Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Nilufar
Suv muammosini xal qilish kere.
Boquvchisi yo‘qlarga moddiy yordam ko‘rsatish kerak
Bakhramova
Kasal bolalar bo'lsa shularga baholi qudrat yordam ko'rsatilsa yaxshi bo'lardi
Eldorbek
Sardobadagi maktabni kitoblarini yangilab beringlar . Boshqa joydagi maktablarda darsliklar yetishmaydiyu Sardobada kitob umuman qolmagan bo'lsa kerak .
Sohib
Umumiy foydalanadigan maktabgami, bogʻchagami sarflagan maʼqul. Eng yaxshisi taʼlimga ajratish kk. Axir bir kunni emas, uzoqni oʻylagan maʼqul.
Masjid qurilishiga bering, u dunyoda ham foyda bo‘ladi.
Assalomu alaykum xammaga! Manimcha maqsad ilmgami demak ilmga sarflash kerak. Zero xalq ilmli bo‘sa Alloh ikki dunyosini obod qiladi InshaAlloh. Manimcha bu falokatni Alloh u yerdagi xalqimizga bekorga bermadi VaAllohu alam! Ilmi bilan Allohga yaqinro bo‘lishsa, InshaAlloh Allohni marhamati yanada ziyoda bo‘larmidi Alloh bilguvchi. Bu bilan ularni xammasini ilmsiz demoqchimasman.
Assalomu aleykum. Sardobadagilarni aksariyat aholisi tomorqalardan keladigan hosil orqali ro'zgorni boqib kun ko'rishardi. Mening fikrimcha bu joyga katta bir ishlab chiqarish korxonasini barpo etib, axolini ish bilan ta'minlagan ma'qul
M.Matkarimova
Sardor alike o'qishga kirsa kontraktga shuni pulini to'lab bersangiz
Assalom Aleykum Xushnudbek aka,
shu yigilgan pulga xalqniki db qo'y bn mol oling shu qo'ylar bn mollar 10yil boqilsin, 10yildan bo'lib olishsin spiska bo'yicha eng kam taminlangan oilalar ro'yxati bo'yicha
Озиг овкатга таксимласа болади хаммасига, бошка нарсага етмаса керагов 70 минг одам болса
Sherzod Eshchanov
Assalomu alaykum Hushnud aka hayrli ish boshlabsiz Olloh oʻzi qoʻllasin.Sardobaliklar fikrini oʻrganish kerak boʻladi.pulni hammaga kichik boʻlakcha qilib taqsimlash nodonlik shu bilan 5 10 oilaga boʻlishijtimoiy tengsizlik dep oʻylayman. Hamma uchun foydasi birday tegadigan joyga bu pullarni yoʻnaltiring shunday joylar bor bu Aholiga va davlatimizga juda katta foyda keltiradi. Hammani mushkulini oʻzi oson qilsin yaratgan. BIZ SIZNI QOʻLLAB QUVATLAYMIZ
Kutubxona qilib beraylik o’sha hudUd uchun, shinamgina, ixchamgina.
Xushnudbek agarda o‘ylanayotgan bo‘lsabngiz, mazkur pul mablag‘ini maktab yoki kutubxona fondini shakllantirish uchun sarflang. Bunga sabab va asos yetarli.
Assalomu alaykum. Avvalo sog'liq. Bu pulga kamxarj oilalarni topib, tibbiy niqob dezinfeksiya vositalari bn ta'minlawga sarflasa b6ladi.
Ассалому алайкум.
Туманга замонавий тез ёрдам машина олиб берилса қандай бўлар экан
Мактаб ёки боғча таъмири
Сиз карантин тўлиқ тугагамагунча аксияга якун ясамай туринг карантин тўлиқ тугугач эвакуация қилинган кам таминланган оилалари фарзандлиюарини тўйини ўтқазарсиз
Суннат тўй.
Яна ким билади.
Salom Xushnudbek..
Manimcha kutish kerak va aynan Sirdryo viloyati yoki Sardoba tumanidan tolov shartnomasi asosida oqishga kirgan talabarni kantirakt pularini tolab berish kerak . Shunda ham yoshlarni qolangan bolasz ham ota onalarni xursand qilgan bolasz .. Yana taklif bizda qaror szdan...
Kutubxona tashkil qilib, har xil tillardagi kitoblarni olib keling,millatni kelajagi uchun,qolgan narsalarga bu pul kamlik qiladi.Odamlarni kuproq ilm-ma'rifatli qilishimiz judayam zarur.Ushanda gastarbayter bulib yurishmaydi.
Hozirgi vaqtda eng yaxshisi menimcha insonlar sog'lig'i uchun sarflash, tibbiyot buyumlari dori darmon vositalari
M.Matkarimova
Sardobalik demoqchi edim uzr boshqa narsa ketib qolibdi
Agar bu pul yuzasida gap bolayotgan bolsa kam pul ular uchun. Lekin undan tashqari judayam millionlab dollar bor edi. Ularni tarqatish kk ularni qadr qimmati uchun. Chunki odamni qadr qimmatini karantin paytida sezmadik. Qadr qimmatimizni bilish darajasida salohiyatiz kam yoki shunchaki eskicha fikrlaymiz. USA da bitta odam o'limi uchun pul bir chetga ciqib qoldi amerika hukumati 2 3 ming dollardan tarqatib aholisini pastroqqa tushirmasdan. Qisqasi judayam sardoba voqeasi uchun afsusdamiz chunki fuqarolar judayam sodda insonlar ekan. Xurmat, e'tirof, xalq qadrini bilishimiz kerak
Show next 100 comments