Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Agar bu pul yuzasida gap bolayotgan bolsa kam pul ular uchun. Lekin undan tashqari judayam millionlab dollar bor edi. Ularni tarqatish kk ularni qadr qimmati uchun. Chunki odamni qadr qimmatini karantin paytida sezmadik. Qadr qimmatimizni bilish darajasida salohiyatiz kam yoki shunchaki eskicha fikrlaymiz. USA da bitta odam o'limi uchun pul bir chetga ciqib qoldi amerika hukumati 2 3 ming dollardan tarqatib aholisini pastroqqa tushirmasdan. Qisqasi judayam sardoba voqeasi uchun afsusdamiz chunki fuqarolar judayam sodda insonlar ekan. Xurmat, e'tirof, xalq qadrini bilishimiz kerak
Xalqqa xizmat qiladigan tegirmonmi, 3-4 joydan shirin suv artizanimi qurdirish kerak, ko'pchilikka doimiy asqotadi. Pul yetadi
Bilimga va ilim olishga sarflang
Asror Davlatov
Assalomu alaykum Xushnudbek aka meni fikri ojizimcha axoli orasidan boquvchisini yo'qotgan yolg'iz ayollar bo'lsa shularga teng bo'lib berish kerak pullarni . Xar xolda ular bir uzlari farzandlarini tarbiyalashda qiynalishgan xozirgi vaziyatda esa ularga yanaxam qiyin .shularni ko'nglini ko'targan maqul menimcha .
Yanaxam bilmadim
Assalomu aleyku , meni fikrimcha jabrlangan aholining uy inshoatlarini qurishda kerak bo'ladigan materiallarni umumiy qilib olib berilsa ko'pchilikka yetardi!☺
Assalomu alekum qadirli yurdoshlar kuni kecha bòlib òtgan sardoba baxtsiz xodisasidan kòpchili azyat chekchi uysiz qoldi ushbu yiģilgan pulni boģcha yoo masjid qurilishga emas balki yordam tariqasida kòp bolali insonlarga berish kerak deb òylayman chunki hozirgi sharoitda qurilish qilishni iloji yoo qolgan pulni oziq ovqatga ishlatish kerak zero ozgina bolsada xalqimizga odamlarga shifo bòlardi etiborila uchun rahmat
Assalomu alaykum kopchilikning fikri shunday korinish olibdi :

Maktab,masjid,shifohona,dori darmon,kutubhona,drenaj,gaz,svet tp,suvga,yolga,
Bogcha,ishhona,nogironlarga.talabalarga,qariyalarga,kam taminlanganlarga,kontraktga
Ps:shaxsiy fikrim qiyin bolsa ham uyma uy yurib qiynalgan oilalarni royhat qilib berish kerak hoh naqd hoh plastik qilib yetganicha bir oilaga 100.000 ming danmi yo 200.000 ming danmi ozlariga kerakli joyga ishlataverishadi
Evakuatsiya qilingan 70,000 aholini hammasi ham yordamga muhtoj emas deb oyliyman. Va bularni orasida oz uyi tamirlanib kochib kirganlari ham ancha qismini tashkil qiladi. Hali oldinda qish, sovuq kunlar turibti. Mablagni ushlab turib ana osha sovuq kunlarda boshpanasiz issiq kiyimsiz qolgan haqiqiy muhtojlarga berishizni sorab qolgan bolardim. Savobli amallarizni alloh ozi qollasin. Togri yoldan adashishligdan ozi saqlasin.
Assalom aleykum Xushnudbek aka, yaqinda qo'lda gilam to'qishni rivojlansin bo'yicha qaror chiqdi, shuni Sardoba tumanida qo'llab ko'rish kerak tumandagi Xotin qizlarni bandligini ta'minlash mumkin shu pulga kerakli jihozlarni olish kerak qancha bersa xohlovchi xotin qizlar chiqqib foydalanib pul topadi yoki shunga o'hshash boshqa aholi bandligini ta'minlash kerak ya'ni xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish kerak Sartaroshxona, Vulnanizatsiga, mashina tuzatish ustaxonalari yoki yana shunga o'xshash.
Hichkimga etmasdan manga berila 😂
MEN SIRDARYO VIL. DANMAN XUSHNUDBEK AKA ILOJI BOLSA XABARLASHAYLIK KATTA BOSHIZNI BIR MARTAGA KICHIK QILIB JAVOB YOZING MENGA OZIM SHU AHOLI ORASIDA YURDIM
Asslomu alaykum Hushnudbek yuqoridagi fikrlarni o`qidim menimcha eng yaxshisi masjid qurish kerak. Savobi ham davomli bo`ladi
Kutubxona, maktab yoki bog'cha yo'lida sarflash kere to'g'ri hozir foydasi bo'masligi mumkin nu kelaje uchun yosh avlodga foydasi kotta
Orasidan nisbatan yordamga muhtohroq oilalarni ajratib olib ularga 1-2 xaltada un yoki shunga o'xshash narsa olib berish kerak, pulning uzini berish ham yaxshi yechim emas menimcha, hammaga ham berolmaysiz
Yoki jamoat uchun foydasi tegadiga hamma foydalanishi mumkin bulgan biror obekt yaratish mumkin, Yoki aholini komunal tulovlarining malum midorini MIBga utqazish ham mumkin, menga qolsa usha jabrlanganlarning oldiga borib nima yetmayotganini so'rardim )
Madomiki bu summani aholiga boʻlib berib boʻlmasa (boʻlib berganda koʻngildagiday boʻlmas edi), yuqorida aytilganidek maktablarga yoʻnaltirish kerak, lekin bu summa bilan biror maktab kapital "remont" boʻlib qolmasa kerak. Shunday ekan bu summani boshqacha yoʻl bilan sarflagan ma'qul ya'ni biror maktabga kampyuter anjomlari olish kerak. Hozirgi zamonda manashu taraflama menman degan maktablar ham anccha orqada!
M M A
kosa tovoq olib tarqatish kerak kòpchilikka yetadi. ķopchilik uchun erish tuyular lekin ròzgorga kerakli narsa
Menimcha maktab, kutubxona, masjidga berish kerak.

20 bolani kontrakti, uy joyi uchun tovarlar, kommunal tolovlar ... bolmaydi.
Sababi bu hollarda tengsizlik boladi. Demak ommaviy, jamoaviy joylarga yordam berish yuoqrida aytganimdek
Мухаммаджон .
Bu narsani Sardobaliklardan sorash kerak osha yerga borib maxalla raislari faollari yoki kongilli tadbirkorlardan sorash kerak chunki ular siz bizdan kora yaxshiroq bilishadi nochor yoki pul zarur odamlarni xayriya bilan shugullangan kongillilar muammo qayerdaligini aytishadi shulardan so'rang
Maktab yoki bog'chani ta'mirlashga yordam beringlar.
Masjidam yaxshi idea. Asosiysi bir necha o'n yilga yetadigan ish qilish kere
Show next 100 comments