Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum! Muhammadjonning yuragida tug'ma nuqsoni bor. Unga jarrohlik amaliyoti zarur. Imkoniyat boricha yordam qiling, zero qilingan ehson jannatga eltuvchi ezgu amaldir! Barchamizdan Alloh rozi bo'lsin. 🙏

Imkon boricha gruppalarga va yaqinlarga junating. Savobga sherik bo'ling...
ILTIMOS YORDAM BERING XECHQAYSI ONAGA FARZANDINI KASAL DEB PUL YIĞISH XALQDAN BOSH EGIB PUL SÒRASH OSONMAS ILTIMOS YORDAM BERING

Rekvizitlar:

Uzcard: 8600112923865984
Tursunova Nigora.
sberbank: 5469550057995737

Qiwi: +998933550494

Manzil: Fargona viloyati, Farg'ona shahar, motrudiy 28

Bog'lanish uchun: +998933550494

ILTIMOS QILIB SÒRAYMAN APIRATSIYAMIZGA 4 MILLION YETMAYAPDI QOLGANI YIĢILDI
OZGINADAN BÒLSA HAM YORDAM BERING
Шу жойда Аллоҳнинг уйи - Масжид қурилишига сарфланг! Етмаганини Аллоҳ етказади! Эхсон қилганларга икки дунё савоби берилади!
Фазлиддин )
Akram Toshtemirov
Assalomu alaykum Xushnud aka ! Mening taklifim o'sha hududda yashovchi aholiga ish o'rni yaratadigan sex yoki shunga o'xshash ishlab chiqarishni yo'lga qo'yilsa juda maqsadga muvofiq ish bo'lardi
Assalom alekum. Mening fikrim xam shundey 203 mln sum evaziga kichik biznes tashkil qilsa bo'ladi. Kamida 2-3 ish o'rin yaratiladi. Olingan foydani bir qismini kam taminlangan oilalarga yo'naltirib turish kerak. Qolgan qismini biznesni rivojlantirishga qaratish lozim. (Non ishlab chiqarish sexi, suniy qoplamali stadion, mebel ishlab chiqarish sexi, tikuv sexi va hk...) Sharoitdan kelib chiqib optimal variyant tanlash lozim. Masjid yoki biron diniy idora qoshida ochilsa taqsimoti ishonchli bo'lar edi.
Maktab yoki bolalar bog'chalariga allaqachon mablag'lar ajratilgan menimcha.
🌼Pólatova Dilshifo 304 group
Assalomu aleykum, hammaga manfaati yetadigan klinika yoki maktab boģcha qurish fikri yaxshi albatta, lekin bu pul yetadimi yöqmi buniyam hisobga olish kerak. Klinika qurgan bilan keyinchalik uni ishlashini ta'minlash uchun ham kattagina mablaģ zarur. 70 ming odam evakuatsiya qilingani bilan bu 70 ming oila deganimasku. Yiģilgan pulni kam ta'minlangan, doimiy ish örni bölmagan, köp farzandli oilalarga sarflagan ma'qul menimcha.
Pulni pul keladigan joyga tikib kn kopayganidan kn aholi un sarflaw kk. Hozirgi mablag' bu aholiga hechch narsa bo'lmaydi. Bu pul bn bunvcha aholi un kk li biror narsa qliw ham qiyin masala.
Халимова Сабохат
28та Сардобалик оила аъзолари яқинда домда яшашни хохлашмай эски ховлиларига боришгани ва у ерда уйларини қайта тиклаб беришларини сураб мурожаат қилишган эди, аёллар ахволлари оғирлигини йиғлаб айтганини эшитган эдик, хаттоки улар бир неча маротиба хокимиятга хам биз қишлоқ одамимиз тирикилигимиз ерни орқасидан биз домда яшамаймиз дейишларига қарамай уларни хеч ким эшитмаётганлиги биламиз,келинглар шу ночорларга ердам берсаларинг кўпроқ тўғри булади, уларга маблағ бўлса ўзлари имкон даражасида уй тиклаб олишади, чунки Хокимият барибир уларга ёрдам бермайди.
Siz ular bilan birga yashamaguncha Kim qanday axvolda ekanligini bilmaysizku avval ulani axvoliga õzingizni qõyip kõring
꧁✸̲̲̲͜͡✵͜͡✯sᷤᴀⷶʀᷢᴅᷘᴏⷪʀᷢʙᷨᴇⷷᴋᷜ✯͜͡✵͜͡✸̲̲̲꧂͙
Assalomualaykum sharoyitiz to’g’ri kelsa “SARDOBAGA BORIB XALQNI ICHIDAGI MUOMMOLARNI O’RGANIB” hal qilib berish kerak
Мулкига зарар етган ишчилар то шу вактгача 10 дан ошик булган тадбиркорга ердам бериш керак деб уйлайман бунинг билан яна ишчилар кайтиб оиласини бокармиди. Бу шахсий фикрим. Ехтиежманд оилани узи ек негаки уйи скв остида колган хамма ехтиежманд аслида. Шу учун бошкалпрни ажратиб хафа килиб куймаслик учун шу йул макул
Nodira
Bolalar va kattalar uchun sport va madaniy markaz tashkil etilsa yaxwi bulardi, zero utgan qiyin kunlarni, ayniqsa bolalar ongidan “ tozalash” uchun xam bunday maskanlar juda kk. Bitgandan Keyin yana bir aksiya qilib aholiga murojaat bn chiqilsa maskan kutubxonasiga anchagina kitoblar xam yigilar edi.
Suv omborni yanayam mustahkamlashga rekonstruksiyaga sarflansa bir yula butun sirdaryoliklaru,qozogistonliklarga xam yaxshi bulsa kk)
Bolalar maydonchasi fudbol maydonchalari qurub berilsa qanaqa bölarkan
Assalomu alaykum meni fikrimcha 1. O'sha pul mablag'larini boquvchisini yo'qotgan yoki nogiron 20 mata oilaga bo'lib berish kerak. (Nochor oilalarga emas chunki ular o'zlari harakat qilib oilasini boqa oladi,boquvchisi yo'q yoki nogiron oilalar qanday kun kechiradi faqat nafaqaga qarab qolsa ularga boshqalardan ham qiyinroq boladi)
2. Aholini turar joylari qurilish rejasi bilan tanishib chiqib rejaga kiritilmagan eng zarur barcha aholi uchun umumiy foyda keltiradigan yo'nalish yoki obyekt uchun sarflash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Akbarov
Assalomu alaykum xammaga , mening taklifim shundan iboratki xozrgi kunda parranda jo'ja olib berilgani yaxshi masalan Broller jo'ja lari xamma bilsa kerak ular tez katta bo'ladi va arzon 20.000 ga 10 jo'ja beradi va ular tez katta bo'lishadi va taxminan 3 kg go'sht berishadi , agar 1 ta oilada taxminan 4 kishi bordeb xisoblasak ularda 40 ta broller jo'jalari bor boladi degani bu esa 40×3=120kg go'sht degani va bu yo'l bilan ularni ozgina bo'lsa xam oziq ovqat bilan taminlagan bo'lamiz . Xar bir narsaga sabr bn erishiladi bu ozgina summani berib qo'ysak u ozgina mablag'ni bir kunda tugatishadi shuning uchun aql bn sarflansa yaxshi natija beradi .
Assalomu aleykum! Xushnudbek shu hozir oqib chiqdim ko'pchilikni fikrini hammasi yaxshi fikrlar.Maktab,bog'cha shunga o'xshash ertangi kun uchun yaxshi fikrlar.Shu maslahat so'rab chiqganingizda Shukurullo Egamberdiyev domlamizning ma'ruzasi esimga tushib ketdi.Ma'ruza shunday edi:70ming pulim bor.Buni masjidga beraymi,yetimga beraymi,yoki ehson qilaymi desa yetimga ber degan ekan.O'sha yetim o'ksinyaptimi,uyalyaptimi yetishmovchilikdan yoki boshqa narsadan o'sha yerga allohni rahmati yog'ilmaydi ekan.Shuning infoq qilishni shundan boshlasangiz a'lo darajada bolardi. Hamma summani emas ma'lum bir qismini.Sadaqa raddi balo deyishadi insha'Alloh bu balolar tez orada ketib bizga yana allohni rahmati tushadi.
Bu pulga aholi uchun biror kichkina park qurib berish kerak
Show next 100 comments