Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Makhmudov
Farzandlari 4-5 talik oilalarida , ishsizlar yashaydigan oilalarga pulni taqsimlab berish kerak chunki ular pulga ko'proq ehtiyoj sezishadilar
☆☆☆
Assalomu alaykum shu loyihani tashkil etganlaringiz uchun katta raxmat, menimcha biror yetimxonadagi nogiron bolalarni davolanishiga yoki sardobada biror masjid qurishga sarflansa manfaatliroq bo‘lardi hamma uchun.
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
Хушнудбек бобо азиз бошингиз омон булсин хайрли ишларингиз бардавом булсин.Фикри ожизимча Сардобаликларни шу пайтгача урганиб келаётган ма'суллар билан сухбатлашиш керак чунки уларни зарурати ва нимага эхтиёжи борлигини улар билишади. Маслахат бериш осон.Ишончли одамизи юбориб халкни эшитиш керакдир балки,шунда хаммаси яхши булади менимча
Фарходжон
Битта яхши шароитли болалар богчаси куриб берилсин. Энг талофат курилган жойга.
Farxod Xaqnazarov
Kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan, nogiron va ishsizlarga tarqatish kerak
Ximoyat Mirxalilova
Asalomu Alekom Bu yigilgan pulni halqqa tarqatsangiz aytilgandek hich nima bolmaydi.Talim olish uchunham Avvalo odamni kongli xotirjam bolish kk Sardobadagi hamyurtlarimizni orniga ozingizni qoyin korin .Hozr ularga eng kerakli narsa bu uy .Hozr bilinmas balki lk qahraton qishda nima qiladi ular . Uy qurish uchun hozr ularga yetarli mablag yoq .Xalqimz ham qoldan kelgancha yordam beryapti.Shuning uchun ularga eng kerakli narsa maoshli ish .Shunday ekan yuqorida qoychilik yoki issiqhona haqda gap ketdi men ham shu fihrlarga qoshilaman.ularga yaxshi maoshli ish orinlari yaratish kk .
Nima qilsangiz Saxovat va Ko'mak fondiga o'tkazib bermang. Chunki, bu find teshik tog'orani eslatadi. Kalamushlar bu pulni yeb, tadbirkorlardan pul yig'ib mana prezidentimiz saxovat ko'rsatdi deydi.
Кандахоров Уткир
Барча кишиларга китоб совга килиш керак
Saidmuhammadxon
Pandemiya davrida menimcha hammaga ish topish muammo bo'lib turibdi.Shuning uchun bu pullarni insofli tadbirkorga berib ko'proq ish o'rni yaratish kerak. Loyihadan tushadigan daromadning bir qismini jamg'arib mahalliy aholiga kutubxonami,stadionmi,xususiy maktabmi va hokozo shunga o'xshash yana ish o'rinlarini ko'paytiradigan narsalarni birin ketin qurib berish kerak
ORG ...
Энг энг эҳтиёжманд оилага иложсиз қолганлага беринг
Sardoba qurilayotgan uylar bor.SHu uylarni qurayotgan insonlarga tarqatish kk.Sardobaliklar uchun ham foydasi tegyapdi.Oilasidan uzoqda.
Sharoiti judayam oğir sardobaliklarga berish kerak yetimlarga berish kerak katta jabr korganlarga berish kerak nogironlarga berish kerak
Хафизахон
Assalomy alaykum .Bu fidokorligingiz uchun rahmat.Maqsadga o tsak bu pullarni eng qiynalgan ijtimoiy himoyaga muhtoj va nohironligi borlarga berish kk d eb o'ylayman, yana bir taklif tovuq olb tarqatish ha m mumkin,ko'paytirsa boladi
$$$ €€€
men o‘zim sardobada turaman shuncha xayriyalarni ko‘rayapmiz raxmat hammaga lekin juda ko‘p talon tarojliklar bo‘layapti mahalla raislari tomondan iloji bo‘lsa o‘zingiz bosh bo‘lib xayriyani o‘zegalariga yetkazing
Ассалому алайкум. Вариантлар бор:
сардобалик оилаларнинг мактабга чиқадиган ёш фарзандлар учун канцтовар балки кийимбош,
иккинчи вариант, боғча ёки мактаб таъмирига сарфлаш.
Учинчи, карантин даврида сурункали касаллиги бор беморлар даволаниш имкони бўлмади ва бўлмяпти ҳам, уларга ёрдам бериш ҳам зарур деб ўйлайман.
Avvalo Xushnudbek sizga tashakkur aytaman. Yurtimizda sizdek insonlar bor ekanligidan faxrlanaman. Endi taklifingizga kelsak. Sardoba aholisi asosan dehqonchilik va chorva bilan shug'ullanadi. Mani fikrim ushbu mablag'larni haqiqatdan muhtoj oilalarga berish kerak. O'sha haqiqatdan muhtoj oilalar nomiga bankdan hisob raqami ochib berish yoki qandaydir imtiyozli shartlar bilan ularga imkon qadar 1 tadan bo'lsa ham chorva moli berish kerak. Chunki ushbu talafotda ko'pchilik chorva mollaridan ayrildi. To'g'ri bu murakkab jarayon. Bu mani shaxsiy fikrim. Lekin siz shu ishni boshlasiz, Alloh sizdan rozi bo'lsin. Mehnat faoliyatingizda faqat va faqat omad tilayman.
$$$ €€€
meni fikrim hech kimni mol boqish sharoit qo‘y molxonas yo‘q mol bersangiz uni sotib yana mashina oladi o‘zi hamma omon qolgan mollarni sotib mashina olayapti misol uchun o‘zim ham
Xoliqova.M💖💖
Qurilib bitayotgan maktablarga har xil turdagi kitoblar olib tarqatish kerak adolatli boladi bu .
Abdulhay Jo'raboyxojiyev
Shu puldan Sirdaryoda ishlab-chiqarishni yo‘lga qo‘ying.Ishchi o‘rni yarating.Hohlasangiz foyda olmasdan ishchilarni sonini ko'paytiring.Siz huquqshunossiz sizni egallab turgan lavozimingiz va bilimingiz sabab kotta tadbirkorlik bo'lishi mumkin.
Show next 100 comments