Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Rustam Fayzullayev
Suv, gaz,svet muammolari bormi?
Svet muommosi yoq
Gaz bilan suv davlat tomonidan qilib berilayapdi
Bu gaplarni o'qiysizmi, yo'qmi bimadim...
Taklifim shuncha misqollab yig'ilgan pullarni ko'r-ko'rona berish qumga suv sochishdek gap.

ISTIQBOLLI REJALARGA SARFLANGIZLAR.
albatta, tizimni o'rganib.
Ассалому алайкум Хушнуд ака савобталаб ватандошларимиздан йиғилган ушбу сўммани менинг фикримча шу худуддан бирорта масжид қурилишига сарфласангизлар тўғрироқ бўлади.
Internet tezlik haqida gapirishayapdi u ham yaxsh
.... ....,
Assalomu aleykum. Manimcha shu suv toshqinida oila azosi vafot etgan oilalarga yordam qilish kerak.
Qvp qurish kerak
Нурбек
Корни оч, устида томи юк одам китоб укишига шубхам бор. Масчидни уйлаб курса булади
Lekin siz kishi boshiga 20 ming so'mdan tushadigan odamni bir marta tushlik qilib 6 soatga to'yg'azishingiz mumkin. Tomni hammasini yopishga pul yetmaydi. Puldan kelib chiqib yozdim.
Мансуров Гайрат
Xonodonida surunkali bemor va qariyalar mavjud bo'lgan oilalarga pulni yetganicha taqsimlash kerak. Xech bo'lmaganda dori darmon olishga yordam bo'ladi. Eng avvalo insonga sog'lik kerak. Sog'lik bo'lsa asta sekin xar qanday qiyinchiliklarni yengish mumkin.
Rustam Fayzullayev
Agar davlat tomonidan shundoq ham qilinadigan ish bo'lsa, pullarni sarflamagan ma'qul
Men ozim Sardobada yaxshayman
Iqtisodchiman shu pulga tikuvchilik sexi qurishni taklif qilaman
Ishchi orni yaratilardimi
Bizda ish orni muommo
У томондаги ахоли купрок чорва билан шугулланишади(узим хам шу томонданман), сизга бир катта маслахатим, битта катта чиройли ферма курилгани маъкулми дейман, ахолига сут, каймок, сарёг, сузма деганларидек, уша ердаги богчаларга таркатилсин
NODIRA
Assalomu alaykum Xushnud aka. Menimcha yig’ilgan pul juda kam. Biz ham AQSH yashab o’qib yuramiz. Qo’limizda 20ming dollor bulganda ham hech narsa qilolmasdik. Bitta 2 xonali, boringki 3 xonali uy beradi. Maktab yoki masjid quraylik deb yozilgan yetmasa kerak. Shu uchun yana reklama qilinib “Sardoba” fojiasi uchun pul yig’ilishi kerak. To’g’ri balkim karantinda vaqtida odamlarda pul kamdir lekin bor. Shu uchun hali yana kutish kerak va yana reklama qilishimiz kerak. Gruppalar ko’pligi bois yana ozgina bo’lsa ham to’planishi kerak.
Нурбек
Корни оч, устида томи юк одам китоб укишига шубхам бор. Масчидни уйлаб курса булади
Qanaqa qorni och? Hammasiga boshqa mahalladan juda ko'p saxovatli oilalar uylaridan joy berdi. Toshkentdan xayriya qilgan odamlar bilan gaplashing bir....
Rasul
Sardoba fojiyasisan jabr ko'rgan yetimlarga yoki boquvchisi yo'q yosh oilalarga teng taqsimlab naqt pul ko'rinishda bersa shunda menimcha adolatli bo'ladi.
이슬럼전
Eri yoʻq bolalik ayollarga bersa maqul
#FENOMEN
Lekin siz kishi boshiga 20 ming so'mdan tushadigan odamni bir marta tushlik qilib 6 soatga to'yg'azishingiz mumkin. Tomni hammasini yopishga pul yetmaydi. Puldan kelib chiqib yozdim.
Ман томини ёпсин демадим ака. Факат озик овкатни уйламайлик. Давлат таминлаб берсин озик овкат билан ёки аварияга ким сабабчи булса. Иложи булса уша лакка баликларни пишириб ейиш керак.
Bu mablag' biror tuzukroq uy qurishga yetmas ekan. Pul ko'rinishda taqsimlash ham unchalik to'g'rimas. Zero, muhtojlarga baliq emas, qarmoq berib, baliq tutishni o'rgatish foydaliroq, degan mantiqdan kelib chiqsak, pulni biror doimiy ish tashkil etishga sarflash kerak, deb hisoblayman.
Eng oĝir sharoitdagilarga kõproq yordam berish kerak masalan sardobada 15 yil kvartirada yashab sõng uchastka qurdim deganda uyidan ayrilganlarga. Yanayam bilmadm
Show next 100 comments