Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
1. U pulni kishi boshigamas, oila soniga bo'ling, eng o'gir vaziyatga tushgan 200 ta oilaga tarqatsangizham 1 mln so'mdan tushadi.
2. Pulni shu aholi yashash joyini obodonlashtirishga sarflasaham bo'ladi.
Мени уз фикримни билдирмокчиман, Уч том деган жойни бир урганиб чикинг, ахолиси кам, лекин сув омборига якин булганлиги боис купрок жабр курган. Урганиб чикиб уларни куллаб- кувватласангиз яхши булар эди.
Habiba Sobirjonovna
Assalomu alaykum menimcha bu pulga sardoba hunarmandlari uchun ishlating masalan kimdur tikuvchi mashina olib bering tikuvchilik, kimga kompyuter, kimga soch uchun mashina, kimga qandolatchilik asboblari eng nochor oilalarning rozgoriga kerak boladigan maishiy texnika olib bersangiz yaxshi bolardi.
1. U pulni kishi boshigamas, oila soniga bo'ling, eng o'gir vaziyatga tushgan 200 ta oilaga tarqatsangizham 1 mln so'mdan tushadi.
2. Pulni shu aholi yashash joyini obodonlashtirishga sarflasaham bo'ladi.
Jamila
Avvalo shu xudud aholisi bn maslahatlashish kerakdir. Ammo yuqorida kimdir aytganlaridek berilgan yordam kelajakda ham uz mevasini bersin desak ta'lim sohasiga qaratilishi lozim. Aynan maktablarga. Óquvchilarga deydigan bulsak ularning ota onasi bor. Farzad un imkon yaratishadi. Óqituvchiga kelsak uning ham farzandi bor, oilasi. Hozirgi karantin sharoitida hali tatillar yakunlanib darslar yana masofaviy davom etsa ular ishlashlari kk. Shunday ekan óqituvchilarga ishlashlari un, masofaviy dars utishlari un (axborot tex.vositalar...)sharoit qilib berish kk degan fikrdaman. 1 ta òqituvchi imkoniyatga ega bulsin u 30 ta óquvchiga ilm ulasha oladi. Tuģri maktablarga sarflansa ham bular ammo u yerga yiģilishning uzi havfli bulib turgan bir paytda..... Kelajak egalariga sarbon bulgan óqituvchilarga ulov kk, qurol kk.yulda😉
Odamlarga baliq berish emas qarmoq berib baliq tutishni o'rgatish kk. Ya'ni ish o'rinlari yaratishda foydalanish un tadbirkorlarga berish kerak
Salom. Xolis bir odamni insofi bor ko‘ngillini tanlab olib uni shu zarar ko‘rgan hududga razvetkaga yuborish kerak. U aniq vaziyatni o‘rganib ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lgan qatlamni aniqlab ma‘lumot bersa undan keyin bir harakatni boshlasa bo‘ladi. Uzr mavzudan sal chiqaman. Chinmi yolg‘onmi bilmayman lekin mahaliy hokimiyat aholi yerlarini tortib oladigan ekan shu masalaga ham oydinlik kiritishni imkoni bo‘lsa ma‘lumot bering iltimos. Bu hokimlarga xalqni 99.99foizi ishonmaydi. Ishlaringizga omad
Шу жойда ахолини диний маьнавий илмини ошириш мухим деб уйлайман.
Ватанпарварлик, соф ислом, халоллик, мехнатсеварлик, хукукий онгни оширадиган, мардликка таргиб килувчи адабиетларни халкка такдим килиш.
Onlayn Telegram
Salom Xushnudbek menimcha iloji boricha aholi uchun biror foydasi tegadigan ish qilinsa to'g'ri bolarmidi
Avalov K.
Мактабдаги бита хонани компютер билан жихозлаш керак хамма фойдаланиши учун
Biror bir maxallasini alohida olib, uylarning qurilishi uchun sarmoya ajratish zarur, oz-ozdan bo'lsa ham.
o‘z haq huquqini talab qilolmaydigan huquqiy savodxonligini yetarlicha talab qilolmaydigan qiynalgan talofat ko‘rgan oilalarga yuridik yordam ko‘rsatish uchun, ariza, sud , kompensatsiya talab qilish harjatlari uchun yo‘naltirilsa ko‘pchilik talofatlarini qoplab olgan bo‘lar edi.
Муроджон
Ассалому алайкум. Ўша худуддаги мухтож оилаларга оила аъзолари сонига қараб, озиқ овқатлар, кийим кечак ёки нақд пул шаклида бериш керак.
Ниязметов Шермат
Куз билан бориб куриб хакикатда моддий ёрдамга мухтожларни аниклаб шуларга бериш кера
1. U pulni kishi boshigamas, oila soniga bo'ling, eng o'gir vaziyatga tushgan 200 ta oilaga tarqatsangizham 1 mln so'mdan tushadi.
2. Pulni shu aholi yashash joyini obodonlashtirishga sarflasaham bo'ladi.
Meni taklifim, Masjid boshlanglar, yoki maktab, ikkisi ham kelajakni belgilaydi, oʻsha aholi yo bilimli yo ilmli boʻladi, chorva ham bu oʻtkinchi dunyo moli, bu dunyo moli ichidagilaridan ilm bir yaxshisi. Yana oʻzingiz bilasizlar! Masjid yoki maktabdan foyda!
Aka Sardobaga bitta chiroyli qib masjid qurib bering juda ham savobli ishga qo'l urgan bo'lardiz
Агар шу пул етарли булса, ичимлик суви, табиий газ, ёки электр таъминотини яхшилаш максадида трансформатор урнатиб берилса, хеч булмаса телефон алокасини яхшилаш максадида уларда хали урнатилмаган оператор башнясини урнатишса, менимча бутун кишлок ахли хурсанд буларди
Hayot bu katta õyin
Bu yilgi qishga ularga Oziq ovqat zahirasini yaratish kerak! ular xech vaqosz qolishdi!
Кўпроқ офатдан зарарланган худудлар ахолиси билан хам маслаҳатлашиш лозим.Улар биздан кўра яхши билишади.Энг зарур эхтиёжларини.
Show next 100 comments