Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Xushnud aka siz doim ta'lim sohasini qullab quvatlab kelgansiz va kamchiliklardi yaqqol kursatib kelgansiz. Bu yigilgan mablag'd xam SARDOBAdagi maktabni qayta jihozlashga sarflashni taklif qilaman chunki maktabga boymi kambag'alm hammasini farzandlari boradi va bu odilona qaror deb bilaman
Chunki bular hammaga tegishli bo'ladi
Уша одамларга ракам таркатиб кегин рандомда аниклаш керак омадли инсонди.. кимни раками тушса ушанга берваринг,😉😉😉😉
Menimcha hozirgi kunda Sardobada juda ehtiyojmand oila deyarli qolmadi, chunki yordam juda yaxshi berildi, shuning uchun fikrimcha, bu mablag'ni Respublika gematologiya qon quyish markazida davolanayotgan, yordamga muhtoj kishilarga(ayniqsa yosh bemorlarga) taqsimlab berish kerak, shunda savobi kattaroq bo'ladi.
Salom Xushnud aka qigan bu xayrli ishlarizdan ollox rozi bulsin. Menimcha birorta tikuvchilik sexiga bishlangich qilib maglag kiritish kerakmi 20 ming kamrogu yana xayriya aksiyasi bulib yigilar. Hozir hammayoqda karantin pul qilib tarqatsa ishlatib yuboriladi baribir birorta ishlab chiqarishga tamal tosh quysayiz ancha odam ushli bub ruzgorini amallab turardi hech bumasa bir qishloq aholisi. Bu shunchaki meni fikrim.
Азиза Пардаевна
Хинд актёр Шохруххон Бир килодан шакарми,гуручми нимадир таркатиб,ичига юз доллардан пул солинган экан.Шу нарсани олишга Энг камбагал табака келган ва хакикий эхтиёжмандлар юз долларов эга булган экан деб укигандим.Шунга ухшаш иш килиш керак
Xushnudbek aka men Sardobada yaxshayman ofatdan zarar korganlardanman
Iltimos menga yozsangiz
Mavjud muommolarni aytardim
996214765 nomerim
Xushnudbek aka bu pullarni eng eng pulga muhtojlarga bergan maqul masalan 1miliondan berilsayam 200ta honadonga yordam korsatolardi
Assalom aleykum mani fikrim shuki sharoiti ogʻir yoki boquvchisi yoq umuman davlatga ishlab oylik oladigan emas yerdan daromad qilib yashaydiganlarga etiboringizni qaratishingizni sorardim chunki ularga yana kochat ekib sarmoya qilish uchun pul kerakligi aniq . Qilgan yaxshi amallaringizdan Alloh rozi bolsin.
Энг кўп талафот кўрган, энг кам таъминланган 500 оилага 400 мингдан бериш керакдир, балки?!
Jasur Ahmedov
Assalomu alaykum avvalo yangi lavozimlar bilan tabriklayman martabangiz bundanda ulug' bolsin xalq uchun kuyinish va yonib yashashdan xech qachon charchamang maslaxatga keladigan bolsak siz qilgan xayirli ishga maslaxat berish adolatdan bomaydi shunchaki arzimas bosayam taklifim osha 4 ta xududni suv yuvgan bolsa 4 ta xududning masjid va qabristonlariga xam zarar tekkan shuning uchun mazkur dargoxlarni ta'mirlash ishlariga sarflab osha yerlarni obod qilishga xissangizni qoshsangiz maqsadga muofiq bolar edi!!! Katta raxmat shunday xayirli ishni boshida turib amalga oshirganiz uchun!
🌼🍀
Turmush o'rtog'i vafot etgan yolg'iz ayollarga va ko'p bolali oilalarga chorva mollari olib bersa bo'ladi. CHUNKI ular o'sha chorva mollari bilan tirikchilik qilishi mumkin. Qadimda ham ko'pincha shunga o'xshash holatlarda chorva mollari tarqatilgan
Kam taminlangan, yetim bola asrab olgan, yoki ularni vasiylikka olgan oilalarga oilalarga. Berish kerak. Yoki deddomga o'tkazib bersa ham bo'ladi.
Ушбу пуллардан Сардоба фалокатида жабрланган укишга киришида 1 йиллик контракт пулларини тулаб бериш керак
ĐØŞŤØŅBÊĶ
Assalomu alaykum men ham birinchi bulgan taklifga qushilaman. Talaba bulganlarni kontraktini tulash kerak. Talaba bulolmaganlarchi degan savol tugiladi albatta. Bunda u oilani frazandi bor maktabga bogchaga chiqadi. Ularga yangi kiyimboshlar albatta kerak. Yani yillik kiyim boshlari olib berilsa yaxshi bulardi. Bunda kuzgi kiyimbosh. Va qishgi qalin kiyimlar.
Ularni uyi suv ostida qoldi qiladigan ishi yoq. Qishda bolasiga palon pulga kurtka sapok va hokazolar olib bergani barchasini ham qurbi yetmaydi. Albatta bu mani fikrim. Qaror sizlardan va javobini ham.kutib qolamiz
Уша худуддаги ногирон оилалар ёки етимлар ( ота ёки онаси улган) руйхатини шакллантириб шуларга таксимот килсез яхши болади
Savobli ishda hech qachon charchamang Xushnud aka.
Масжид куриб бериш керак
Harakat bizdan Barokat Allohdan✊✊✨🌙
Юкоридаги фикларга кушилмайман чунки уларда хозир карздорлик йук газдан ва бошка коммунал туловлардан ва хали бери уларга карздорлик езилмайди пул кулни кири 20 млн сум берсангиз хам куринмайди давлатимизга ердам сифатида уй курилишига сарфланса яхши булади канчадан канча инсонлар хали кучада сарсон уларга кириб хотиржам оегини узатиб етишига яшаши ун уй керак кузгача совук кунлар келишигача уйларни одамларга топширилса халк хам миннатдор буларди диб уйлайман
Show next 100 comments