Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Aka o'zizdan qolar gap yo'q!
Kichik taklifim ta'lim sohasiga sarflansa ya'niki o'quv markazmi NTM shaklida
Ominaxon Xoshimova
Eng yaxshi sarmoya ilmga berilga sarmoya deyishadi. Ilm olishlari uchun sport maktabini musiqa maktabi shunga o'xshash to'garak maktablarini tashkil qilsa ham bo'ladi
Aholi uchun umumiy zarur narsaga sarflagan yaxshi deb oʻylayman,
Yuqoridagi fikrga qoshilaman qol bn berganga qush toymas uning orniga ularga ish orni yaratish kerak
Vohid Rajabov
Beva bechoralarga, yoki boquvchisini yuqotganlarga berish kerak
Ассалому алейкум. Мактаб, болалар богчалари Давлат томонидан жихозланади. Маблагни ижтимоий химояга мухтож, куп болали, бир нечта оилага таксимлаш керак менимча. Боласини контракт пулларини утказиб бериш керакдир балким!
1. Nogironligi bor ersiz oilaga
2.nogironligi bor ishsiz (er-xotin)ga
3. Ersiz koʻp farzandli oilaga
Salom meni fikrimcha beriladigan puldan yana daromad olish tirikchiligini o'tkazadigan biron narsa qilish kerak Masalan kichikroq bolsa xam 1 tadan chorva xayvoni yoki parranda berish kerak
Xolbo'tayev G'iyos
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
bu pullarni maktablarga qòshimcha òquv qurollari olsa bòlmaydimi masalan kampyuter kòrinishidami yoki mehnat darslarida kerak bòladigan asbob uskunalarmi musiqiy anjomlarmi shular kòrinishida.Mening ham taklifimni òqigan bòlsangiz xursandman
Дилафруз Хамдамова
Ассалому алайкум! Бу пулга таълим даргоҳи қуриб берилса манимча яхши бўларди. Келажак авлодлар билими мустаҳкам бўлиши учун! Замонавий жиҳозларга бой бўлган,ҳамма шароитлари етарли бўлган ажойиб бир мактаб бўлса!
Assalomu alaykum. Manimcha 70 ming aholi ichida otasiz yetimlar bulsa shularga berilgani ma'qul. Erkagi yuq ayollar kuproq qiynaladi.
Assalomu alaykum Xushnud aka. Menam tepada ko'pchilik aytgan umumiy fikga qo'shilaman. Ya'ni bu pullarni ta'limga to'lig'icha ta'limga yo'naltirish kerak. Chunki xayriya maqsadida sarflasangiz bu unchalik uzoq natija bermaydi. Ta'limga yo'naltirilgan sarmoya esa uzoq yillar o'z natijasini berish mumkin. Ammo bu narsani intilishi bor, haqiqiy o'qish uchun g'ayrati bor ammo shunga sharoiti yo'q oila farzandlariga qilish kerak. Ertaga bir kun hozirgi amaldorlarga o'xshab qoladigan odam bo'lsa undan ko'ra bu pullarni shunchaki sochib yuborgan ma'qul!
Borib ko‘rilsa o‘sha yerdagi xolatni ko‘rib o‘zlaring bilib olasla nima qilish kerakligini
O‘sha yerga borib 10 kun yashash kerak. O‘shanda bilinadi shu yerdagi aholiga nima kerakligi. Dardni o‘ziz his qilib ko‘rmagunizcha bemorni nima xohlayotganini tushunmaysiz.
Ассалому алайкум!Сардоба фожеасида халкимизни багрикенг сахватли инсонлари биринчи галда зарур нарса буюмларни етказиб берди!Фикримча йигилган хайрия пулларига коронавирус инфекциясида жуда керакли ва зарур булган маска ишлаб чикариш технолигиясини сотиб олиш керак.Бир канча ёшлар ишли булади ва сифатли тиббий маскаларга ички бозорда эхтиёж бор деб уйлайман.Имкон топилса кушни давлатларга сотилса нур устига аъло нур булади!
Максад
Ассалому алейкум Хушнуд ака Сардоба фожиясида Халок болган Юрдошларимиз, миллий гвардия ходимининг уйларига колаверса хар бир ногирон хонадонларга берса болди !
A_Qahharov
вақт кетса хам ўша ерга бориш лозим. Вазиятни кўриб бирор хулоса қилиш мумкин. Бирор мутасадига бериш керак эмас. Ўзингиз бош бўлинг манимча шунда адроатли бўлади.
Sherbek Choriyev
Assalomu aleykum! Meni fikrimcha xurmatli Xushnud aka O'zbekistonni kelajagi yoshlar bu voqeada yoshlar kattalarga qaraganda biroz bo'lsa ham psixologik ta'sir katta bo'ldi ularga, shuni hisobga olib aytamanki ularga yaxshi bir o'quv markazi hamda shu o'quv markaz va uning ichida kasbga yo'naltirilgan ustaxonalar tashkil qilish kerak deb o'ylayman. Sardobalik yoshlar shuni bildiki kelajakda o'z kasbini mahoratli yoshlari bo'lmasa ozgina qilingan xato minglab insonlarni umriga zomin bo'lishligini ular bizga qaraganda ko'rdi va his qildi. Agar o'quv markaz ochiladigan bo'lsa bir narsaga e'tibor berishingoz kerakki o'quv markaz hammaga eshiklari keng ochiq bo'lishi (ma'lum bir vaqtgacha tekin undan keyin ham juda arzon bo'lishi) kerak shunda u rivojlanadi!!!
Biror bir kichik biznes qilob berilsa bo‘lmaydimi misol uchun ziz aytgan 20 ming so‘mga 4 ta yoki 5 ta jo‘ja beradi har bir oilaga shu tarzda yana ham bilmadm hammadan har xil fikr aholini o‘zidan ham so‘rab ko‘rish kerak
Assalomu alaykum yig‘ilgan pullarni ehtiyojmand oilalarga berish kerak. Ortib qolgan pullarni ko‘pchilik yoshi ulug‘lar bilan maslahatlashib, kerakli narsalarga sarflash zarur deb o‘ylayman. Ular bilan maslahatlashib, avvalo nimaga ehtiyojlari borligini bilish kerak...
Show next 100 comments