Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
I Q 571
Oilaviy sharoiti qarab yani koproq jabr korganlarga koproq, kamroq jabr korganlarga kamroqdan bersa xam boladi menimcha
Utkir Diyarov
Salom Hushnidbek aka. Maktab,bog'cha,uy,stadion,yo'l,svet,gaz,ichimlik suvi,...,davlat tashkil qiladi,kam ta'minlanganlarga tarqatish esa haqiqiy kam ta'minlanganlarga yetib bormasligi mumkin.Hozirgi sharoitida hammani ham to'yxonaga to'y,bazm qilishga sharoiti yetmasa kerak,qolaversa tirik jon ... .shuning uchun har bir mahallaga 2 ta qozon + 2 ta o'choq oberib,mahalla oqsoqollariga topshirish kerak.uzoq yillar davomida hamma foydalanadi va savobi ham tegadi.
Sardoba MAKTAB, MASJID, SPORT MAYDONLARI TASHKIL QILISHDA FOYDA BOR
Sayyora Sultonova
Meni fikrimcha bu pulllarga ish oʻrinlari yaratilishi kerak, shunda odamlarga ancha foydasi tegardi yaxshi bir tikuv seximi yoki parandachilik fabrikasimi shunga oʻxshagan narsalar, shunda yillar davomida insonlar ham.iwli boʻlardi ham mahsulotlardan xalq foydalanardi
Assalomu alaykum meni fikrim kam taminlangan yoki bitta oiladan 2 va undan ortiq farzandini oʻqitayotganlarga kontraktini qanchadir qismini toʻlab yordam qilish kerak
* * *
Ассалому алейкум. Хеч булмаганда 10 та ёки 12 та оилага хакикатдан эхтиёжманд оилаларга булиб бериш керак.
Sardoba aholisini ish bilan taminlashga qaratilgan yirikroq loyixalarni moliyalashtirishni amalga oshirishga qaratish menimcha togri ish bolardi.
Ниязметов Шермат
Бир давлатда камбагалликни йукотиш учун бир тадбиркор 100 млн пул ажратиб пуллларни захарлаб камбагалларга беринг деб хокимиятга берибди
Кейин хоким зам хоким депутатлар ва оксоколлар захарланиб вафот килибди камбагал кейин пул олмаса хам фаровон яшаб бошлабди
Bunyodbek
Пулни омонатга куйиш керак ва унга кушимча йигишни давом эттириш керак. Чунки хозирги куринишида бирор нарсага етмайди. Келгусида бу маблаг асосида фонд ташкил этиш мумкин.
Boquvchisini yoʻqotgan ayollarga, qoramol va/yoki tikuv mashinasi.
Koʻp bolali, kam taʼminlangan oilaning bolasi kontrakt toʻlay olmasa, toʻlab berishni taklif qilaman.
ℕ𝕠𝕕𝕚𝕣𝕓𝕖𝕜
Qogan blogerlarham shunaqa aksiya qlishgandi oshala bilan birlashb hammani pulini qoshib keyn hayriya qilish kere
Shokir Jo'raqulov
Xozir karantinku. Baribr jamoat bolib oqiwga waroit yoq
Tugri gapizga qushilaman,ammo masjid qurilsa necha yillar davomida xizmat qiladi exson qilgan insonlarga savobi bu dunyoda xam u dunyoda xam savobini olib turishadi,xozirgi yowu kattaga xalol bilan xarom rizqni kupro maruza qiladigan masjidlani foydasi kupro bulardi
Саломалейкум.70 минг эвакуация дегани билан хамманинг хонадони Бир хил жабр талафот курди дегани эмаску!оилалар эмас хонадонларни хисобга олиб,купрок жабр курган хонадонларни руйхатини тузиш ва уларга моддий ердам курсатиш керак!
Suv gaz yol davlat tamonidan qurilish loyihasini ichiga kirib ketadi. Lekin tibbiyot jihozlari qilsa qancha soglom bollalar togilishiga sababchi bolishadi. Albatta Allohning irodasi bn.
Assalomalekum qilingan barcha savob ishlar dargohida qabul bõlsin
Meni fikrim ehtiyojman nisbatan kam taminlangan boquvchisini yõqotgan insonlarga bir bosh qora mol yoki 1 juft qoy hadya qilgan maqul bu ham oilalarga yaxshigina yordam bõlar balki
Talofat ko'rgan hududlardagi maktab stadionlarini ta'mirlab berish kerak,chunki birorta maktabda pichoqqa ilinadigan stadion yoq agar mablag ortib kolsa,kutubhonaga lotin alifbosidagi bolalar uchun yozilgan badiiy kitoblar olib,kutubhona fondini to'ldirish kerak.Menimcha ozik ovkat,chorva mollari va maishiy tehnikalar davlatimiz va homiylar tomonidan berildi,bu mening shahsiy fikrim
Ulug'bek Abdiev
Ассалому алайкум
Куп ахолига нима керек болалар учун 10махаллага уйингох булиши мумкин 19 минг доллар
Яна битта таклиф илмга сарфланг уша ерда масжид бор мактаб бор богча бор илм Марифат олиб киринг бу канака булади уша таълим даргохга локал китоб укиш учун шароит хар бир мактабига кондиционер кишда иссик езда салкин укиш учун яхши шароит замонавий китоб жавонлари
Sobirxon Solixonov
Pullarni maqsadli sarflash kerak albatta bu mablag maqsadli yigilgan avvalambor xozini oylangan rejaga emas balki kelajak avlodlarga xam nafi tegadigan ishlarga sarflansa maqsadga muvofiq bolardi davlatimiz uylarini xam qurub beryabdi ichimlik suvi elektr energiyasi pullarni shu tumanning tibbiyot birlashmasiga otkazilsha menimcha yaxshi yoki bolmasa yangi avlod tibbiy uskunasi olib berish lozim chunki istaymizmi yoqmi xar bir fuqoro tibbiy xizmatdan foydalanadi. Bu albatta mening fikrim
Show next 100 comments