Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Rаhmatullo Haydarov
Таҳминан 5000 атрофида хонадон бор. Ҳар бир хонадонга 40000 сўмдан электр учун ўтказиб қўйилса ҳам бўлади.
Aka szga yozmoqchiman. Qanaqa qilib boglansa bdi. Shifokorlar malaka sertifikati bòyicha. Hozr tekshiruv bòlmoqda. Hammasiga shifokor ayblanib qolmasin yana. Gap 2 ming atrofida firibgar qòliga tushgan shifokorlaf haqida ketmoqda
Gulchiroy Nazarova
Mening fikrimcha bu pulni biron tadbirkorga berib parrandachilikni rivojlantirish kerak
Aholiga parranda tarqatiladi tuxum gushtidan foyda oladi
Aholiga doimiy ish kerak
Quldan berganga qush tuymas
N Salayevna
Urinli ishlatish kk.
Aka szga yozmoqchiman. Qanaqa qilib boglansa bdi. Shifokorlar malaka sertifikati bòyicha. Hozr tekshiruv bòlmoqda. Hammasiga shifokor ayblanib qolmasin yana. Gap 2 ming atrofida firibgar qòliga tushgan shifokorlaf haqida ketmoqda
Муҳиддин
Мактаб ёки масжидга тоза сув тортишга ишлатишга сарифлаш кере манимча.
BITTA JOYGA BÒLSA HAM YERNING CHUQUR QAVATIDAN TOZA GRUNT SUVI CHIQARISHGA SARFLANG
IMONABEGIM MUXAMMADYUSUF
Biron tibbiy uskuna olinsa xamma un xizmat qiladi barcha un barobar boladi owanda. Soglik bu boylik qogan iwlar keginam bolaveradi.
Oilasida erkak bor xonadon qiyinchilik unchalik bilinmaydi. Oilani tebratayotgan yolgiz ayol nima qiladi bunday ogir kunlarda
🎓Аббос Абдуллаев
Ассаломуалайкум менимча бу пулларни бошқа ахволи оғир ёрдамга мухтож оилаларга сарфлаш керак, сардобадан жабир кўрганларга етарлича хатто ошиғи билан ёрдам кўрсатилди деб ўйлиман.PS(шахсий фикрим(
Aka szga yozmoqchiman. Qanaqa qilib boglansa bdi. Shifokorlar malaka sertifikati bòyicha. Hozr tekshiruv bòlmoqda. Hammasiga shifokor ayblanib qolmasin yana. Gap 2 ming atrofida firibgar qòliga tushgan shifokorlar haqida ketmoqda
Maxalliy hokimiyat bilan maslahatlashib bir bino olib uni shu pullar evaziga jihozlab togarak tashkil qilish kerak hamma ga bepul togarak masalan ayollarga tikishni orgatadigan joy. Yoshlarga til yoki boshqa togarak kelajakka investitsiya boladi. Tikishni bilganidan keyin ish topishi ham onson boladi. Vaqti kelib bilim organgan yoshlar ham istitutlarga kirishiga sababchi bolardingiz. Togaraklarda ham begaraz dars beradidan yoshlarni taklif qilish kere. Hozir juda kopchili ingili tilini yaxshi biladi.Yoshlar itttifoqi bilan kelishib institutda oqidigan yoshlarni ham jalb qilinsa motivatsiya bolardi.
Aka szga yozmoqchiman. Qanaqa qilib boglansa bdi. Shifokorlar malaka sertifikati bòyicha. Hozr tekshiruv bòlmoqda. Hammasiga shifokor ayblanib qolmasin yana. Gap 2 ming atrofida firibgar qòliga tushgan shifokorlaf haqida ketmoqda
N Salayevna
Bitta insonni kursatdide usha sardobani suv bosganda. Òsha yerdaki insonlarni mol quyini boqib evaziga uy solgandim. Endi nima qilaman db rosa ich ichidan yiglagandi. Ollohim nasib qilib balki wu pul orqali uyli bular
Dilnoza
Nanimcha maktab qurilishiga berish kere bollar kelajagi uchin
Assalomu alekum!
Meni fikrimcha bu pullarni bror maishiy texnika sotadigan firma (masalan Artel ) bilan kelushuv imzolab. Jabir korgan oilalarga maishiy texnikani kredit asosida sotib olishda boshlangich summasini tolab berish kerak.
Shunda kopchikikka yordam qilsa boladi va salmoqli arzigulik nimadur olsa boladi. Albatta olish istagini bildirgan oilalarga. Xar bir oila menimcha kredirni qolgan summasini tolashga ozi xarakat qiladi va uddalaydi.
Faqat mayshiy texnika sotadigan firma bilan xam kamroq foyiz asosida kelishuvga erishish darkor.
Gulchiroy Nazarova
Suv ombori borku baliqchilikni rivojlantirsa buladi
Yurtimiz buylab Sardoba baliqlari korxonalari ochilardi kelajakda
Aholi xonadonlarida xususiy oshxonalar ochib baliq sotiahlari m.n
Show next 100 comments