Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum Xushnudbek aka meni fikrim shu pullarga yaxshilab xisob kitob qilib 1 ta uyni qurishga yetsa agar qurib aholini o'rganib eng kam taminlangan yoki haqiqiy muhtoj oilaga shu uyni berish kerak shu oilaga butun umir duvo qilib o'tadi olloh rozi bo'lsin sizlarda shu pullarni yeg'ganlaring uchun
Abirayeva S
Assalomu alaykum barchaga, yuqoridagi fikrlarning hammasi yaxshi toʻgʻri aytilgan, menimcha aholini oʻzidan soʻrash kerak
Aziz Obidov
Davlat hisobiga o‘tkazish kerak negaki davlat shundog‘am o‘z hisobidan juda katta xarajat qilib jabr ko‘rgan aholini talofatlarini bartaraf qildi.
Аннур
Салом мени фикрим корамолми олиб фойдаланиш керак
Assalomu Alaykum. Rahmat tashkiliy ishlarda faol bo'lganiz un men sizga aytishim mumkinki bu pulni siz ayganingizday hammaga berishni iloji yuq shu sababli ularni maktab yoki bog'cha qurilishiga bersa menimcha ancha foyda bo'larmidi? Yana bilmadim yuqorida bitta akamizni Maschit qurilishiga ancha foyda bo'larmidi degan gapi ham ma'qul . Meni tavsiyam bolalar bog'chasiga berish kk hammasiga emas 10 ta yoki 4-5 tasiga ozroqdan berib hech narsa bo'lmagandan ko'ra bittasiga yaxshilab yordam bo'lsa maqsadga muofiq bo'lardi. Yoki bo'lmasa o'sha yerda ishlaydigan ustalarni ish haqini bersa ham yaxshi variant . Chunki karantin davrida ularni ham oilasi pulsiz qiynalmasligi lozim. Rahmat
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! Meni fikrim 3 ta yoki 4 ta Sardoba voqialarida jabr ko'rgan va boquvchisi yoq oilalarga pulni teng taqsimlab berish kerak.
Shunday joyga sarflangki. Yillar davomida ehson qilgan odamlarga savobi tegib tursin. Qolaversa Sardobalik jabr korgan Birodarlarimizga yaxshi bólsin.
Assalomu aleykum uzur avvalambor mavzudan chetga chiqgan holda bu yerga yozdim.
Men Xushnudbek aka bilan aloqaga chiqmoqchi edim bu judayam zarur judayam tigʻiz va murakkab vaziyatga tushib qoldim u kishi bilan qanday aloqaga chiqsam boladi.
Iltimos yordam berilar.
Xushnudbek aka agar bu gapimni oʻqiyotgan boʻlsangiz iltimos javob qaytaring oldindan rahmat
Assalomu alaykum! Masjid qurish haqida fikr bildirilgan ekan. Shu to'g'ri bo'ladi. Xushnudbek, sizga omad! Ishlaringizga rivoj!
Эрназаров Абдугани
Assalom alaykum yig'ilgan mablag'larni boquvchisini yo'qotgan insonlarga taqsimlash kerak.
Менимча бу пуллар ўзингиз айтгандек ҳар бир аҳолига тақсимлаб берилса ҳеч вақо бўлмайди. Шунинг учун бу пулларга аҳолига кўп йиллар хизмат қиладиган бирор бир кўприкми ёки йўл қурилиш ёки бир маҳалла биносими мана шунага ўхшаган объектларга ишлатилса маъқулми дейман.
Bu pulni hammaga yetkazib bo'lmaydi.Mahalla raisidan kasalmand insonlar yoki nogironlar ro'yhatini olib ularga dori darmon olib berish kerak deb o'ylayman.axir pul unchalik ko'p emas hammaga teng taqsimlagiday.
Jabborov_dilshod
Assalom aleykum Xushnudbek aka Men Mirzaobod tumanida yashayman yig'ilgan mablag'ni Sardoba,Oqoltin va Mirzaobod tumanida keng kolamdi qurilish ishlari ketmoqda shuning uchun u yerda ishlaydiga quruvchilarga oziq-ovqat mahsulotlari olib borilsa yaxwi boladi baribir u pulni bolib ham berib bolmaydi eng kam taminlangan oilaga ham sababi jabr korgan hududlarda kam taminlangan oila 1ta emas tushunmovchiliklar bolishi mumkin
Assalomu aleykum, hamma uchun umumiy va birlamchi boʻlgan obyektnimi yoki shunga oʻxshash biror narsani taʼmirlashga , qayta qurishga sarflash ham mumkin
Shunday qilish kerakki, hammaga teng taqsimlansin, yani doimiy baham ko'radigan ishga sarflash kerak.
Davlatimiz hozir juda og'ir ahvolda shu pulni davlatga topshirish kerak ularga davlatni uzi yordam beradi baribir bu pulni teng bulib berolmesizlar bulib bersalariz ham juda kamdan tushadi kimdir qolib ketsa norozi yoki xafa bub qoladi
Assalomu alaykum hurmatli do‘stlar . Xushnud aka menimcha bu pullarga hamma uchun kerak bo‘ladigan misol uchun masjid, maktab, maktabgacha ta'lim muassasasi, shunga o‘xshash bino qurib topshirgan, yoki shularni chiroyli qilib ta'mirlab bergan ham maqul. Bu shaxsiy fikrim albatta, bitta oilaga yordam berish sal bizga turi kelmidi, menimcha (uziz bilasiz )
Assalomu alaykum. Turmush darajasi qiyin bo'lganlarni qidirib topib shu insonlarga moddiy yoki oziq ovqat sifatida berish yoki barchaga barobar qilib masjid qurilishiga safarbar qilish kerak deb o'ylayman...Alloh barchamizni o'z panohida saqlasin
Xushnudbek aka balki biron bir ishlab chiqarishmi yoki shunga o'xshash aholini ish bilan band qilish uchun sarflash maquldir.
Show next 100 comments