Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Hammasiga tovuq sotib olish k.k
M.A.R.D.
Diyorbek
Insonlar uysiz joysiz qolganda kitobga nima bor
Bu yam bir taklifda. Hozir hamma etibor qurilish iwlariga qsratilmoqda. Manaviy tarafdan ham yordam qilish kerakku faqat moddiy jihatga qaramasdan
Одилбек Уразбаев
Ёки уша сардобада куп жабр курган оиласи начорларига купрок уша пулни шахсан узларига булиб бериш керак ишончли одамлар б.н махалла оксоколларига бермаган макул улар бу пулларни таркатиб билмайди.Корупцияга йул куймаслик керак
Ishni eng muhtoj kishilardan boshlang.📊📈🎯
Assalomu alaykum dilga yaqin vatandoslarim. Davlatimiz va homiylar tomonidan barcha sharoitla yaratilmoqda. Bolalar maydoni diysizmi oziq ovqat, kiyim kechak barchasi. Kichik bòlsa ham ham chiroyli ham kòzni quvontiradigan darajada KUTUBXONA barpo etilishi k.k. Pul yuborgan insonlar bn kamnamo hamda mazmunli nom òylab topib, kutubxonani ichini shunaqangi ma'no mazmunga boy bòlgan kitoblar bn tòldirish kerakki, uni òqigan yoshlar oldiga katta maqsadla qòyib unga erishishga intiladigan darajada mohiyatga boy bòlsin. Kottalar u.n islomi va diniy amallarga asoslangan kitoblar bòlimi bòlsin. Sababi ular hayotini shirinini ham achchiģini ham tatib kòrishdi, endi esa diniy bilimni oshirishlari kerak.
Hammani fikrini hurmat qilgan holda men ham fikrimni aytmoqchman.Bu kiyim kechak buyumlar utkinchi narsa.menimcha aholini ertasini oʻylagan yaxshiroq.Axoliga ozini shaxsiy tadbirkorlik faoliyati ga koʻmaklashish kk imkoni boricha deb uyliman.ertangi kuniga zamin yaratadi.
Menimcha shartnoma asosida oʻqiyotgan talabalarning shartnoma pullarini toʻlab berish kerak yoki bogʻcha qurilishga sarflansa yahshi boʻlar edi
Sardobalik yoshlarning taʼlimi uchun sarflash kerak. masalan ularga IT maktabini tashkil qilish kerak va eng iqtidorlilarni terib olib oʻqitish kerak. balki bir paytda hammani qamrab olishga imkon yetmas lekin navbat bilan oʻqitsa juda koʻpchilikni qamrab olish mumkin.
Ilhom Abdunazarov
Assalom alaykum Xushnudbek aka! Bu yaxshilik yo'lida yig'ilgan pulni, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan umuman olganda butun katta mahalla muhtoj hozirgi kunda lekin ularning orasida ishsiz, daromadsiz, qiynalgan va kam ta'minlangan oilalar bor albatta, aynan shunday oilalar uchun halol boqilgan yaxshi qoramollarni olib ularni hayriya uchun so'yib go'sht mahsulotlari bilan ta'munlansa menimcha yaxshi ish bo'ladi, siz aytgan 20 ming so'm u pul berarsiz lekin ko'zga ko'rinar-ko'rinmas narsalar bilan sarf qilib yuboriladi, undan ko'ra go'sht tarqatilsa mayli yarim yoki 1 kilodan bo'lsa ham xalq uchun mahalla uchun ularning farzandlari uchun bir muncha foydali bo'lardi. Va o'ylaymanki Sardobadagi o'ziga to'q ishi bor oilalar bundan norozi bo'lishmaydi. Hayriya faqatgina ko'ziga ko'rinadigan izi qoladigan ishlar bilan qilinmaydiku, mayli izi qolmasin estalik bo'lmasin, xalq xursand bo'lsa bo'ldi shunisi muhim.
Assalomu alekum, buzilgan turar joylar, ijtimoiy muassasalarni, infratuzilmani yaxshilash va qayta tiklash davlatining zimmasida, omborni qurishda bish bo'lgan, buyruq berganlarning hisobidan amalga oshirilsin. Bu hayrli ehson bilan yig'ilgan pullar ular xalqning kundalik ehtiyoji uchun juda zarur buladi, ayniqsa, qishda. Uzimiz ham qishni g'amini hozirdan yeyishni boshlaganmizku. Hozir yoz, to'kin sochinlik, shuning uchun bilinmayapti, lekin qishda aiyin bulishi mumkin. Hozir ularni shug'ullanay desa, dehqonchiligi yuq, yig'ib quyay desa turar joyi yuq. Sardobalik talabalar uchun ta'lim kreditlari ajratilishi kk. Asosiysi oziq-ovqat. Bo'sh qop tik turmaydi. Maslahatim hayriyani davom ettirib turish kerak. Qishda ularga bu ko'mak hozirgidanda ko'proq kerak buladi.
Фахриддин
Сардобага бориб ахволни янаям урганиб кейин сарфлаган маькул
€ $
Ayrim davlatlarda har bir shaxarlarda xar qanaqa xavfdan ogohlantiruvchi serenalar mavjud. Har qanaqasiga ham insoniyat tabiat ofatlari oldida ojiz. Serena qurub beringlar.
Asalmu alekum bilmizki bu ayncli vaziyatda odamlar kumakga muhtoj lekin bu pul bilan uzogi 3kiwiga uy quriw mumkin lekin u yerda necta jabirlanganlar bor uwani ucun bogca yoki fudbol maydonini quriw kere hec bolmasa tadbirkorlik bilan wugulanadigan odam bilan iw joyini kengaytirliw kere sababi iw joyi buwasa odamla iwli boladi yoki bollar imkoniyat boladi iloji borica qullab quvatlash kere
D A E دلشاد
Оз сонли инсонларга бўлса хам, энг эхтиёжманд боқувчисини йўқотган оилаларга каттароқ суммада ёрдам қилинса харна бир оғир ишига ярайди, бу менинг фикрим, айтганиздэ кўпчиликка етказаман десангиз 20мингдан увоч хам бўлмайди ва бу бир кунлик хам эмас, Оллох хаммамиздан рози бўлсин
O'zi bu yerdagilar jamg'armaga birornima qo'shganmi😅(hazil)
Yoqubjon Ramazonov
Koʻp bolali oilalarga tarqatish kerak
Ha aytgancha keyin nima qarorga kelganingni baralla ayting. Yaxshi niyat va umidla ila javobingizni sizni kuzatuvchilaringiz intiqlik bn kutib qolamiz. Soģ va omon bòling!!!
Rаhmatullo Haydarov
Анча мураккаб ва масъулиятли иш. Бу ерда менинг ўта шахсий фикримча адолатни таъминлаш энг устувор бўлиши кк. Сабаби йиғилган маблағ савоб умидида эҳсон қилинган ва у сардобалилар учун дейилган. У хоҳ бой бўлсин, хоҳ фақир. Маблағ улар орасида тенг тақсимланиши лозим. Шуниниг учун пул маблағи тарқатиш бироз ғалати вариант, лекин ўша пулни хонадонлар кесимида тенг миқдорда тақсимлаб, ҳох у кўп қаватли уй бўлсин, ҳох ҳовли уларнинг электр ҳисобига ўтказиш керак. Сабаби табиий газ ҳамма ҳудудда бўлмаслиги мумкин, электр эса албатта бўлади.
Иккинчи жиҳати бу ўтказилган пулга бойлари 1 кун хонадони эҳтиёжига ишлатса, қолганлари 40 кун ҳам ишлатиши мумкин. Муҳими ҳамма ўз улушини олган бўлади...
Адолат нисбатан эмас, соф таъминланган бўлади...
Нисбатан адолатли қилишлик менимча нотўғри тушунча.ИМХО
Hokimlikka borib aholining eng qiynalgan va kambagal qatlamini topib bo'lib bering. Ozoda ham shunday yol tutgan!
Show next 100 comments