Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalom aleykum Hurmatli Xushnud aka siz huquqshunos hamda jurnalistsiz uzizdagi eng qimmat boylik bilimingizni ulashish yo'lini qilishiz mumkin. Misol uchun deylik biror davlat binosini ijaraga olib uni jihozlab qandedir bir notiqlikmi huquqshunoslik yoki jurnalistlar maktabimi shunga uxshash maktab qilib Usha hududdagi pedagog huquqshunoslardan bir nechtasini online tanlov asosida tanlab olib ularga online tarzda uz bilimizni ulashasiz. Ular Usha maktabdagi yoshlarni huquqiy siyosiy madaniyati bilimizni oshirib borishadi. Ajabmas bir necha yildan keyin Usha maktabdan yaxshi siyosiy jurnalist sharhlovchilar huquqshunoslar chiqsa. Agar 10lab huquqshunoslar chiqsa sardobaning haqiqiy aybdorlarini o'zlari topib adolatni o'rnatishadi. Chunki Alam bilan bu ishni qigan odam adolat qaror topmaguncha tinchimaydi. Hozirgi vaziyatda shaxsan men ishonmayman aybdorlar haqiqatda jazolanishini
Oilasining boquvchisi covid - 19 dan fafot etganlar oilasiga maqsadli yordam berish kerak !!!
INSONLARNI YASHASHINI YAXSHILASH KERE.
Baxtiyor Teshaboyev
Maktablarga sarflansa maqsadga muoffiq bo'ladi chunki xalqni bo'ladi shu maktabda ta'lim tarbiya oladi. Kelajakda vatanimiz yuksalishiga o'z xissalarini qo'shishadi Deb o'ylayman.
Qandaydur biror ish tashkil qilib aholini malum qismini ish bilan taminlash kerak
Òsha deyarli 20ming
ga paranda olish kk manimcha
Sardor Shuxratovich
Maktab uchun jihozlar yoki shunga o'xshash talim sohasi uchun safarbar qilinsa bo'ladi
Kutubxona va kampiyuter savodxonlik maktablarini tashkil qilish kerak
Mashrabbek
mening fikrimcha oʻsha qishloqda yaxshi bir oʻquv markazi yoki biron kasbga yoʻlatirgan ustaxona yoki qizlar uchun kasbiy taʼlim muassasasi oching hammaga foydali ham ish oʻrni ochiladi
Зилола Абдухакимовна
Хайрли тонг. Хеч ким касал булмасинку лекин бемор одамларнинг ахволини курсам бор будимни сарфлагим келади. Бу эхсон пулларини хам бемор , бир дона огриксизлантирувчи дорига зор инсонларга сарфланса.... Яна билмадим... Бу менинг фикрим.
Tirikchilik uchun chorva hayvonlarini o’ta kam taminlaganlarga berish kerak. U yerdagilar asosan yer va chorvadan tirikchilik qilishadi
Ассалом алейкум катта талофат етган жойда аҳолига иш ўрни яратиб бериш керак. Масалан кишлок жойда исиқхона, бизларға гилам тўқишни ургатиш мн ва б. Бунда ишни шундай ташкиллаштириш кераки олинган даромадга яна иш ўрни килиш кк. Шунда бу пуллар узок йиллар беғараз сармоя сифатида аҳолини турмуш даражасини оширишга хизмат килса кк.
N.Zᴵᴷᴵᴿᴵᴸᴸᴼ 7-18
Assalomu alaykum prezidentimiz aytganlaridek ularda endi ijtimoiy hayotda qiynalmaydilar bu mablag'ni ta'lim sohasiga ajratilsa maqul bo'ladi deb o'ylayman kelajak uchun...
Assalomu aleykum xormang.
MENI FIKRIM BIRONTA FUQAROGA HAM O'Z QO'LIGA BUL BERMASDAN O'ZINGIZ BOSHCHILIGNGIZDA YOKI BIRON ISHONCHLI VAKL TAYINLAB KELAJAGI BOR ISHLAB CHIQARISH KORXONASINI OCHISH KERAK DEB O'YLAYMAN. SHUNDA ENG KAMBAG'AL MUXTOJ OILADAGILARNI 10 YOKI 15 TA ISH O'RIN BILAN TAMINLASH KERAK VA KEYINCHALIK DAROMADI OSHKAN SAYIN ISH O'RINLARINI OSHIRIB BORAVERISH KERAK. UNDAN TUSHGAN FOYDANI ESA YANA ISHLAB CHIQARISH TURLARINI KO'PAYISHIGA SARFLASH KERAK. NATIJADA XUDO XOXLASA BUTUN KAM TAMINLANGAN SARDOBA AHOLISI YAXSHI ISH BILAN VA OYLIK BILAN TAMINLANSIN.....!!!!
.INSHAALLOH.
Avall sardobaga borib vaziyatni urganish kerak Nima qilishni bilasiz o'shanda
No profile
Ассалому алейкум.
Ахолини сув газ электр билан таьминлаш керак.Бу пулларни сув тошкини сабабли таьмирталаб булиб колган электр тармоклари подстанция ёрилгар сув кувурлари ёки шунга ухшашнарсалврни таьмирлаш учун ишлатиш керак деб уйлайман
Assalomu alaykum Xushnudbek aka..Haqiqatdan ham uni har bir kishiga,oilaga berib chiqish maqsadga muvofiq emas....Bu mablag'ni umumiy Hammaga foydasi tegadigan narsaga sarflash kerak... To'lov shartnoma asosida o'qiydigan o'g'il qizlari bor oilalar uchun sarflash ham juda to'g'ri, ammo Bu mablag'da barcha Sardoba halokatidan aziyat chekkanlarning haqqi bor
Aka o'zizdan qolar gap yo'q!
Kichik taklifim ta'lim sohasiga sarflansa ya'niki o'quv markazmi NTM shaklida
Show next 100 comments