Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Муродуллаев Жасур
Asalomalykum aka ishlarengizga men umuman boshqa maslaxat bermaoqchi edim. Usha hududan uqishni istaydigan va talantli yoshlardan tanlaov asosida talanti bor ammo imkoniyati yuq yoshlarga O'qish imkoniyatini berishingizni surardi ush yig'ilgan mablag' kelajaka tikilgan pul bulardi. Uni olib ber buni olib ber bn insoni kamchiligi tugamaydi ammo keljak uchun kurash barchamizning burchimiz.
Gulchiroy Nazarova
Har biriga bir kunga ham yetmaydigan pul bergandan kura jamiyat uchun foydali ishlarga sarflanishi kerak
Hozir aholi uzini qayta tiklashi uchun ularga doimiy ish kerak
Kelajakli loyihalar kerak
Xushnud aka iltimos boglanish uchun biror nima tasheng
Накд кулига бериш керак, чамалаб куриб, камрок,купрок ,хар хил холатда булиши керак шароит, огохлантирмасдан таркатинг, шахсан эмас бировдан.
D.Hazratov👤
Meni taklifim mahalliy hokimiyat tasarrufiga berilishi kerak deb o'ylayman.Ular bu summani umumiy tarzda ishlatishi mumkin.
Uyerda aynivaqtda 40000000 sum boyxam kabagalxam organ Lekin 1 tax itself 3 4 xujalikturadiganlarxam ololmadi yana 1 tax domberadi sigmaydiku shulardikurishkerakdep uylaymab
Xudoyberdiyev Erkinbek
Amak meni fikrim eng yaxshi yoʻl ishchi oʻrin yarating ular oz boʻlsada ish bilan taminlansin
Xurshid Gazibekov
Sardobadagi talofatdan talim muassasalari xam jabr korgan, axoliga oziq ovqat. mablag. vaqtincha yashash un sharoit qilindi. ortib xam qoldi. qurulish ishlari davom etmoqda. u yerdagi bogcha tarbiyalanuvchilari. maktab oquvchilari kitob daftarsiz talim ololmasdan qiynalayotgani aniq. ushbu mablaglarni oquv qurollari va kitoblarga yonaltirilsa maqsadga muvofiq bolar edi
Assalomu alaykum' man Bux DU o'qituvchisi Qobilova F.T. Manimcha bu mablag'larni aktivlashtirilgan holda xalq quliga topshirish kerak, ya'ni ishsiz qolgan, daromad keltiradigan mablag' sifatida , o'zining shaxsiy biznesi yoki hunarini yuritmoqchi bo'lgan aholiga moliyaviy yordam sifatida berilsa maqsadga muvofiq bular edi, e'tiboringiz uchun tashakkur!
Durdona
Assalomu alaykum men ham o'z fikrimni bildirmoqchiman. O'ylashimcha bu mablag'ga ummumiy xalqqa foydasi tegadigan jamoat ishlariga ishlatish foydaliroq chunki agarda bu pullarni ehtiyojmand oilani topib berish haqiqatga togri kelmaydi aholiningichidan kambag'al oilani topish mushkul. Muhimi barchani rozi qilish uchun tepasagi fikrlarga qoshilgan holda asosan yo'l va kopincha qishloqlardan etiborrdan qoladigan bolalar oyingohlari kabi jamoat joylariga sarflagan maqsadga muvofiq menimcha.
Abdug'ani & Farzona
Бокувчисини йукотганларга бериш ке
Ассалому алайкум хайирли ишга ишлатиш керак. купчиликни корига ярайдиган врачлик пункити. Касаначилик йуналиши ёки бирор бир ишлаб чикариш йуналиши ..... ертага бу ер ахолиси мевасини еганида еслаб дуо килиб юрсин.
Assalom aleykum.
Meni fikrimcha yolg'iz onalarga boquvchisini yöqotgan sharoiti qiyin oilalarga yordam berish kerak.
Chunki yolg'iz onaning özi farzandlarini boqishga tarbiyalashga qiynaladi ozgina qilingan yordamni kutadi va bunga juda qattiq hursand böladi dep öylayman. Shunda qilingan savobli ishlar öz manziligi yetib borgan bölardi. Töliqli oilada erkakga suyaniladi qiyinchilik ham barbir bartaraf qilsa böladi. Yolg'iz farzand tarbiyalayotgan onalarga esa qiyinchilik 2 barobar keladi. Boshimdan ötgan ozmi köpmi tushinganim uchun bu fikrni aytdim.
Xakimxo‘ja Xabibullayev
ASSALOMU ALAYKUM XUSHNUDBEK ALLOH TAOLO XAYRLI ISHLARDA BIRDAMLIGIMIZNI ZIYODA QILSIN.AGAR QUYIDAGI FIKR BILDIRILGAN TAKLIFLARDAN KO‘RA O‘RINLI BO‘LSA AMALGA OSHSA. MEN O‘ZIMIZNING FIKRI OJIZIMIZDAGI TAKLIFNI YOZYAPMAN..
IMKONI BO‘LSA ISHONCHLI YORDAMCHILAR BO‘LSA TOVUQ TUXUMIDAN JO‘JA OCHIRISH (INKUBATSIYA) TASHKIL ETISH VA ISHNI YO‘LGA QO‘YIB, NOCHOR OILALARGA TOVUQ JO‘JASINI ARZON NARXLARDA TARQATISH KERAK. NASIB QILSA, BUTUN VILOYATLAR BO‘YICHA SHU NARSANI YO‘LGA QO‘YSA BO‘LADI. BO‘LIMLARINI.
Assalomu Alaykum. Sardobaga eng yaqin bo‘lgan masjid uchun sarflasangiz ham ajoyib ish bo‘lar edi.
Ассалому алейкум ва рахматуллох ва баракотух инсонларга балик эмас балки кармок бериш керак Яни инвестиция килиш керак бог яратиш мумкин кичикрок пекарня куриш мумкин тикув машинами олиб бериб бирор бинода тикув ишларини олиб боришларими мумкин у еги кетаверади зато Бергман пулизни доимий ва давомий тарзда халкка кодами тегади
Show next 100 comments