Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Avvalo Assalom aleykum kichik bo'lsa xam kutubxona qilish kere menimcha yangi qurilgan joyda kutubxona bo'lmasa kerak.
Assalomu alaykum Xushnud aka barcha ayrli ishlaringizda Alloh madad bersin. Aka meni bir fikrim agar Sardobada o'sha jabr korganlarning uyiga bir xilda talofat yetgan bo'lsa shunday qilish kerak. Ularning barchasini ro'yhati tashkillaahtirilgan agar shunday bo'lsa oilalarning barchasini korib chiqib oilalarida birorta ham davlat ishida ishlamaydiganlarni ajrating shunda ham ko'p bolsa oilalarda voyaga yetmagan o'g'il farzandi yo'q oilalarning ro'yxatini qiling. Agar shunda ham ko'p bo'lsa oilalarda qariyalar yani nafaqa olmaydigan oilalarni royxatini qilinglar shunda ishonchim komilki ish osonlashadi.
Endi izoh.
1.Nega davlat ishida ishlaydiganlarni chiqarish kerak sababi xarxolda oyiga ozmuncha bolsa ham davlatdan oylik oladi.
2. Nega voyaga yetgan o'g'il farzandi bor oilarni chiqarish kerak chunki ular mehnatga yaroqli xarxolda ishlab pul topa oladi.
3. Nega oilasida nafaqa oladiga qariyalar borini chiqarish kerak sababi ular ham shuncha yil mehnatlari xisobiga davlaydan nafaqa oladi.
J A S U R B E K
Уша пулга замонавий жихозланган касалхона, поликлиника, мактаб ва богча куриш керак. Агар одамларга пул таркатса арак олиб ичиб йук килади.
ФАЗЛИДДИН ХУШБОКОВ
Ассаломиу алайкум бу пуларни талим олишга таксимлаш керак болалар учун мактаб учун зарур китоблар олиш керак йошлар учун ишлатиш керак деб уйлайсан бу менинг фикрим?
Menimcha eng maqbul variant mablaĝ yetganicha kichikroq bõlsa ham eng kõp talofat yetgan joylar markazida bir KUTUBXONA ochish kerak. Ana shu yer aholisi, ayniqsa yoshlari kelajagi uchun foyda beradi, insha'Allah
Xurshid
1.Boquvchisini yòqotgan
2. Oilada hech kim ishlamaydigan
3. Qaysidir GURUH NOGIRONLARIGA
4. Oģir xastalig bilan kurashayotgan bemorlari bor oilalarga......
Равшан Бек
Уша ердаги ахоли бн гаплашиб куриш керак.муаммосини узлари айтади.бир иш битиб коладиб
. OTABEK
Salom xammaga menimcha bu pullarga axolining malum bir qismiga daromad keladigan ish uchun sarflash kerak misol uchun qora molmi yoki isiqxona uchunsarflash kerak
Ассалому алейкум!!!
Сардоба фожиасида зарар курган ахолига давлатимиз ва меҳрибон халқимиз томонидан етарлича этиборда деб уйлайман. Бу пуллар Сардоба фожиасида зарар курган ахолига хайрия учун деб йиғилган пул булсада, бошқа таклиф: Яқинда тармоқда республикамизнинг чекка худудларидан биридаги болалар уқиётган мактаб филиали ахволи туғрисида расм шов шувга айланди... шу худудларда мактаб филиали қуриб берилса яхши булармиди...(Давлат томонидан қуриламан дегунгача анча вақтлар утиб кетса кк айниқса кутилаётган крезис даврида)
Masjid qurib berish kerak. Aholiga davlat uy-joy qurib beradi. Masjid qursa savobli ish. Sardobaliklarga ham masjid kerak albatta deb o'ylayman
Assalomu akeykum avalambor, bu mani shaxsiy fikrim bitta markazdan orzonroq 1 xonalik bino sotib olib tekin wifi keyin kitoblar qoyib free wifi zone and library tashkil qilish kerak bu pulni tarqatsangiz hammaga teng taqsimlash kerak chunki buni bergan insonlar manimcha hammaga yetib borsin deb bergan agarda 2 10 yoki 1000 ta odam ga bo’lib berilsa adolatdan bo’lmaydi deb o’ylayman
Assalomu alekum hammaga ILTIMOS Maktab , boqcha yo suv ,gaz ni muamo qilib yozmanglar bu muamoni hal qiladigan egalari bor shular xali qilsin .
Дилдора
Манимча ахолини иш бн таъминлашга ишлатган маъкул.
Kamola Nosirova
Assalomu alaykum yaxshimisiz! Savob ishlaringiz ajrini bersin! Bu pullarni eng nochor axvolda turganlarga berish kerak.
Sardoba tumani xokimini o'g'liga berish kerak uzi biladi
Hayot bu katta õyin
Ularni hozir boqchayammas ,maktab ,masdij ham oʻylantirayotgani yoʻq! Hayotiy eng zarur ehtiyoj qattiq oʻylantiryapti! Oziq ovqat ,kiyim kechak,turar joy va toza suv! Boshqa ikkinchi darajadagi narsalarni ular uylariga sogʻ omon kirip joylashganidan keyin qilsalar maqsadga muvofiq!!
Assalom alaykom aka. Menimcha sardobadan faqat odamlar emas tabiyat xam zarar ko'rgan bu masalani eng yaxshi yechimi zarar ko'rgan hududlarga mevali daraxtlarni ko'paytirish bu ham tabiyatga ham insonlarga foyda yana bir bor bu masalani chuqur o'ylap ko'ring
Show next 100 comments