Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Yana bir taklif shu 1 ta daromad keltiradigan vaqf tashkil qilish kerak. Buning savobi qiyomatga kelub turadi. Vaqfni boshqarishni shu tumanni imomiga yoki hamma biladigan omonatdor insonga topshirish kerak.
Shukurjon Toshtemirov
Qishloqlar uzilgan tok gaz suv muammolari bosa shunisini qiberish xammaga boladi
И Назаров
Асаломалайкум Азиз ватандошлар шу килинган ва йигилган эхсонларга жумладан юкоридаги миктори аник булган пулга сардоба туманига катта масчит курилса эхсон килганларгахам, халккаям савобу ажиримлари бисйор булар эди шунда халк орасида йордам олган одам билан олмаган инсон уртасида ахилчилик йоколмас эди фикримча масчит эса куп йиллар йошу карт мумин мусулмонларни бирлаштириб турарди ИНШОЛЛОХ..
Bu indi usha sardoba ga ketishi kerakmi pullar uyerga etibor katta hozircha davlat va tadbirkorlar va hok...yordamini ayamayatti menimcha og'ir axvolda chetga borib opratsa qildirsa yurib ketadigan hayotga qaytadigan siz bilan bizning singari uqiy yoza oladigan bulib ketadigan bulishga muhtoj bolalar bor yurilmaydigan yo yurakni yo buyragini opratsiya qiladigan bor shularni 2 tasiga yetsa ham ushalarga yordam berishkerak deb uylayman bu meng fikrim yana bilmadim exson qilganlarni alloh ajrini bersin
Ногирон ва кам таъминланган оилаларга тарқатиш керак
Aholiga ish õrni yaratishkerak
J.M. S.
1. Haqiqatdan uyga muhtoj oilani topib,uy olib berish kerak .
2. Muhtojlariga chorva olib tarqatish kerak
3. Sardoba tumaniga Tez yordam mashinasi (Masalan: Hudai) olib berish kerak ...
deb o’ylayman.
Ushbu pullarni Sardoba tumanidagi suv toshqinidan aziyat chekkan aholining barchasiga bir vaqtda va birdek manzur bo'ladigan biron foydali ish qilish kerak yoki ommaga manzur keladigan biron ish faoliyat ko'rsatayotgan bo'lsa o'sha yoqqa pulni o'tkazish kerak menimcha...(Inshoat, istirohat bog'i va hokazo.)
Men shu tepadagi hamma komentlarni o'qidim ,yaxshi yurtdoshlarimizni fikirlari haqiqiy o'zbekona ,o'zini yurtdoshini o'ylab gapiribdilar.QOYIL. Meni maslahatim esa, bu mablag'larni o'sha eng muhtoj va ko'proq jabrlangarga va boshpanasi yo'qlarga,chunki ular hozir qayerda yashayotgani va qanday kun kechirayotgani bizga ma'lum emas.Demak eng muhtojlarga va boshpanasi yo'qlarga.Yoki shu kunlardagi og'ir hasta bemorlarga.chunki ular ham yashashga umid qiladi.bu bilan siz va sah.pesha insonlar savob olishadi.Hammamizni Alloh panohida asrasin tezroq corona virus chekinsin.salomat bo'lilar.✋🤝
O'chirilgan hisob
Assalomu aleykum Xushnud aka,suv toshqinidan keyin ko'pchilik zavod va fabrikalarga zarar yetdi.menimcha bu pullarga biror bir ixchamroq aholi uchun oziq ovqat ishlab chiqaradigan korxona tashkil qilish kerak masalan un ishlab chiqaradigan tegirmon,6 ming dollarga tegirmon olsa bo'ladi uni o'rnatadigan bino muammo bo'lmasa kerak zarar yetgan binolardan birortasini tamirlab olsa bo'ladi. karantin davrida qiynalayotgan bir nechta odamni ish bilan taminlasa bo'ladi.xam aholi xam davlatimiz uchun foydali bo'lardi
Камбагал оилаларнинг фарзандлари укиши учун сарфлаш кк
Bek-Bek
Assalomu alaykum yaxshilar allox sizdan rozi bulsin Xushnud aka meni fikrim bu mablag bilan xammani extiyojini qondirib bulmaydi shuning uchun agar imkoni bulsa toshqinda halok bulgan va bedarak ketgan milliy gvardiyani ikki yigitining oilasiga teng taqsimlab berilsa menimcha adolatdan buladi marhumlar oilada yolgiz boquvchi bulganiniyam unutmaslik lozim ularning farzandlarining kelajagi uchun sarmoya bulardi oz bulsayam .
Assalomu aleykum Xushnud Xudoyberdiyev. Boquvchisini yo'qotgan, ijtimoiy yordamsiz og'ir ahvolga tushgan oilalarni saralab olib ularga berish kerak. Chunki bu sinovli kunlardan sog' salomat chiqib olish hammasidan muhim.
Азиза Пардаевна
Муаммолар жуда куплигидан озгина маблагни каерга сарфлаш жуда кийин иш.каерга сарфланса хам халк учун,кимнидир озгина муаммосини хал килса хам катта савоб булади
Kopchilik dehqonchilikdan kun koradigan odamlar ishsiz va daromadsiz qoldi, shu odamlarni ozgina qismini bolsada ish bilan taminlasa, hayriya uchun yigilgan pullarning yanada koproq oilalarga foydasi tekgan bolardi mening fikrimcha.
Качонки миллат Халк укимишли саводли булмаса бусалиш булмайди
Dilmurod Uzaqov
Ассалому алайкум.Жуда ҳам маъсулиятли ва синовли вазият. Аллоҳ ўзи тўғри йўл кўрсатсин. Манимча маблағларни уч хил йўналишга ажратиб олиш керак. 1-Чи Боқувчисини йўқотганларга, оз сонли оилага бўлса ҳам салмоқли улуш ажратиш керак.
2 чи йўналишда сурункали беморлиги мавжуд қийналган оилаларга. Оз сонли оила бўлса ҳам салмоқли улуш ажратиш керак.
3 чи йўналишда таълим бўйича. Бунда ҳам юқоридагилар каби қилиш керак.
Аллоҳ ўзи мадад бериб , осон қилсин.
Сирожиддин Махмудов
Болалар богчаси куриш керак манимча
Yuqoridagi barcha fikrlar yaxshi. Masjid qurish g'oyasi berilgan ekan. Allohni uyini qurish eng savobli ishlardan biri. Uy qursangiz nari borsa bu pulga 10 ta odam rahmat aytar 1ta honani bitkazib. Kichikroq bo'lsa ham kam odam ketsa ham tegishli tartibda masjid qurilishiga yo'naltirilsa har kuni 5 vaqt savobi tegadi barchaga.
Илим алыу ушын!
Билемиз, Японияда қандай атом бомбаси тасланғанин хәм қалайнша бул жағдайдан шыққанин сонлықтан оқыйман изленемен дегенлерге имкан берыу керек деп ойлайман!
Show next 100 comments