Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Fikr berish har doim oson, ammo shuncha maslakdoshlar bir zarra miqdorida hissa qo'shganida foydaliroq bo'lar edi
Ниязметов Шермат
Камбагалларни оксокол вакиллар билан аниклашга умуман каршиман
Norbek
Jabirlanganlar bilan suhbatlashib kuring
Agar mablag’ yetsa, bog’cha yoki maktab qursa bo’ladi, yoki insitutga kontraktga kirgan sirdaryoliklarni kontraktini to’lab berish
Aholi bilan muloqot qiling bu pul o‘zidan ko‘payib aholiga foydasi tegsin bir umurga
Masalan hozir ular ishlab bu yog‘iga kun kechirishi kerak tirikchiligi bor shuning uchun bir yaxshi ishni yo‘lga qo‘ying ular o‘sha ish bilan tirikchilik qilishsin endi buyog‘iga qanaqa ish axir desangiz bu yeriga sizni o‘ziz yaxshilab o‘ylang axir bir nimalar o‘ylab topasizku 😊😉
Сирдарёда ичимлик суви муаммо. Жабрланган ҳудудга артезиан қудуқ қаздириб, сув тозалайдиган фильтрлари билан ўрнатиб бериш керак
Kuchkarov Bekzodbek 00652
Hushnudaka bu mablag'ni bir uyi buzilgan, uyi yo'q muhtoj oilaga bering. Ko'pchilikga tarqatilsa xech kimga arzirlik bo'lmay sarf bo'lib ketishi mumkin. Bitta oilani Vatani bo'lsa bir oilani baxtiyor qilgani qoladi.
Bu o'sha oila va a'zolari uchun katta tuhfa va katta inom bo'ladi.
Дилрабо Тагаймуратовна. Полванова
Огир шароитдаги ахолини холис урганиб пул шаклида компенсация бериш маъкул. Хар Бир ооиланинг зарурати узича, кимга кумир, кимга утин, кимга Дори дармон, кимга ремонт, кимгадир Кундалик овкат муаммо булиши мумкин. Вактида берилган кичик ёрдам хам мухим деб уйлайман.
Ассалому Алейкум
Хушнудбек ака, сиздан ва ушбу ко́мак фондида иштирок эткан инсонлардан Аллох У́зи рози бу́лсин.

Менинг фикримча, бу пулга бир кичкина болалар майдончаси,масалан мини-футбол аренаси курса бо́лади. Ёшлар хурсанд бо́лишади.

Иккинчи режа, ушбу маблаґ эвазига бир кичкина бо́лса хам дорихона барпо килса бо'лади. Халк рози бо́лади ИнШааАллох. Нимага сарфланган такдирда хам,холис Аллохнинг йу́лида килинган эхсон Худо хохласа хар томонлама манфаатли бо́лади.

Яна бир ґоя, у́кув маркази ташкил килинса хам бо'лади, асосий фанлар бойича дарслар олиниб борилса хам яхши бо'ларди
DAVLAT TOMONIDAN QANDAY YORDAMLAR QILINYAPTI? SHUNI ANIQLASH KERAK.
QISHLOQ HUDUDLAR BO'LSA, ICHIMLIK SUVI YOKI DRINAJ QILSA, KO'PCHILIKKA FOYDALIROQ BO'LADI, MENIMCHA. YOKI KUTUBXONA.
1 млндан 203 та оилага тақсимлаб беринг.
Jaxongir Raxmatov
Oziroq sabr qilish kerak, o'qishga topshirib kontrakt asosida kirganlarning iloji boricha tulab berish kerak. Talofat chekkan qisloqlar abuturentdan talaba bo'lganlar uchun albatta. Assalomu alaykum.
Assalomu aleykumm hammaga
Hozir bizda bogcha maktab yul emas balki pandemiyani kassalikni oldini olishimiz kerak tezrok karantindan chiqsak xalqmizni uzi birlashib suvni yulni maktabni quradi
3 oydan sung qish keladi mavsumiy ishlar tugaydi hamma uyda ish yuq hozir bir iloj qilib xalqimiz meva cheva deqonchilik bilan kun utkazmoqda. agar biz ana ushanda xam karantinda bulsak haqiqiy muammo ushanda boshlanadi
Hozir faqat birlawib tezroq karantindan chiqiwimiz kerak
Mani fikrim yoʻl qurishga sarflash kerakmikan deb oʻylayman. Chunki karantin davrida bogʻcha yoki maktab kerakmas online darslar boʻladi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Bu yigʻilgan pullarni shaxsan oʻzingiz Hokimlikni aralashtirmgan holda, eng sharoitlari ogirlarini tanlab olib, yetganicha Poytaxtdan yoki boʻlmasa Viloyat markazidan uy olib bersangiz yaxshi boʻlardi. Bu mening shaxsiy fikrim.
Tibbiyot aparatlari oberish kk. Shu fikr yaxshiroq.
Ассалому алайкум қилган хайрлий ишизи Аллоҳ даргохида қабул айласин эхсон қилган барчани ўйлаган шарий ниятларига етказсин. Менимча 70минг ахоли орасидан етими бор хонадонлар ва бева аёларга кўпро этибори қаратиш лозим.
Assalomu alaykum! Xushnudbek Xudoyberdiyev! Maslahatli to'y tarqamas, deganlar. Bu ishingiz juda yaxshi. Ammo bu yo'sin to'g'ri emas. Men bir taklif beraman. Agar yuqorida kimdir tarafidan shu taklif berilgan bo'lsa, ming bor uzr. Dardni dardi bor odamning o'zidan so'ragan ma'qul, bizningcha. Biz kabilarning takliflaridan foyda bo'lmas deb o'ylayman (albatta, boshqalardan uzr so'ragan holda). Ularning sharoitini o'rganish va o'zlaridan so'rash kerak: pul bilan bog'liq qanday muammolarga duch kelinmoqda. Yoki yana bir variant: yaqinda bir shoir do'stimiz shunday xayriya ishini boshlab, e'tibordan chetda qolganlar uchun sarflagandi. Moddiy ta'minotdan chetda qolib ketganlar bo'lishi mumkin... Xulosa o'zingizdan!
Alloh to'g'ri yo'lga boshlasin!
"Continous improvement" ya'ni doimiy rivojlanish kuzatiladigan sohaga tikish kerak, to'g'ri bu pul judayam kam lekin aniq reja bilan ishlansa natija topsa bo'ladi !
Show next 100 comments