Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum
Och qoringa na bilim na oyin kulgu na bir ish yoqadi .
Avval ishonchli shaxslardan 3tami yo 5tami ishchi guruh tuzish kerak kam taminlangan nochor oilalarni tochni aniqlash uchun nimagaki hozir mahalladagi , kambagallikni qisqartirish bo'limidagi malumotga ishonish qiyin.( Yaqinda bitta saxovat tadbiri doirasida bir honadonga bordik,kirsak ishoning 2 qavatli uy ,uyida 2-qavatida ustalar ishlayapti yana kam taminlangan nochor ular)
Saxovatni iloji boricha sharoitidan kelib chiqib aktiv sifatida berish kerak.Yani ishlov berilsa ,rivojlantirilsa ko'payadigan tarzda.
Bu bir taklif.
Xalqqa xizmat qilsin nima bulishidan qatiy nazar demoqchimanki undan butun sardobaliklar foydalansin.
Jo'RaXoN
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Mening fikrimcha osha hududdagi Mavjud masjidlarga bolib bersa juda yaxshi boladi. Ham pul berganlar savobga qoladi ham osha yer aholisi yaxshi sharoitlarda ibodat qilishiga imkon yaratiladi.
Abdujalil Pardayev
Assalom aleykum menimcha eng ahvoli og'ir kishilarga ko'maklashish kerak
Veronica
Sardobaliklar uchun kerakli bòlgan bironta korxona yoki zavod qurib,Sardobaliklar uchun yangi iw òrni yaratiw kk.Yoki hamma uchun birgalikda foydalaniladigan elektr transformatr bir sòz bn aytganda Sardobaliklarning hammasi foydalana oladigan biron bir foydali narsa qiliw kk
Assalomu alekum. Do'stlar hamma komentariyani ko'rib chiqolmadm.
Man fikrimcha odamlarga ijtimoiy tomonlama yordam sifatida ishlatilsa.
Yana elektr energiya gaz bo'lsa gaz shunga oxshagan kommunal xizmatlarni qulay sharoitda yaratib berishni tafsiya qilardim
Iloji boricha ko'proq emas yaxshiroq ish o'rinlari yaratganingiz maqul
Ko'proq tolofat ko'rganlarga yordam qilish kerak yoki malum bir oraliqdagi yosh bolarni kiyim kechak bilan ta'minlash kerak.
Sardobaliklar ichida ham qolida ishi hunari bor odamlar kop. Ish ornini koproq beruvchi ish yaratib berish kerak ishlab chiqarishmi sexmi . Shunda pul aylanishi bolib doimiy pul kelishi mumkin ham bekorchilik bolmasdi
EENG YAXSHISI BOLALARGA POLYA CHIM MINI STADIYON QURISH Xushnidbek sizdan iltimos
Brorta ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish kerak (yoki tikuv seximi) kam sonli bo'lsada ish o'rni va doimiy pul manbai bo'ladi, uzoq yillar davomida ko'makga muhtojlarga xizmat qiladi.
Assalomu aleykum. Pulni qiymatidan kelip chiqip shuni aytishim mumkinki , suv toshqinidan zarar ko'rgan hududlarga o'zingiz borib , hozirda aholi yashayotgan manzillarda bo'lip ularni shart sharoiti bilan yaqindan tanishib en maqul topilgan 10, 20 yoki 30 kishga pul ko'rinishida yoki hozirda ehtiyoji bor bo'lgan maxsulotlarni sotib olib berish orqali yordam qilsangiz yaxshi bo'ladi dep o'ylayman,
Dilmurod
Un zavodni qandaydir ishlab chiqarish yaratib berish kerak ham ishchilar ishlaydi va davlatimiz rivojlanadi.
Ассалому алайкум Хушнуд ака иложи булса имконияти чекланган ва бокувчисини йукотганларга беришни таклиф килардим.
Umida_Nurullayeva❤
Assalomu alaykum.Xursand boʻldim juda ham yuqoridagi koʻplab maslahatlarni oʻqib chiqdim.hammasi bir tomondan toʻgʻri,lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor.bu yerdagi takliflarni davlatimiz allaqachon oʻz rejasiga kiritgani aniq.shuncha insonni oʻylantirgan bu masala albatta ularning ham eʼtiboridan chetda qolmaganligiga ishonchim komil.toshqin payti Sardaboga bn biron marta borib koʻrmaganlarga ergashib,yengil-yelpi narsalarga srflamasligizni soʻrayman.Sahovatli insonlardan yigʻilgan bu pullarni Sardoba qurilishi uchun ajratilgan mablagʻga qoʻshish yoki davlat tashkilotlari bilan xamkorlikda xayrli yoʻlga sarflash lozim.Eng toʻgʻri yoʻl boʻlar edi .
Assalomu alaykim! Yetganicha 100- 200$ dan berilsa ham yomon bo'lmaydi!
Assalom aleykum eng yaxshi yo‘li biror qishloqqa suv tortib kelish kerak
Javohir Qurbonov
Assalomu alaykum. Menimchu taklifni pulni berganlardan so'rash kerak. Chunki pul ularniki. Butun Sardoba xalqi foydalanadigan nimadur qilish kerak. Masalan masjid qurishmi.
Xalqqa foyda bo'lsin desangiz, 3-4 ta avtobus kutish bekati qilib bering, shunda oftobda turmaydi, zamonaviyroq, bekatga qo'shib do'kon, ham xalq, xam kambagal bolgan odamlarga dokonni topshirsangiz boladi
Рахмонова
Энг шароити огир болаларга контракт пулини тулашга ердам бериш керак
Zaripova Munira
Ассалому алейкум,йул таъмирига ишлатилса хаммага фойдали буларди
Show next 100 comments