Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalomu aleykum, Xushnudbek aka haqiqatdan xam jabrlanganlar soni juda xam ko'pchilikni tashkil qiladi, naqt pul shaklida bu 20.ming dollar urvoq xam bolmaydi.
"Och odamg baliq tutib bergandan, baliq tutishni o'rgatgan" ma'qul deganlariday,Uzbekistondagi vaziyatdan kelib-chiqib, Prezidentimizning qarshiliklariga qaramay, xaliyam korrupsiya, poraxorlik,ortiqcha byurakratiya va otangga bor, onagga bor bo'lib turgan vaqtda shu pullarga kichikroq joyni ijaraga olib, qiyin vaziyatda qolgan yurtdoshlarimizni og'irni yengil qiladigan, ularni ortiqcha sarsongarchilkdan qutqarib, poraxorlardan ximoya qilib, davlatimiz tomonidan ularga ajratilgan qonuniy, ijtimoiy yordamlarini uz vaqtida va adolat bilan olishlarini ta'minlaydigan bir joy qilsangiz, ko'pchilikni og'irini yengil qilgan bo'lardingiz, bu ishni boshlash, umuman yo'lga qo'yish qiyin bo'ladi, lekin sizdan umidmiz katta!
Assalomu alekum!
Meni fikrimcha bu pullarni bror maishiy texnika sotadigan firma (masalan Artel ) bilan kelushuv imzolab. Jabir korgan oilalarga maishiy texnikani kredit asosida sotib olishda boshlangich summasini tolab berish kerak.
Shunda kopchikikka yordam qilsa boladi va salmoqli arzigulik nimadur olsa boladi. Albatta olish istagini bildirgan oilalarga. Xar bir oila menimcha kredirni qolgan summasini tolashga ozi xarakat qiladi va uddalaydi.
Faqat mayshiy texnika sotadigan firma bilan xam kamroq foyiz asosida kelishuvga erishish darkor.
Манимча кичикрок булсада, богча еки мактаб курилишига сарфлаш керак
Oziq-ovqatga yònaltirish kerak, masalan mol, qoramollarni kòpaytirib keyinchali aholiga tarqatilsa yaxshi bòladi
Iskandar Sattarov
ТОВУҚ --- БУ 7 ХАЗИНАНИНГ БИРИ! 350 тача энг Ночор оилаларни аниқлаб 10 тадан яхши товуқдан олиб тарқитиш уларнинг қозони қийналмайроқ қайнашига асос бўлади менинг фикримча
БОБИР X
Мани фикрим, эхтиёжманд оилаларни шакллантириб, уларга сигир,куй ва парранда олиб берса сал булса хам узлаиини унглаб олишарди.
Assalomu alekum!
Meni fikrimcha bu pullarni bror maishiy texnika sotadigan firma (masalan Artel ) bilan kelushuv imzolab. Jabir korgan oilalarga maishiy texnikani kredit asosida sotib olishda boshlangich summasini tolab berish kerak.
Shunda kopchikikka yordam qilsa boladi va salmoqli arzigulik nimadur olsa boladi. Albatta olish istagini bildirgan oilalarga. Xar bir oila menimcha kredirni qolgan summasini tolashga ozi xarakat qiladi va uddalaydi.
Faqat mayshiy texnika sotadigan firma bilan xam kamroq foyiz asosida kelishuvga erishish darkor.
Assalomu aleykum, Alloh o'zi barakasini bersin! To'g'ri o'ylabsiz, bu mablag'larni sarflanishida o'zingiz bosh bo'lganiz yaxshi! Chunki har xil odam bor. Mani fikrim umumfoydalanish uchun yo'naltirish kerak, ayniqsa bolalar yoki yoshlar uchun! O'shanda foydasini ehtiyojmand oila biladi. Yana yuqoridayam yaxshi takliflar bor, tovuq boqish fikriyam juda yaxshi deb o'ylayman!
Samadova Madina
Assalomu alaykum, iloji bo'lsa erkak boquvchisini yo"qotgan 1 yoki 2 oilaga tarqatib shularni uyini qurib berishga sarflasangiz yaxshi bo'lardimi?
Honadonini yuqotganlarni orasida ogir kassalik bilan ogrigan bemorlari bor oilani topib usha oilalarga pul berish kerak.juda kupchilik honadonlarda jigar sirrozi yoki ikkala buyrak ishlamidigan bemori bor oilalardan topish kerak.ehtiyojiga qarab pulni taqsimlash kerak.kimgadir 30 mln kerak kimgadir 60 mln kerak. Kop honadonlar usha pulga muhtoj. Sardaboda deyarli hamma oila mol holidan ayrilgan.menimcha kasallarga birinchi navbatda yordam kursatilsa yahshi bulardi. Hozirgi payt duhtirlar puli bulmasa yordam kursatmasligini qaramasligini aniq bilamizu.
Ирода Тураева
Ассалому алайкум жуда яхши хайирли иш килгансиз. Мен хам шуларга якин тураман Мирзаободданман уй хам пул хам керакмас уларга давлат хаммасини беками куст килиб берябди агар макул келса жабр курган махаллаларга кутубхона куриб китоб билан таъминлаш керак одамларнинг озрок булса хам манавияти усарди. Сизга ухшаган сахватили инсонлардан шу яхши манавият хона эсдалик булиб колади халкга, шу фикримни албатта инобатга оларсиз. Янги лавозим билан табриклиман хаетиз давомида бундан хам юкори мансаб ва адолатли йул тилайман
Men osha yerda yashayman yuqorida turli fikrlar boldi
Maktab va masjidlar masalasi davlat tomonidan yaxsh darajada qilinmoqda
Gaz va ichimlik suvi ham qilishayapdi
Internet tezlik masalasi bizda yaxshi
Menimcha aholi bandligini taminlagan maqulroq chunki bizda ishsizlik muommosi koproq
Baxtiyor
Salom aka yaxshimisiz yaxshi bir taklif bor bugungi kunga kelib aholini kayfiyati yaxshimas shuning uchun ularga madaniy xordiq oladigan joy tashkil qilish kerak agar bu ishni boshlasayiz davlatimiz rahbari ham qarab turmaydila deb uylayman odamlarga kayfiyat ulashishimiz kerak deb uylayman
Zarifxon Jabborov
Assalomu alaykum
Eng ko'p jabr kurgan oilalarga yoki boquvchisi yuq bo'lgan,ko'p bolali oilalarga, kontraktda uiyotgan farzandi bor oilalarga ,nogironligi bor oilalarga pul ko'rinishida bering
Контрактда укийдиганларни деярли 100% суммаси тулаб берилди албатта иккинчи ярмини. Таклифим ишчи уринларини яратишга сарфлаш керак. Юкорида берилган таклиф. Чунки у ерда жуда купчилик дехкончилик ва чорвачилик билан шугулланар эди. Хозир эса бунинг имкони йук. Чорвачиликни ривожлантириш буйича бирор лойиха тузиб чиксангиз яхширок буларди. Хушнудбек сизни ва ёрдам берганларга Аллох узи йул курсатсин. Барчамиздан Аллох рози булсин
Менимча масжид курилишига ишлатган яхширок.
Энг ночор оилага уй олиб беринг
Oʻzim Sardobada turaman. Adashmasam har bir oilaga 40 million soʻmdan pul berildi. Ular evakuatsiya qilingan hududlar ya'ni maktab va kollej binolari esa achinarli holda qolmoqda. Ular yotgan joylarni tamirlash uchun mablagʻ ajratilmagan. Kelajak avlod uchun maktablarni obod qilishni tavsiya qilaman.
@@АЛИ@@
Shu pullarni rassidan qaytolmayotgan vatandoshlarga beringlar iltimos
Assalomu alaykum. 1 narsani e'tibor ga olish kerak menimcha hozr fojeadan ziyon koʻrganlar Oʻqish haqida oʻylashmayotgani turgan gap hammasi hozr moddiy tomonni tiklash bilan band boʻsa kerak.
Hushnud aka bu pul katta pul lekin axoli boshiga sochiladigan boʻsa oʻziz hisoblaganizdek biroz qoʻpol oʻxshatishu lekin haqiqat
20 ming soʻm bir oylik Paynet puli ham emas. Uni faqat kam ta'minlangan oilalarga beriladigan bo'lsa ularni aniqlash baholashgayam narmalniy vaqt ketadi Hudo biladi shu pulgayam koʻzini olaytrib 3-4 soʻm qstir qistir qiladiganlar chiqishi mumkin.
Mendegi taklif Respublikadagi yirik Fermalar ( qoramol emas koʻpga yetmedi) misol uchun Quyonchlik Parrandachilik bilan shug'ullanadigan Fermalar bilan hamkorlik qilib ko'rish kerak tovuqni misol qilsak Goʻsht uchun boqiladigan Broller joʻjalarini aholiga sotib yetilganidan soʻng yana qaytib sotib oladigan qilishga harakat qilish kerak.
Ular ham odam xalqiga shunday vaziyatda befarq bo'lmasa kerak barbr foydasi oʻsha oʻsha ku.
Aytmoqchimanki agar xalqni oʻzi topsa ham qadriga yetadi. Oʻshanda kitob oʻqimoqchi bo'lganlar kitobini oladi. Kam ta'minlangan oilalar ham roʻzgʻor tebratadi. Ijtimoiy soha obyektlari Maktab poliklinika Uzi aparat komunal xizmatlar bu davlat oʻzi boʻyniga oladi bularni ko'tarish uchun oddiy odamlardan yig'ilgan pul yetmedi yetgan taqdirda ham bu davlatning vazifasi.
Show next 100 comments