Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Nodira Samandarova
Сардоба тошк,инида халок булган опа-ука ёш болалар, миллий гвардияни оила аъзоларига берсангиз яхши булар эди. Чунки уларнинг йук,отишлари хаммадан хам купрок
ISMAILOV SHERZODBEK
Assalomu aleykum. Ko'pchilikni ko'nglini olish, hammaga bir xil munosabatda bo'lish juda murakkab ish. Alloh barchaga shu yo'lda qilingan ehson va yaxshi amallar ajrini bersin. Meni taklifim hududdagi katta bir, yoki bir nechta masjidni ta'mirlash kerak.
Eng kamida har bir oilaga bir boshdan qo'y olib berilsa kamida 200 oila chorvaga ega bo'ladi. Bu bilan fojeadan jabr ko'rganlar uchun qo'shimcha daromad manbaiga aylansa ajab emas.
YOSHLAR UCHUN MINI SPORT MAYDONI QURISH FIKRIGA QO'SHILAMAN HAMMA ISHLATSA BO'LADI. MANIMCHA SIZDAGI BOR MABLAG' UCHUN YETSA KERAK
Assalomu alaykum!
Xayrli ishlaringizni Alloh bardavom qilsin!
Yoshlarni ta'limiga sarflansa kelajakda bilimli avlod bunday holatlarni takrorlanmasligiga xizmat qiladi.
"Bir yillik reja qilsang sholi ek,
O'n yillik reja qilsang daraxt ek,
Ming yillik reja qilsang yosh avlodni o'qit."
Konfutsiy.
Сигир хам Яхши ночор оилаларга анча ердам булади .мен хам сигир бокаман боллар сут катта ейди базида сотамиз
Ma'lum bir joyda oshxona ochib,yetim-yesir,ta'minotsiz odamlarga 2 mahal issiq ovqat tarqatilsa...
Bu pularni toyni qilolmyotgan oilalarga sarflansa togri bolardi shu fojiyadan keyin qanchadan qancha yoshlar oila qurishi kechikib ketti. Toylarni oziz bosh bolib otkazib bersays. Manimcha odamlar rozi bolishardi sizlardan
Бахора Нематовна
Assalomu alaykum Xushnudbek shunday farovon davrda hali ham davlatni o'maradiganlar tiqilib yotibdi.Ilm olish yo'lida farqi yo'q maktabmi bog'chami o'quv markazimi shunga o'xshash bino qurib adolatli shaxslarga berish kerak boshqaruvni
ХМА
Хаммасига урдак олиб таркатинг. Яна сув тошкини булса хам тирик колиш эхтимоли ута юкори. Хеч Ким ютказмайди.
Agar iloji bólsa abiturenti bólgan oilalarga berish kerak.
Qanday tartibda-
Abitirenti bólgan oilalarning ba'zilarining 2 ta farzandi abiturent bólishi mumkin. Bundan bittasi bu yilgi bitiruvchi bólsa, ikkinchisi óqishga ikkinchi (yoki 3-4) marta beryapti. Bularning imkon qadar barchalariga davlat bojini tolab bersangiz oilalarning barchalari bundan yanayam xursand bóladi deb óylayman.
Zero davlat yoshlarning qólida!!
FABRIKAMI, ZAVODMI QURINGIZLAR!

QOLGANI UVOL BO'LIB KETADI.

SPORT MAJMUASI YOKI KUTUBXONA QILINGIZLAR...

BILIM UCHUN SARFLANGAN
SARMOYA ENG ISHONCHLI SARMOYADIR.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, boshlagan ishlaringiz xayrli bo'lsin. Tibbiy yordamga yoki dori darmonga muhtoj sardobaliklarga ko'mak berilsa ham o'ylashimcha ancha yordam bo'ladi
Assalomu alaykum menimcha bu pulni bo‘lib bergan bilan baribir unchalik foydali emas shunga ko‘ra o‘sha falokatga uchragan joyda yoshlar uchun kutubxona tashkil qilinsa va bu ishga yana ko‘ngillilarni jalb etilsa to‘g‘ri bo‘lsa kerak .
Assalomu aleykum! Alloh rozi bo'lsin qilayotgan ishilardan. Pul yigishni to'xtatmasdan Sardobada masjid qurilishi uchun yetarli mablag' toplab keyin toxtatgan maqul deb oyliman hozir shu pullar bilan qurilishni boshlab keyin yigilganini yana sarflansa hamma uchun foydali yaxshi hamda umrbod savob kelib turuvchi ish boladi bu meni fikrim rahmat!
𝑯𝒂𝒃𝒊𝒃𝒂𝒙𝒐𝒏 𝑹𝒐𝒛𝒊𝒒𝒐𝒗𝒂
Салом таълим муассаси куриш таклифига кушиламан
MIRJALOLXON INATOV
Menimcha axoli orasidan boquvchisi yuq yoki nogironi bor oilalar bulsa kerak ushalarga tarqatsa maqsadga muvofiq boʻlardi toʻrt munchasi sogʻlarga bulib bergandan kura shu yul yaxshi chora
Qanchalik qoʻshilaszlar bilmadim lekin menimcha bogʻchalarni tiklash kerek. Bolasidan xavotir olmagan ota ona xayol boʻlinmay mehnat qiladi har narsaga imkok topadi. Bola ham och ham issiqda ko'chada ham qolmaydi
20 ta oilaga 1 boshdan ona-bola sigir olib berish maqsadga muvofiqroq bólardi.
Shuxrat
Assolomu Alaykum hammaga ! Eng nochor ishsiz boquvchisini yuqotgan haqdor oilalarni topib doimiy pul topish imkonini beradigan narsalar olib berish lozim deb uylayman, masalan tikuv mashinalari , makaron ishlab chiqaruvchi mini sexchalar va shunga uxshash mini ishlab chiqarish texnologiyalari olib berilsa maqsadga muvofiq bulardi ! Baliq olib berib boqqandan kura, baliqni ovlashni urgataylik !
Kurganov ...
Ko'p farzandli va kam ta'minlangan oilalarga teng taqsimlam berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi deb o'ylayman.
Show next 100 comments