Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Нурбек
Корни оч, устида томи юк одам китоб укишига шубхам бор. Масчидни уйлаб курса булади
Qanaqa qorni och? Hammasiga boshqa mahalladan juda ko'p saxovatli oilalar uylaridan joy berdi. Toshkentdan xayriya qilgan odamlar bilan gaplashing bir....
Rasul
Sardoba fojiyasisan jabr ko'rgan yetimlarga yoki boquvchisi yo'q yosh oilalarga teng taqsimlab naqt pul ko'rinishda bersa shunda menimcha adolatli bo'ladi.
이슬럼전
Eri yoʻq bolalik ayollarga bersa maqul
#FENOMEN
Lekin siz kishi boshiga 20 ming so'mdan tushadigan odamni bir marta tushlik qilib 6 soatga to'yg'azishingiz mumkin. Tomni hammasini yopishga pul yetmaydi. Puldan kelib chiqib yozdim.
Ман томини ёпсин демадим ака. Факат озик овкатни уйламайлик. Давлат таминлаб берсин озик овкат билан ёки аварияга ким сабабчи булса. Иложи булса уша лакка баликларни пишириб ейиш керак.
Bu mablag' biror tuzukroq uy qurishga yetmas ekan. Pul ko'rinishda taqsimlash ham unchalik to'g'rimas. Zero, muhtojlarga baliq emas, qarmoq berib, baliq tutishni o'rgatish foydaliroq, degan mantiqdan kelib chiqsak, pulni biror doimiy ish tashkil etishga sarflash kerak, deb hisoblayman.
Eng oĝir sharoitdagilarga kõproq yordam berish kerak masalan sardobada 15 yil kvartirada yashab sõng uchastka qurdim deganda uyidan ayrilganlarga. Yanayam bilmadm
Менинг фикримча эвакуация килинганларнинг болаларига суннат ва хатна туйларини килишда ёрдам беринг ёки мактаб кутубхонасига янги китоблар
Dilshoda
Ассалому алайкум Хушнутбек ука. Эхсонди иложи борича ночор одамга мухтожга берган яхши. Масжидни менимча куриб берадиганлар топилади хозир Сардоба фожиясидан кийналганда оддий халк кийналди.
Oilaviy sharoiti ogir oilalarga yetganicha uyini qurib berish kerak
Azamat Jabborov
Assalomu alaykum savobli ishga bosh qõshganingiz uchun katta rahmat.Talofat kõrgan axoli orasidan ijtimoiy axvoli og'ir bõlgan (talofatgacha) oilalarga ushbu mablag'larni õzlarini õnglab olishi uchun yani biron bir mablag' topishga yordam beradigan narsa berish kerak (parnik qurib berish,chorva mollari olib berish )yoki shunga õxshash boshqa ertaga daromad topishlari uchun boshlang'ich yõnalish berish kerak oz miqdorda bõlsa ham.Davlatimiz tomonidan talofat kõrganlarga uy berilgan demak endi ularni keyinchalik õzlarini õnglab olishlari uchun moliyaviy yordam zarur.
Pulni har bir fuqaro soniga emas oila soniga qarab taqsimlash maqbulroq boladi xususan kam taminlangan va muhtoj oilalarga menimcha har bir MFY bo'limlarida bunday oilalar ro'yxati mavjud, shunda menimcha bir oilani xech bo'lmaganda 2 3 haftalik ehtiyojlariga yetarli mablag' bo'ladi. Hiyobonlar, kongil ochar maskanlar davlat tomonidan qurilishi rejalawtirilgan fikrimcha
Нурбек
Ёмгирни тагида колиб кетган ёрдамни курдик ака, афсуски...
Hozirchi, nisbatan yaxshi-ku. Talofatdan keyin peshma-pesh yomg'ir yog'di. Supermenlar kinoda-ku.
Davlat, aholimiztashlab qo'ygani yo'q-ku.
Birovni uyida turib yarim tunda ichib kelganlarni ham eshityapmiz.
Chiq uyimdan demyapti shu xonadon egalari.
Avvolo insonda Shukur bo'lish kerakku...
Xxvllvl
Avval oilalarni 1 2 3 darajali qilib boliw kere shunga qarab o'ta muxtoj bogan darajaga beriw kkk
Men haqiqiy real narsaga qaraylik deyapman.
Korxonalar qurilsin, investitsiya kiritilsin
Meni taklifim shu....
Noble abc...
Hozirchi, nisbatan yaxshi-ku. Talofatdan keyin peshma-pesh yomg'ir yog'di. Supermenlar kinoda-ku. Davlat, aholimiztashlab qo'ygani yo'q-ku. Birovni uyida turib yarim tunda ichib kelganlarni ham eshityapmiz. Chiq uyimdan demyapti shu xonadon egalari. Avvolo insonda Shukur bo'lish kerakku...
Гапингиз тугри, бу пулга арзирли хеч нарса килиб бумайди. Акцияни давом эттириш керак. Пулни таркатиш ярамайди. Аник бир максад учун ишлатиш керак
Mening fikrimcha mahalla faollari bilan gaplashib kam taminlangan oilalarga bergan maqul. Lekin oz qolingiz bilan topshiring chunki bizda hali ham osha puldan umidvorlar juda kop. Men ham Sirdaryolikman, respublikadan kelgan narsalar hammasi ham sardobaliklarga yetib bormagan,suv yetib kelmagan joydagi aholi olib ketgan. Buni barcha sirdaryoliklar bilishadi,menimcha. Shuning uchun mahalla kam taminlanganlar royxati boyicha berish kerak
МУҲИДДИН
Assalomu alaykum men uzoq muddatdan buyon ta‘lim tizimida ishlayman, masjid va maktab qurish bo‘yicha takliflar zo‘r qo‘llab quvvatlayman, lekin holatni o‘rganib muhtojligi boshqalardan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan oilalarga tirikchilik manbasini shakllantirish kerak. Masalan kimgadir chorva hayvoni, kimgadir tikuv mashinasi va shu kabilar daromad qila olish imkonini shakllantirish kerak.
Aka iloji bo'lsa hokimlar bilan maslahatlashib interneti bor kutubxona qilib bering.Chunki butun umrga barcha foydalanadi.,kelajakda o'qigan ,bilimli Sizga o'xshagan vatanni,xalqni sevguvchi haqiqatparvar Xushnudbeklar chiqadi..!!!
Show next 100 comments