Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Jabborov_dilshod
Assalom aleykum Xushnudbek aka Men Mirzaobod tumanida yashayman yig'ilgan mablag'ni Sardoba,Oqoltin va Mirzaobod tumanida keng kolamdi qurilish ishlari ketmoqda shuning uchun u yerda ishlaydiga quruvchilarga oziq-ovqat mahsulotlari olib borilsa yaxwi boladi baribir u pulni bolib ham berib bolmaydi eng kam taminlangan oilaga ham sababi jabr korgan hududlarda kam taminlangan oila 1ta emas tushunmovchiliklar bolishi mumkin
Assalomu aleykum, hamma uchun umumiy va birlamchi boʻlgan obyektnimi yoki shunga oʻxshash biror narsani taʼmirlashga , qayta qurishga sarflash ham mumkin
Shunday qilish kerakki, hammaga teng taqsimlansin, yani doimiy baham ko'radigan ishga sarflash kerak.
Davlatimiz hozir juda og'ir ahvolda shu pulni davlatga topshirish kerak ularga davlatni uzi yordam beradi baribir bu pulni teng bulib berolmesizlar bulib bersalariz ham juda kamdan tushadi kimdir qolib ketsa norozi yoki xafa bub qoladi
Assalomu alaykum hurmatli do‘stlar . Xushnud aka menimcha bu pullarga hamma uchun kerak bo‘ladigan misol uchun masjid, maktab, maktabgacha ta'lim muassasasi, shunga o‘xshash bino qurib topshirgan, yoki shularni chiroyli qilib ta'mirlab bergan ham maqul. Bu shaxsiy fikrim albatta, bitta oilaga yordam berish sal bizga turi kelmidi, menimcha (uziz bilasiz )
Assalomu alaykum. Turmush darajasi qiyin bo'lganlarni qidirib topib shu insonlarga moddiy yoki oziq ovqat sifatida berish yoki barchaga barobar qilib masjid qurilishiga safarbar qilish kerak deb o'ylayman...Alloh barchamizni o'z panohida saqlasin
Xushnudbek aka balki biron bir ishlab chiqarishmi yoki shunga o'xshash aholini ish bilan band qilish uchun sarflash maquldir.
Лола Холикова
Салом Хушнудбек бокувчисини йукотган оилаларга корамол килиб бериш кк
☆☆ ☆☆
Ichimlik suvi yoq joyga suv chiqarish kerak
РЕАЛ МАДРИД
Энг тугриси масжид курилишига ёки таъмирига ишлатилса саховатпеша инсонларга доим савоби тегиб турардм
Siz bilan yana bir muhim masalada taklifim bor edi, bog‘lana olmayapman aka.
Assalomu alekum hammaga hayrli kun,menimcha mana shu pullarga sardoba aholisiga kop qavatli turar joymi,yoki hozirgi kunda tumanlarda qurilayotgan 1qavatli namunali uy joy qurib berish kerakmi deb oylab qoldim
Assalomu alaykum agar iloji bo'lsa ozgina sabr qilib uqishga kontrakt kirgan lekin bu yilgi ofat sabab birinchi kontraktini tulashga arjatilsa ham yomon bumasdi grant tariqasida hech bumaganda 20ta iqtidorli lekin uqishga imkoni bo'lmagan yoshlarga imkoniyat yaratilardi va 20 tayoshning kelajagiga zamin yaratadi bilmadim balki bu eng maqbul taklif emasdir lekin kelajak uchun maqbul bulardi
Khatamov
Ичимлик суви, газ ёки свет линияларини янгилаш, улар булмаса янги линия олиб бориш керак бу пулга !!!
GTX*S💯
Менинг фикримча, Сардобадан жабр курганларга шундок хам давлат томонидан, ахоли томонидан жуда катта ёрдам берилмокда.
Хатто айрим юкларни хор булганини хам курдик. Ёмгирда колиб кетганини.
Уйлари куриб берилади албатта.
Лекин отадан, фарзанддан жудолик ёмон.
Менинг фикримча, мазкур пулларни айнан халок булган гвардия ходимларининг оила аъзоларига, уларнинг хотираси учун сарфланса максадга мувофик булар эди.
Jamoa foydalanishligi uchun biron bir inshoatmi Masalan: Masjid
Isayev Abduzoxid
Assalom aleykub barchaga menimchaham shunday bu pullarga axoliga uzoq hizmat qiladigan biron bir maktab,masjid,MTM,yoki kasalxona qurgan maqul bo'lsa kerak
AGAR ILOJI BO‘LSA YOSHI 40GAChA BO‘LGAN ERSIZ AYOLLARGA BERING...
FAXSHNI OLDINI OLING ILTIMOS...
Tugri oziq ovqat yoki moddiy yordam bersa ko'pchilikka yetadi lekin bu ozgina vaqtga hammasi tugaydi
Biror narsa qurib Yoki bitkazib tamirlab beriw kk.
Икки юзта энг оғир ахволдаги кишиларга тарқатиш керак. 1000 000 дан тегар экан. Ўзлари яхши мақсадда ишлатишсин, мол оладими, экин экадими тахминан шундай шарт билар беринглар. Бир марта бозорлиқ қилиб еб ювормасин.
Show next 100 comments