Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum men jabrlangan Oqoltin tumani shodlik mfy da yashayman bizdan boshqa deyarli hamma qishloqlarda masjid bor bizda esa yo'q shu pulni masjid qurish ishlarini loyihalashtirish uchun sarflang. Juda katta savob bo'lar edi. Rahmat.
Assalomu alaykum yaxshimisiz Xushnudbek aka ushbu mablag'ni biror bir katta narsaga sarflash kerak Deb o'ylayman.yani transformatrmi katta aholiga kerak bo'lgan jihozga sarflansa yaxshi bo'ladi suv chiqarish ishlariga ham sarflasa bo'ladi
Хуршида
Axoliga maishiy xizmat ko‘rsatadigan joylar qurib foydalanishga topshirish k.k. xozir ular bu xaqda o‘ylashmaydiyam. Xamma birdek foydalanadi. Pulni qiymatini hisobga olganda shu to‘g‘ri yo‘l.
Шавкатбек Хакимов
Ularni o'zlaridan so'ragan ma'qul
Assalom alaykum.

Sardobadagi voqealarga guvoh bo'lgan va aynan o'sha xalqni ichida yurgan kishi sifatida aytaman.

Yordam juda ko'p keldi. Xatto eplolmasdan yomg'irda ham qoldirvordik)).
Kiyimlar, oziq ovqat va pullar ham berildi.
Shu darajada bo'ldiki uvol qilishgacha borildi.
Juda ko'p narsani davlat qildi va qilayapdi. Ayni qilinmagan va berilmagan ishni bajarish kerak.

Oldinda qish, u yer qishloq joy, gohida gaz o'chadi gohi svet.
Ko'proq gaz muammoliroq, shu sabab balki svetda ishlaydigan pechka olib berarsiz. Chekkaroqlarida svet ham muammo bo'lishini hisobga olsak , balki ko'mir olib berarsiz.

Bu narsalar shaharda "eeee" deyilar, ammo qishloqda ko'zga surtiladi. Uncha katta bo'lmagan summaga olingan narsa bilan butun qishdan chiqish mumkin. Va kamida 3 oy duo qilishadi))
(Fazliddin Jamolov)
Muhammadrizo
Assalomu alaykum! Hozir ularning barcha ehtiyojlari, bosh-panalari, boshqa moddiy ta'minoti davlat zimmasida turibdi. Shunday ekan, eng ehtiyojmand oila farzandlarining shartnoma pulini to'lab berilishi kerak (ular ko'pchilik bo'lsa, hech bo'lmasa 6 oyligini)
Assalomu alaykum Xushnudbek. Hozi ko‘pchilik doktor ko‘magiga muxtoj bo‘lib bormoqda. Bu pullarni axoliga xizmat qiluvchi polikilinikaga sarflasa ko‘pchilik aholiga foydasi tegib qoladi.
Shukurjon Boratov
Таълим олувчи иқтидорли ёшларга сарфланса яхши бўларди
Гулнора Рузметова
Шуни бир иш килингки,шу сумма 70минг сонли ахолига фойдаси тегсин.
Assalomu alaykum men jabrlangan Oqoltin tumani shodlik mfy da yashayman bizdan boshqa deyarli hamma qishloqlarda masjid bor bizda esa yo'q shu pulni masjid qurish ishlarini loyihalashtirish uchun sarflang. Juda katta savob bo'lar edi. Rahmat
Ассалому алейкум, пулни уй-жойини йукотган ногиронлар булса ушаларни эхтиежи учун сарфлаш керак
Iloji bulsa joyiga borib vaziyatni urganish kerak, shunda aniq buladi.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka meni fikrim shu pullarga yaxshilab xisob kitob qilib 1 ta uyni qurishga yetsa agar qurib aholini o'rganib eng kam taminlangan yoki haqiqiy muhtoj oilaga shu uyni berish kerak shu oilaga butun umir duvo qilib o'tadi olloh rozi bo'lsin sizlarda shu pullarni yeg'ganlaring uchun
Abirayeva S
Assalomu alaykum barchaga, yuqoridagi fikrlarning hammasi yaxshi toʻgʻri aytilgan, menimcha aholini oʻzidan soʻrash kerak
Aziz Obidov
Davlat hisobiga o‘tkazish kerak negaki davlat shundog‘am o‘z hisobidan juda katta xarajat qilib jabr ko‘rgan aholini talofatlarini bartaraf qildi.
Аннур
Салом мени фикрим корамолми олиб фойдаланиш керак
Assalomu Alaykum. Rahmat tashkiliy ishlarda faol bo'lganiz un men sizga aytishim mumkinki bu pulni siz ayganingizday hammaga berishni iloji yuq shu sababli ularni maktab yoki bog'cha qurilishiga bersa menimcha ancha foyda bo'larmidi? Yana bilmadim yuqorida bitta akamizni Maschit qurilishiga ancha foyda bo'larmidi degan gapi ham ma'qul . Meni tavsiyam bolalar bog'chasiga berish kk hammasiga emas 10 ta yoki 4-5 tasiga ozroqdan berib hech narsa bo'lmagandan ko'ra bittasiga yaxshilab yordam bo'lsa maqsadga muofiq bo'lardi. Yoki bo'lmasa o'sha yerda ishlaydigan ustalarni ish haqini bersa ham yaxshi variant . Chunki karantin davrida ularni ham oilasi pulsiz qiynalmasligi lozim. Rahmat
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! Meni fikrim 3 ta yoki 4 ta Sardoba voqialarida jabr ko'rgan va boquvchisi yoq oilalarga pulni teng taqsimlab berish kerak.
Show next 100 comments