Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
.....
@Xushnudbek.uz
Manimcha bu pulni ovqat va shunga o'xshash narsalarga sarflagandan foyda yo'q chunki ovqatni 3 kun istemol qilish mn undan ortiq emas.
Masjid ?? Masjidni wundoq ham davlatni uzi qo'rib beradi. Agar yaxwilab uylab qarasak Davlatni uzi ancha muncha yordam berib quydi...
Manda bitta taklif bor bu pulni Sardoba fojiasi halok bulgan askar yoki milliy gvardiya xodimini uydagilariga yetkazib bersangiz yaxwi bulardi chunki Marhum insonlarni qutqaraman deb halok buldi va bu odamiylik jihatdan ham to'g'ri buladi deb uylaman...
Bu juda ham qiuin masala mening fikrimcha buncha pulni tarqatish notug'ri fikr bu pullarga ish o'rni yaratish kerak ish bilan ta'minlash kerak to'g'ri men og'izda osongina hal qilib qoyayapman amalda bajarish bir muncha qiyinchilik tug'diradi ayniqsa karantin vaqtida keyin ham ularni o'zlarini ham ushbu qiyin vaziyatdan chiqishga undash kerak faqatgina davlatni qo'liga qarab qolmaslik kerak
Assalomu alaykum! Baliq berishdan ko'ra baliq ovlashni o'rgatsak davomiy bo'lar edi. Yordamni harqanday ko'rinishda qilsak yahshi aslida. Lekin siz aytmoqchi o'ylanib ish ko'rmoq lozim, meni hayolimga kelgan narsani aytsam, o'ylashimcha uncha pulni yama ko'paytirish yo'lini qilish kerak tani tura veradi foydasidan ehson deydimi hayriya deydimi shu tariqa ulashib turish kerak aynan jabr ko'rganlarga, misol uchun pulga sigir olib sutini sog'ib u sutni katta sut ishlab chiqaradigon fabrikalarga foydasi bilan sotib foyda puliga un olib non yasab sotish 2taraflama ko'payayotgan pulni foydasini oylikmi yillik jamlab kattaroq ishlab chiqish yo'lga qo'yilib qolsa ajab emas, men misol keltirdim sigir va nonni hullas ikki taraflama ish ko'rishlik yahshi bo'lsa kerak agar ohirigacha o'qigan bo'lsangiz rahmat
BAXODIR ABDURAXMONOV
Assalomu alaykum. Mening fikrimcha bu yig‘lgan pullarni aholining komunal qarzlarini to‘lab berish kerak deb o‘ylayman. To‘gri bu summa 70 ming axolining komunal qarzini to‘lash uchun yetmaydi. Lekin qarz summasi sal kattaroq oilalarnikini to‘lab berish maqsadga muofiq bo‘lar edi. Yana bir taklif bor 2 yoki 3 ta qishoq uchun ummumiy 200 yoki 300 o‘rinlik jome masjidi qurib bersa ham bo‘ladi. Yoki o‘sha summaga bog‘chalarimizni qishgi kunlar uchun tayyorlash kerak deb o‘ylayman. Bu mening fikrim qolganlar ham yuqoridagi fikrlarga qo‘shilsa kerak.
Ko'ngilochar bog' qilib bergani yaxshi hamma dam oladigan xordiq chiqaradigan maskan
Meni fikirim pullarni Sardobani yaxwilab tamirlaw kerakmi deyman
Поликлиникасига зарур тиббиёт технологияларидан зарурини олиб бериш керак. Нима булсаям битта стоматологи хонасими, анализ текширадиганми фарқи йўқ зарурини
Hozir manimcha faqat Sardobada emas hamma hududlarda qiynalgan oilalar ko'p. Chunki karantin tufayli ko'pchilik ishsiz qoldi. Haqiqatdan ancha qiynalib qolgan oilalarga berish kerak
Masjidlardan birini tamirlab bersez xam boladi
Assalomu alaykum. Barchaga foydali bo'lgan klinika maktab bog'chalar un sarflash kerak.
ОХИРИДА САВОЛЛАР БЕРАМАН ЎЗИМГА-ЎЗИМ?, МАСЛАҲАТ СЕРОБ, МАБЛАҒЛАР ҲАМ ШУ МАСЛАҲАТЛАРЧА БЎЛСА ЭДИ. ЖИДДИЙ СУРЪАТДА ЁРДАМ БЕРА ОЛМАГАНИМДАН УЯТДАМАН.
Менимча энг шароити огир инсонлардан 4-5 тасига берса маъкул буларди. Бир майизни 40 киши булиб ейди деган гап борку 39 таси келишиб 1 таси еган. Бу холатда хам келишиб 4-5 кишига берганиз яхши булармиди
Avvalo Assalom aleykum kichik bo'lsa xam kutubxona qilish kere menimcha yangi qurilgan joyda kutubxona bo'lmasa kerak.
Assalomu alaykum Xushnud aka barcha ayrli ishlaringizda Alloh madad bersin. Aka meni bir fikrim agar Sardobada o'sha jabr korganlarning uyiga bir xilda talofat yetgan bo'lsa shunday qilish kerak. Ularning barchasini ro'yhati tashkillaahtirilgan agar shunday bo'lsa oilalarning barchasini korib chiqib oilalarida birorta ham davlat ishida ishlamaydiganlarni ajrating shunda ham ko'p bolsa oilalarda voyaga yetmagan o'g'il farzandi yo'q oilalarning ro'yxatini qiling. Agar shunda ham ko'p bo'lsa oilalarda qariyalar yani nafaqa olmaydigan oilalarni royxatini qilinglar shunda ishonchim komilki ish osonlashadi.
Endi izoh.
1.Nega davlat ishida ishlaydiganlarni chiqarish kerak sababi xarxolda oyiga ozmuncha bolsa ham davlatdan oylik oladi.
2. Nega voyaga yetgan o'g'il farzandi bor oilarni chiqarish kerak chunki ular mehnatga yaroqli xarxolda ishlab pul topa oladi.
3. Nega oilasida nafaqa oladiga qariyalar borini chiqarish kerak sababi ular ham shuncha yil mehnatlari xisobiga davlaydan nafaqa oladi.
J A S U R B E K
Уша пулга замонавий жихозланган касалхона, поликлиника, мактаб ва богча куриш керак. Агар одамларга пул таркатса арак олиб ичиб йук килади.
ФАЗЛИДДИН ХУШБОКОВ
Ассаломиу алайкум бу пуларни талим олишга таксимлаш керак болалар учун мактаб учун зарур китоблар олиш керак йошлар учун ишлатиш керак деб уйлайсан бу менинг фикрим?
Menimcha eng maqbul variant mablaĝ yetganicha kichikroq bõlsa ham eng kõp talofat yetgan joylar markazida bir KUTUBXONA ochish kerak. Ana shu yer aholisi, ayniqsa yoshlari kelajagi uchun foyda beradi, insha'Allah
Xurshid
1.Boquvchisini yòqotgan
2. Oilada hech kim ishlamaydigan
3. Qaysidir GURUH NOGIRONLARIGA
4. Oģir xastalig bilan kurashayotgan bemorlari bor oilalarga......
Равшан Бек
Уша ердаги ахоли бн гаплашиб куриш керак.муаммосини узлари айтади.бир иш битиб коладиб
. OTABEK
Salom xammaga menimcha bu pullarga axolining malum bir qismiga daromad keladigan ish uchun sarflash kerak misol uchun qora molmi yoki isiqxona uchunsarflash kerak
Show next 100 comments