Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
1. U pulni kishi boshigamas, oila soniga bo'ling, eng o'gir vaziyatga tushgan 200 ta oilaga tarqatsangizham 1 mln so'mdan tushadi.
2. Pulni shu aholi yashash joyini obodonlashtirishga sarflasaham bo'ladi.
Yaxshi fikr. Adashmadam ulani kòpchiligi chorvachilikdan daromad kòradi. Bu fojia sabab kòpchili oilala chorva mollarifan ayrilishdi. Manimcha shu oilaladan eng nochor ahvoldigilarini topib hammasiga bòmasayam faqat nochor oilalaga bittadan sigir yoki boshqa chorva mollaridan olib berish kere.
Boquvchisi yuq va eng nochorlariga taqsimlab naqd berish kerak
Махмудов Собир Худойбердиевич
Жуда куп уйлаб курдим,ечими кийин масала пулни купайтириш йулини килиш керак шундагина кузга куринган иш килса булади шу пулни жунатганлар хам хурсанд буларди
Sizga qanaqa qilib savol yollasa bo'ladi. Iltimos aytvoring. Shifokorlar malaka toifasi bo'yicha savol bot. Respublika bo'yicha bitta firibgar orqasidan butun shifokorlar hozir prokuraturada
Manimcha shartnomada o'qiydigan,oilaviy ahvoli yomon talabalarni kontrakt pulini to'lab bersa juda yaxwi bo'ladi
AMINOVA Q.SH.
Ta'lim olayotgan yoshlarga yònaltiring.
Ularning ham eng bilimlilariga. Kelajakda yurt uchun xizmat qiladiganlarga
Дилфуза Шегалиева
Talofat ko'rganlarning barchasiga davlatimiz qolaversa butun O'zbekuston xattoki qo'shni davlatlar xam yordam bermoqda . Bu mablag'ni toshqindan zarar ko'rgan oilalarning kantrakt pullarini to'lab berish kerak deb o'ylayman balki hammasiga etmasdir maylida qanchadir qismini bo'lsa xam qoplanardi.
Go‘zal Hayot
assalomu aleykum avvalombor bu saxovatli va ochiq ko‘ngil vatandoshlarimizga raxmat men ham ko‘pchillikning fikriga qo‘shilaman menimcha ham sardoballiklar uchun ish o‘rni yaratish kerak ularni ish bilan ta'minlash maqsadida biror bir korxonami qurushni taklif qilaman ham ko‘pchillik ish bilan ta'minlanadi ham yana yurtga ham foydasi tegadi har tomonlama qulay
Assalomu aleykum hammaga. meni fikrimcha shu pulga birorta kòchani tamirlab berish kerak. Yoki kòprik quriladigan joy bòlsa kòprik qurishi kerak hamma uchun foydali bòlardi
Nodirbek Sharipov
Xushnudbek aka bu pullarni iloji boricha maqsadli foydalanish kerak masalan aholi ko'chalariga ma'lum miqdorda asfalt yotqizsa bo'ladi. Zero yo'l qurish eng katta savoblardan biridir.
Sharoiti eng oʻgʻirlarni, avvaldan ham kambagʻal va miskin oilalarni, mahalla oq soqollari va mahsus tekshiruvchi vakillar yordamida aniqlab sarflash kerak. Abror Muxtor Aliyni bir ma'ruzasida eshitgandim, ZAKOTNI KOʻP ODAMGA BOʻLIB BERSA BOʻLADIMI, DEB SOʻRASHDI. SHUNDA 100$ NI 10 TA ODAMGA BOʻLIB BERSANGIZ HAMMASI HAM HECH NARSA QILOLMAYDI. IKKI KISHIGA 50$ DAN BERSANGIZ IKKITASI BIR NIMALI BOʻLIB QOLADI, DEGANDILAR. ENG FAQIR OILALARDAN BIR NECHTASIGA YETARLI QILIB BERING MASLAHATIM.
Kamola Obidova
Usmonov
Avvalambor Assalomu aleykum, bu fikrga men ham qo'shilaman, ko'pchilik insonlarni fikrini shaxsan maqullamayman, sabab hech kimni uyi bo'lmay turib ko'ngliga OTM ga kirish yoki Bog'da sayr qilish sig'maydi, shuning uchun hayriya pullarini ko'p qavatli uylar qurilishiga sarflash kerak deb o'ylayman mayliga 10 yoki 15 xonadon vakillari uylik bo'lib qolishsa!!! Qolgan fuqarolarga kelsak inshaalloh sahovatli insonlar, davlat tomonida ular ham tez orada uylik bo'lib qolishsa
Tuppa tugri avvalam bor xammani tinchgina yotib turadigan uyi bulsin ekan keyin qolgan narsalar bulaveradi bogcha xam maktab xam xech bulmagan 2 tagina oila uyli bulsa yaxwi bulardi manimcha bu oilani esa yow kup farzandli yoki noggironligi bor oilalarni tanlab qura tawlaw yuli bn aniqlansa adolatli buladi manimcha
Наргиз
Ассалому алайкум пулни хар бир оиланинг кичик ёшли фарзандларига таксимлаб банкга узок муддатга (масалан 18 ёшгача) узларини номларига пул омонат дафтарчалари очиб куйиш кк. Оллох хаммаларингиздан рози булсин!!! Алхамдулиллах, Алхамдулиллах, Алхамдулиллах.
Urakbayev Kamoliddin
Ассалому алайкум. Йўл, сув, канализация, кутубхона бундай қурилишларга катта маблағ керак бўлади. Қурилишга ушбу маблағ урвоқ ҳам бўлмайди шуни ичида юрган одам сифатида айтяпман. Менда бир неча вариантлар бор жумладан, ҳақиқатдан қийналган оилани контрактда ўқийдиган фарзандларининг контракт тўловини 1 йиллигини, мактаб болаларига ўқув қуроллар, мактаб формалари шунга ўхшаган нарсалар, соғлиғи оғир болаларни даволанишига. Тағин билмадим балки бундан ҳам яхши таклифлар чиқиб қолар.
𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫 𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫𒐫
Saidaxmad
Lutshe Xushnud aka ozizga olib qolurin uni, ozichi atigi ozgina pul ekan)))
Mana 😁😁 haqiqat chunke xushnid aka sz propiskadek 1-yomon narsani tanqid wilivurib qilivurib yuq qildiz enda hamma 01- szdan xursand dajee szni orqayizda przdent turibtiyuu oaalarga kuchle ishonaman deganlayuu
Kambag'al oilalarni ish bilan ta'minlashga bolalarni iloji boricha o'sha yerdagi hunarga misol uchun bog'bonchilik naqqoshlik cholg'u asbobini urgatishgami yunaltirish kerak xotin qizlarni kompyuter savodxonligini oshirish kerak manimcha yanam bilmasam
Ассалому алайкум Хушнудбек ака, юкорида тупланган пулларни таълим сохасига сарфланса уринли булар эди. Аникрок килиб айтадиган булсам, вайрон булган мактаб ва богчаларни кайта таъмирлаш ишларига.
Ассалому алайкум.Ишларинга ривож берсин.Айтилганидек энг яхши сармоя бу билимга қилинган сармоядур.Шунинг учун ёш болаларга абитуриентларга ва талабаларга контракни тулаб ёки уқишига ёрдам бериш керак.Соғ бўлинглар.
Show next 100 comments