Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Shavkat Ortiqov
Иккита таклиф: 1) Энг оғир ҳудудда аёллар учун тикувчилик цехи ташкил қилиб бериш мумкин. Тошкентда янги мавзелар орасида шундай жойлар қисқа муддатда қуриляпти. Ўша типда бўлса маъқул. 2) 40 миллион сўмни ололмай қолганларни аниқлаб, ҳақиқий муҳтожларни, ўшаларга пул кўринишида бериш керак.
Ассалому алайкум. Сардоба сув омбори фожеаси кайта такрорланмаслиги учун,ушбу худуддаги фожеадан жабр курган фукароларнинг фарзандлари "Гидротехника иншоатлари ва сув омборларидан фойдаланиш", "Кишлок хужалигини механизациялаш", "Сув хужалиги ва насос станциялари" каби таълим йуналишларга шу йил тулов контракт оркали укишга кирганлар булса, тулов контракт пулини тулаб бериш керак.Токи улар ушбу сохаларда етук мутахассис олим булиб етишсинлар, бунаканги фожеаларни олдини олишсин.
Assalam alaykum qurilishga sarflash kerak
Искандар Нуруллаев
Ассалому алейкум. Кам таьминланган Ахоли оилалари учун хизмат курсатиш шахобчаси куриб бериш керак. Шу савдо шахобчалари оркали оилаларини бокишади.
uysiz qolgan aholi qatlami uchun qurilish
Assalomu alaykum,yuqorida aytildimi-yo'qmi bilmadim-u lekin taklifim:"Bu pullar talofatda jabr ko'rgan oila farzandlari kontraktga o'qishga kirsa,shularga yordam sifatida hech bo'masa yarim puli to'lab berilsa bo'lardi".To'g'ri maxsus kvotalar ajratildi,lekin baribir u hammani qamrab ololmiidi.
BOTIR
70 000 ахолига 1 тадан роллтон оберилсин
Бу маблағни, ўша ерлик болаларни соғлом ва тўғри йўлдан кетишиучун бир гуруҳ психолик ва репититорларга сарфлаш керак, ёш боллар билан индивидуал суҳбат ўтказган ҳолда. Кўпчилик ёш мактаб ўқувчилари муаллимини дарсларни яхши ўтказмаслигини ва ўқитувчини дарс соатида хаёли қаердалигини аниқ билишади..
Ёки ўша мактаб болаларини бирор бир касб эгаси, инженер, футболист, агроном, бўлиб етишини шакилланитирувчи профоринтация беруачи машғулотлар олиб борувчиларга ажратиш керак деб, ўзбнк Украиналик
Kontrakt to‘lab o‘qib kelayotgan talabalarni kontrakt pullarini to‘lab berish k.k. Ayniqsa oddiy oila farzandlarini, toshqin tufayli daromadidan ayrilgan talabalarni kontraktlarini nazarda tutyapman.
Qoyil bir soat bo'lmasdan 1000 ta commit , bu natijaga hmma ham erisholmaydi, Demak Sizni qullat quvvatlaydigan yoshlar juda ko;p hamda bunday baxt hammaga nasib etovermaydi. Sizga barchaning havasi keladi va Sizni doim qullat quvvatlashadi. Doimo el nazari bo'ling.
ГУЛНОРА Куватова
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ ХУШНУДБЕК.СОГ ОМОН БУЛИНГ.ОМАДИНГИЗНИ БЕРСИН.СИЗНИ ЖУДА ХУРМАТ ҚИЛАМАН.БУНДАНДА ЮКСАЛИНГ.ХАЛҚИМИЗГА ХОЛИСОНА ФОЙДАНГИЗ.ТЕГАВЕРСИН.МЕНИНГ ФИКРИМЧА .ТУМАН ТИББИЕТ БИРЛАШМАЛАРИГА ҚАРАШЛИ ЖАБР ЕУРГАН ХУДУДЛАРНИНГ ТТЕ ШАХОБЧАЛАР НИНГ МОДДИЙ ТЕХНИКА БАЗАСИНИ МУСТАХКАМЛАШ УН ТЕЗ ТИББИЙ МАШИНАСИ ОЛИБ БЕРИЛСАМИ.АХОЛИГА ФОЙДАЛИРОҚ БУЛАРМИДИ.РАХМАТ.ЧАРЧАМАНГ.ОЛЛОХ ЕР БУЛСИН.
Сардобадан укишга контракт кирганларни пулини тулаб бериш керак шунда хам оилавий ахволини хисобга олган холда
Dr. Anvar
SUV OMBORINI QURADIGANLANI BOSHLIG‘IGA BERISH KERAK. QURILISHGA AJRATILGAN PULGA TEGMASDAN SHU PULNI EHTIYOJLARIGA ISHLATIB TURSIN. QAYTA BUNDAY FALOKAT BO‘LMASDI
Assalamu aleykum.Meni fikrimcha maktab va bog'cha qurish kerak bu pullar bir neshta maktabga yetsa kerak .shifoxonalarga kelsak aslida allaqachon xususiylashtirib sug'urtaviy tibbiy xizmatka o'tishimiz kerak edi (mayli bu boshqa masala).Bu sharoitda uylar qachon bitadi bizga noma'lum lekin menimcha 1-o'rinda bolalarni kelajagini o'ylash kerak bir amallab uy-joy masalasi xal bo'lar lekin uy-joyi boru xaligacha maktablari to'kiliii digan qishlog'lar judayam ko'p .Ham maktab qurish ham aslida masjiddek savobli menimcha .Axir bolalar ertaga savodsiz bo'lsa masjidga boradimi ?!..Pul tarqatish menimcha xech qachon xech qaysi zamonda o'zini oqlamidi u qancha miqdorda bo'lsa ham .
ঊ͜͜͜͡͡ঈ์์์์์ัััััััั͜͡ ₯₰ 🌹➤ ℑɑNɴɑፐᎥᎷ ❍ɴɑℑ❍ɴᎥᎷ
Assalomu alaykum men o'zimning fikrimni bayon qilmoqchiman xozirda 70 mingta 70 mingta axoli bo'lsa ularning barchasi yig'ilgan puldan foydalanishi mumkin bu deganim oziq ovqat xarid qilish kerak bozorlardan ootim narsa olsak arzonroq qilib beradi bu pulga ko'p oziq ovqat xarid qilsa bo'ladi. Ko'p narsalar olsak bozorchilarimiz insofli kelishtirib beradi kop oziq ovqat olsa non olish kerak Sardobada qolgan insonlarga judda xam yordam qilishni xoxlaganman likin qo'limdan kelmagan o'zim talabaman shartnoma asosida o'qiyman shuning uchun ularga yordam berish qo'limdan kelmagan lilen doim duo qilganman xech kimni boshiga tushmasin uysiz pulsiz ko'chada qolib ketish O'zbekistonimiz mexmon do'stlar shu sababli Sardobada yashovchilarga judda katta yordam qilishdi uylariga kiritib joy berib inson eski keyimda ham yursa bo'ladi avvalam bor insonlar och yurmasin och vaqtimiz qo'limizdan biron ish kelmaydi holsizlanamiz ochlikdan hamma kasallik kelib chiqadi qol oyog'imiz doim butun salomatligimiz doimo yaxshi bo'lib tursa xamma narsani bir dam axillikda yengib o'tamjz ilohim avvalam bor qornimiz to'q bo'lsin ko'olarni maslaxatini o'qidim kimdur kam taminlanganlarga berilsin deydi kimdur kontrakt to'lay olmayotganlarga yordam berilsin dedilar men bunga qo'shilmayman ular kam taminlangan bo'lsa xam uy joylari bor qo'l oyog'i butunlar biron joyda ishlab yursa xam kunlari o'tadilar insonlar dangasa bo'lmasliklari kerak bizlarni qo'limizdan xarakat qilsak ollohimga shukurlar xamma narsa keladi qo'limizdan biroz o'zimiz dangasalik qilamizda kontrakt to'lansin deyildi inson och yurib o'qiy olmaydi kontraktini to'lab berdik xam deylik mana buyerda qorni to'qlanmasa boshimizdagi miyyamiz xech narsani qabul qilmaydi bunda yuzaki o'qib kelish bo'ladi kelajagimiz biz yoshlar qo'lidaku qancha yaxshi o'qisak xamma kaderlarimiz o'zimizdan chiqadi men aytmoqchi bo'lganim xamma narsa oziq ovqatga kelib taqalyabdi mening fikrim shu 1 qozon oqat qilinsa nechta oilaning qorni to'qlanadi sog' salomat bo'lsak xamma narsani birgalikda yengib o'tamiz uning uchun ko'proq oqat yeb kuchga kirib kuchli inson bo'lishimiz kerak shunda COVID-19 ga qarshi ham bir jam bo'lib kurasha olamiz O'zbekistonimizni OLLOHIM O'Z PANOHINGIZDA ASRANG

"KUCH ADOLATDA"DUR
Asalomu a'laykum nisbatan Kam taminlanganlarni topib qoy olib berish kerak
barakasini alloh bersn
шокиров камол жумаевич
Шу худуддан контракт асосида укийдиган талабаларга беринглар,иложи булса.
Avvalambor assalomu alaykum hammaga jumladan Xushnud aka sizga. Bu qilinayotgan ehsonlar olloh yo'lida qabul bo'lsin. Juda ko'p fikrlar bildiryapti ko'rib xursand bo'ldim. Hammalari o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishyapti, lekin shunday bo'lsada bu fikrlarning eng maqbulini tanlashgina asosiy yechim bo'la oladi deb o'ylayman! 200 million bilan keng qamrovli aynan nima qilish mumkin? Quyudagicha ko'radigan bo'lsak asosan bu yerda bildirilayotgan fikrlar: 1)kam ta'minlanganlarga pul ajratish (haqiqatdan ham boshqalarga nibatan ko'proq qiynalayotgan)-2 milliondan 100 ta oilani, 2)o'qiydiganlarini kontrak pulini ko'tarish uchun 10 milliondan bo'lgan taqdirda hozirgi kunda bundan oshiqroq misol uchun 1 yilligini 20 ta yoshni, 3)masjid, bog'cha, maktab yoki boshqa bolalar maydonchasi uchun bu pulning o'zi 200 million menimcha kamlik qiladi bu ham noodatiyroq. Yana ko'pchilik bu yerda umumiyroq deyishapti gaz, svet ta'minoti 4)1 ta podstansiya qurish 100 million o'rtacha 200 tagacha aholini ta'minlasa, 2 tasi maksimum 400 ta xonadon. 5)gaz ta'minotiyam shundayroq. Endi o'zim uchun optimal bo'lgan variant to'grisi o'zim u yerda sharoitni ko'rmagam bo'lsamda yaqin oshnam o'sha yerda 1 oy davomida xalq xizmatida bo'lib qaytdi asosiy muammo sifatida suv muammosini aytib o'tdi. Demak bu variantga keladigan bo'lsak yerdan toza ichimlik suvini qazib chiqazish asosan suv bilan ko'proq muammolarga uchrayotgan aholi joylar uchun bitta quduq suvni 15 metrgacha bo'lgan joydan qazib chiqazish uchun o'rtacha 5 million mablag' ketadi. Shunday quduq suvlardan 40 tasini qazib chiqazish mumkin. Menimcha 1 ta sining o'zi bilan ancha xonadonni mushkulini oson qilish mumkin aynan ichimlik suvi muammo bo'layotgan joylar uchun!!! Bu albatta mening shaxsiy fikrim, noto'g'ri fikrlagan bo'lsam avvaldan uzr!
1 ta uyda 3 4 xujalikturadiganlarxam deganim
HAQIYQATDAN NOCHOR OILALARGA BERILISHI KERAK.
Qanday aloqaga chiqsak buladi Xushnudbek siz bilan
Show next 100 comments