Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Uralov M
Barchaga birdek foydali barcha birdek iwlata oladigan joy qursa boladi sport majmuasi juda bolmasa bitta kichik stadion qurish kerak yoki kutubxonami public place bosa boldi
Каримов Махмуджон 61
Пул бериб кўпчиликка етказиб бериш қийин шунинг учун кутибхоналарга китоблар олиб бериш кк
Assalomu aleykum Xushnudbek aka bunday xayrli ishlaringizni Alloh barokatli qilsin. Mening fikrim shu xayrli ishingiz davomiy uzoq vaqtlar xalq uchun foydali bo'lishi uchun kutubxona, o'quv markazi, yoki tadbirkorlik sohasida biror ish o'rinlari yaratish va bu sohani kengaytirish
Uy va kôngilochar joylar davlat tomonidan qurib berilyapti menimcha pandemiya sharoitida bu pullar virus bn kurashayotganlar uchun asqotishi kerak.har holda ha degan tuyaga mador tezroq kasallikni bartaraf etish uchun bu pullarni soglomlashtirish fondiga topshirib nazoratini ham kuzatib borish kerak
1.Mening fikrim farzandi kontraktda o‘qiydigan oilalarga bo‘lib yuborish kk.
2. Yoki bo‘lmasam eng kam ta‘minlangan oilalarni topib ularga birlamchi zarur mahsulotlar masalan un olib berish kerak.
3. Qisqasi avvalo pulni to‘g‘ri yo‘naltirish uchun statistika o‘tkazish kk. Shunda o‘zi aniq bo‘lib qoladi
Dilshod Eshonqulov
Бирорта бокувчиси йук ночор оилаларга уй билан таьминлашда йордам бериш керак
Alloh hayrli va barokatli qilsin. 70 ming aholi evakuatsiya qilingani bilan hammalarini uylari mollari va mulklariga ziyon yetmagan. Shuning uchun eng ko‘p talofat ko‘rgan hududlar bor shularga qaratish kk e‘tiborni. Sababi uy joyiga hech narsa qilmagan aholi toshqindan keyin qaytib borgan. Va ko‘pchilik tomonidan ehsonlar shularga qilingan. Sababi uylari buzilgan odamlar har joyda bo‘lishgan. Shaharda vaqtinchalik yashash un biriktirilgan joylarda. Va yaqin qarindoshlarini uyida. O‘zim Sirdaryodan bo‘lganim uchun oz moz xabardorman. Hattoki o‘zim yashaydigan qishloqqa ham kelib joylashishgan. Holbuki ular yordam un tarqatilgan ehsonlardan Uzoqda. To‘g‘ri davlatimiz shahardan qolishmaydigan uy joy qilib beryapti. Lekin boshqa mulklariga talofat yetganlari bor. Shundaylarni izlab topish kk menimcha. O‘sha yerning imomi va mahalla raisi bn birgalikda topish kk. Eng avvalo eng ko‘p talofat ko‘rgan hududlarni aniqlash kk. Adashgan bo‘lsam uzr. Alloh bu hayrli ishlarga ulug‘ ajrlar va barokatlar bersin
Master
Tuman markazida biror ishlab chiqarish korxonasi qurib, daromadini kam ta'minlangan oilalarni qo‘llabquvvatlashga yo'naltirish kerak, ham ishsizlar ish bilan ta'minlanadi
Assalomu alaykum, bu mablag, sardobaliklarning haqqi, shuning uchun ularga qanday narsa qilib bermoqchi bolsangiz ham, ularni barchasiga birdek manfaatli bolishi kerak. Shuning uchun kutubxona va qiroatxona qurib kitob bilan taminlashga sarflansa, yetadimikin!
Uyi buzilib ketganlarga boʻlib berish kerak.
Улугбек Саидов
Хар бир хонадонга 1 тадан дарахт кучатидан экиббериш керак <<тушунаман вахтни куполади, хар бир хонадонга бориб дарахт кучатини экиш, лекин бу сумма билан бошка иш килишга хожат йук>> шу экилган дарахтлар уларга зеро эслатиб турса улар ёлгиз эмаслигини . Фикрим шу.
Улаш Вохидов
Ассалому алайкум. Шу ишни ташкил килганларга хам, химмат килганлар-га хам Рахмат. Энг асосийси - бу хайрияни максадли ишлатиш. Энг ночор, бокувчиси йук ва оиласида ногиронлар бор ижтимоий химояга мухтож оилаларга бериш керак.
Makhmudov
Farzandlari 4-5 talik oilalarida , ishsizlar yashaydigan oilalarga pulni taqsimlab berish kerak chunki ular pulga ko'proq ehtiyoj sezishadilar
☆☆☆
Assalomu alaykum shu loyihani tashkil etganlaringiz uchun katta raxmat, menimcha biror yetimxonadagi nogiron bolalarni davolanishiga yoki sardobada biror masjid qurishga sarflansa manfaatliroq bo‘lardi hamma uchun.
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
Хушнудбек бобо азиз бошингиз омон булсин хайрли ишларингиз бардавом булсин.Фикри ожизимча Сардобаликларни шу пайтгача урганиб келаётган ма'суллар билан сухбатлашиш керак чунки уларни зарурати ва нимага эхтиёжи борлигини улар билишади. Маслахат бериш осон.Ишончли одамизи юбориб халкни эшитиш керакдир балки,шунда хаммаси яхши булади менимча
Фарходжон
Битта яхши шароитли болалар богчаси куриб берилсин. Энг талофат курилган жойга.
Farxod Xaqnazarov
Kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan, nogiron va ishsizlarga tarqatish kerak
Ximoyat Mirxalilova
Asalomu Alekom Bu yigilgan pulni halqqa tarqatsangiz aytilgandek hich nima bolmaydi.Talim olish uchunham Avvalo odamni kongli xotirjam bolish kk Sardobadagi hamyurtlarimizni orniga ozingizni qoyin korin .Hozr ularga eng kerakli narsa bu uy .Hozr bilinmas balki lk qahraton qishda nima qiladi ular . Uy qurish uchun hozr ularga yetarli mablag yoq .Xalqimz ham qoldan kelgancha yordam beryapti.Shuning uchun ularga eng kerakli narsa maoshli ish .Shunday ekan yuqorida qoychilik yoki issiqhona haqda gap ketdi men ham shu fihrlarga qoshilaman.ularga yaxshi maoshli ish orinlari yaratish kk .
Show next 100 comments