohasiga sarf qilingani ma'qul. Kam ta'minlangan oila farzandlari kontrakti, yoki imtiyozli stipendiya, mukofot tarzida berilsa
Талофотдан олдин шакллантирилган кам таъминланганлар рўйхатини топиб имкон қила олсангиз 500 мингдан(закотга қодир бўлиши биланоқ берадиган сумма) агар қийинчилик бўлса етказиш сарфи кўпайса ёки рўйхат озроқ бўлса ўша нисбатда 1-2 млндан берилса тўғри бўлса керак менимча.
Assalomu alaykum. Aholi uchun eng zarur bòlgan narsaga mablaģ sarflash lozim. Ishsizlik darajasi past va boquvchisini yòqotgan oilalar kòmakka juda ham muhtoj. Menimcha eng avvalo shularga moddiy yordam kerak deb òylayman.
Sabohat_Qurbonova
Avvalo bu pullarda jabrlangan barcha insonlarni xaqqi bor. Wulardan eng kup aziyat chekkanlar bu yolg'iz onalardir. Pul miqdorini 2mln dan taqsimlab uwa oilalarga yordam sifatida beriw kerak. hech bumaganda buron mol -hol olib ruzg'or tebratiwsa.
Bunday olib qaraganda Davlatimiz tomonidan har tomonlama ijtimoiy-ma’naviy, moddiy koʻmak, yordam, berilvotti barbir e’tibor yoshlarga koproq bolsa odilona boladi deb oʻylayman
Abdulloh
Assalomu Aleykum 2 ta eng muxtojni tanlab berish krk.
Shahnoza
Assalomu alaykum
Avvalombor uysiz fuqarolarni uy bilan ta‘minlash kerak deb o‘ylayman.
Machit qurdrw kere iloji busa
Chingiz Almatov
Eng kerakli bino inshootlarni qurish kerak. Misol uchun shifoxona yoki maktab yoki bolalar o'yingohi yoki shunga o'xshash hayotiy zarur binolar
Hushnud aka nima qilgan taqdirzdayam kelajakdayam foydasi tegadigan narsa bolsa yaxshi boladi. Avvalo Alloxdan kuch quvvat tilab qolaman szga va jamoingizga... Quruliw remont iwlari yoki pulni tarqatib berwdan kora iwlab chiqarw yoki Kutbxona yoki suv chiqarb beriw eng yaxshi variant bolsa kerak.
Raxmat shuncha etibor uchun 😊
Eng yaxshi variant menimcha esda qoladigan sardobaga kerakli oquv markazmi shunga oxshash narsa qurib berish kerak 200 mln 400 mlnlik foydasi tegadugan
Yigirmaming ham unchalik kichkini summa emas.davlatimizni ozi ancha yordam berib turibdi.undan kora biror kichikriq korxonami ishlab chiqaruvchi zavod qurilsa. Birqancha odamlar ish bilan band boladi keyinchalik esa ishi rivojlansa mamlakatga ham yordami tegar edi.
Eng maqul variant oʻsha joydagi odamlarni oʻzidan soʻrash kerak chunki biz chetda turib ularga nima narsa birinchi navbatda aynan hozir nima kerakligini bilmaymiz
Kitoblar va oʻquv qurollari koʻrinishida maktab oʻquvchilariga tarqatgan maʼqul. Pul kamroq ammo bu shaklda yaxshiroq va albatta foydaliroq natija beradi
Eng yaxshi investitsiya bu ta'limga berilgan investitsiyadir.
Eng munosib va ehtiyojmandlar talabalarning to'lov kontraktiga yordam berilsa yaxshi bo'lar edi.
Sababi bugun qilingan investitsiya 4-5 yil ichida samarasini ko'rsatadi.
Aqalli o'sha talabalarda kelajakda korrupsiyaga qarshi immunitet hosil bo'lardi
Kamola Obidova
Xammada xar xil fikr mani fikrimcha uyi bulmasdan turip biror kimsani kungliga bowqa narsa sigmasa kk deb uylayman 2 ta yow farzandi kup yoki nogiron farzandi bor oilaga uyini qurib beriw kk
Avvalambor Assalomu aleykum, bu fikrga men ham qo'shilaman, ko'pchilik insonlarni fikrini shaxsan maqullamayman, sabab hech kimni uyi bo'lmay turib ko'ngliga OTM ga kirish yoki Bog'da sayr qilish sig'maydi, shuning uchun hayriya pullarini ko'p qavatli uylar qurilishiga sarflash kerak deb o'ylayman mayliga 10 yoki 15 xonadon vakillari uylik bo'lib qolishsa!!! Qolgan fuqarolarga kelsak inshaalloh sahovatli insonlar, davlat tomonida ular ham tez orada uylik bo'lib qolishsa
😊🤗FARADISA😊🤗
Sardobalik ham yurtlarmiz boshqa viloyatlarda ishlab oila boqishmoqda hamma ham boshqa viloyatga borolmasligi mumkin shuning un ish bn taminlanshi kerak agar yigilgan pulni aholiga berilsa shu hayotga bazi insonlar òrganib qolshadi
Show next 100 comments