Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
N Salayevna
Bitta insonni kursatdide usha sardobani suv bosganda. Òsha yerdaki insonlarni mol quyini boqib evaziga uy solgandim. Endi nima qilaman db rosa ich ichidan yiglagandi. Ollohim nasib qilib balki wu pul orqali uyli bular
Dilnoza
Nanimcha maktab qurilishiga berish kere bollar kelajagi uchin
Assalomu alekum!
Meni fikrimcha bu pullarni bror maishiy texnika sotadigan firma (masalan Artel ) bilan kelushuv imzolab. Jabir korgan oilalarga maishiy texnikani kredit asosida sotib olishda boshlangich summasini tolab berish kerak.
Shunda kopchikikka yordam qilsa boladi va salmoqli arzigulik nimadur olsa boladi. Albatta olish istagini bildirgan oilalarga. Xar bir oila menimcha kredirni qolgan summasini tolashga ozi xarakat qiladi va uddalaydi.
Faqat mayshiy texnika sotadigan firma bilan xam kamroq foyiz asosida kelishuvga erishish darkor.
Gulchiroy Nazarova
Suv ombori borku baliqchilikni rivojlantirsa buladi
Yurtimiz buylab Sardoba baliqlari korxonalari ochilardi kelajakda
Aholi xonadonlarida xususiy oshxonalar ochib baliq sotiahlari m.n
TAKLIF

Jamg'arilgan barcha mablag'ga fabrikalardan boricha parranda mollari sotib olish kerak va ro'yxat shakllantirib, tarqatish lozim.

Axir tovuq yetti xazinaning biri-ku.
Siz bu orqali Sirdaryoga xazina tashlab ketasiz.
Холмуродова Сабохат
Хар бир қишлоқда биттадан ўйингох ёки стадион қуриб бериш керак,болалар мазза қилиб ўйнаб бу кунларни тезроқ унутишади,қолган ижтимоий кўмакларни давлатимиз қилади....
Sardobadagi boquvchisi yo'q yoki qariyalarga tarqatilsa adolatliroq bolardi. Yana o'ziz bilasiz )
Maktab quriloshi bogcha quriloahi uchun 4 milliard summa kerak
Yetimlar yoki boquvchisini yoqotgan oilalar uchun iwlatsa boladi
Giyos
Ассалому алайкум Хушнудбек, бу пулларни омонат тарзида ушлаб туринг, насиб иншаоллох юртимиз карановеруслардан буткул кутилиб олсак, хар бир махаллада худойи ошларни килиш керак, хамманинг ог'зи тегади ва бу пуллар етади, хам оллохга шукроналик булади. Бу шахсий фикрим албатта.
Assalamu alaykum Xushnudbek sizga maslahatim men Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida yashayman.Sardoba suv omboridan zarrar ko'rgan aholi bizdi tumanda yashadi va yashamoqda shular orasida chindan ham ancha qiynalganlar(chin yetimlar, boquvchisini yoqotganlar bor)agar xop desangiz men xokimyatdan yer uchaska ajratib berishga yordam qilsam siz ularga boshpana qurishga yordam bersangiz yahshi boladi yana o'zingiz bilasiz
Assalomu alaykum Xushnudbek aka man xozirgi vaqtda sardobada xizmat safaridaman nima bulganda xam bu pulni axolini aynannnn uzini quliga berish zarur chunki saxovat karvovi talayotganlar xam uchrab turibdi. Masalani yana bir tomoni uylarni xammasi zamonaviy remont bulishi markaziy gaz taminoti bilan taminlanishi markaziy suv taminoti bilan taminlanishiga qaramasdan bazi odamlar nolib partalga yozib yurishibdi bu jixatlarini kurib nima deyishni xam biomaysan kishi shu boisdon bu pulni yordamga muxtoj kasalmand bolalarga berishni tavsiya qilaman. Agarda birorta amaldor yoki katta berib tarqating deyilsa bu pul uzlashtirilib yoki tanish bilishlarga tarqatilib ketishi aniq
IMONABEGIM MUXAMMADYUSUF
Pul berganlardanam bir maslaxat qiling
Nomozova M.
Xushnudbek manimcha bu pulni qay kurinishda bersayezam uziz boshladiz oxirigacha uziz yetkazin muhtojlarga yetib borsin kuryammiz eshityammiz pullar qay darajada berilayotganini bulotgan ishlani kurib yaxshiyam shu fojea buganakan bumasa Eshmat bn Toshmat qanday qiz chiqarib ut joy qilardi deb uylab qolaman sizni yegganizam kimlarni kamiga ketmasin deymanda
Aka szga yozmoqchiman. Qanaqa qilib boglansa bdi. Shifokorlar malaka sertifikati bòyicha. Hozr tekshiruv bòlmoqda. Hammasiga shifokor ayblanib qolmasin yana. Gap 2 ming atrofida firibgar qòliga tushgan shifokorlaf haqida ketmoqda
Муродуллаев Жасур
Asalomalykum aka ishlarengizga men umuman boshqa maslaxat bermaoqchi edim. Usha hududan uqishni istaydigan va talantli yoshlardan tanlaov asosida talanti bor ammo imkoniyati yuq yoshlarga O'qish imkoniyatini berishingizni surardi ush yig'ilgan mablag' kelajaka tikilgan pul bulardi. Uni olib ber buni olib ber bn insoni kamchiligi tugamaydi ammo keljak uchun kurash barchamizning burchimiz.
Gulchiroy Nazarova
Har biriga bir kunga ham yetmaydigan pul bergandan kura jamiyat uchun foydali ishlarga sarflanishi kerak
Hozir aholi uzini qayta tiklashi uchun ularga doimiy ish kerak
Kelajakli loyihalar kerak
Xushnud aka iltimos boglanish uchun biror nima tasheng
Show next 100 comments