Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Шунда бир вазиятда. Бир танишим кам таьминланга, жабр курган ахоли сонига хужали учун ишлатиладиган пропан газ балонлар таркатган.
Assalomu alaykum
Xushnud aka meni fikrim haqdor xisoblangan nochor oilalarni topib ularga 3 ta qoʻy yoki 1ta qoramol sigir koʻrinishida tanlash imkoniyatini berib chorva berish kerak kimni qaysi hayvonni boqishga imkoniyati boʻlsa olib boqishi mumkin boʻladi va vaqt oʻtgan sari daromadi oʻsib boradi eng kamida sotsa ham manfat koʻradiku
Shaxsiy fikrim shu....
Tadbirkorlik bilan shuģullanib ishsizlarni ish bilan ta'minlash kerak. Aholiga ham davlatga ham foydasi tegadi
Jahongir Jalilov
100$ дан эхтиёжманд оилаларга тарқатинг,бир корига яратади,хозирги карантин пайтидп
Menimcha sifatli oilaviy poliklinika yoki yuqori darajali maktab va bogʻchaga sarflash kerak!!!!!
qiynalgan oylaga bir dona sex ochib berilsa shu joydi axolis ish bilan taminlaydi
Dilfuza Rakhmanova
Tadbirkorlik bilan shuģullanib ishsizlarni ish bilan ta'minlash kerak. Aholiga ham davlatga ham foydasi tegadi
Bu ishlar koʻpchilik bilan boʻladigan ish u joyda karupsia chiqib pullar talon-taroj boʻlishi mumkin
Assalomu alaykum. Ichimlik suvi chiqadigan Bir nechta Yaxshi artizan ishga tushirsa bõladi bu pullarga
Menimcha, sentyabr oyini kutish kerak. Chunki bu oyda köpgina abiturientlarning 1 yillik taqdiri hal böladi. Bermoqchi bölgan taklifim esa KONTRAKT masalasi. Uy-joyidan ajralib köchada qolgan xalq uchun farzandini kontraktda öqitish yana bir katta muammo. Töplangan mablaģni kontraktga öqishga kirgan talabalar uchun yönaltirilsa, ham hozirgi kun u.n, ham kelajak uchun sarmoya bölardi.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka aholiga iloji boricha oziq ovqat va kiyim kechak kerak db oʻylayman ular uyidan chiqishyotganida faqat ustidagi kiyimi boʻlishgan shunga koʻra ular hozir dehqonchilik qilishsa ham ular mahsulotlarni hozir ololmaydilar ularga qoramol berszmi tovuq berasizmi yo qoʻymi farqi yoʻq hozir ularga eng kerakligi qurilish mollari hamda oziq ovqatlar, kiyim kechakdir..
Хасанова Мукаддас
Продукта килиб таркатинглар
Xullas uzoq muddat xizmat qiladigan narsa qilsa maqsadga muvofiq
Salom xammaga. Axoli orasidan
-Boquvchisini yo'qotgan oilalar
- 3 va undan ko'p bolali oilalar
- kantrakt o'qiydigan talabasi bor oilalar
- nogironligi bor oilalar
-qariyasi bor oilalar
Va yana wu kabi oilalar uchun xisoblanganda oila soni axoliga nisbatan kamayadi 300 - 400 oilani tashkil etadi. Shu oila uchun daromad keltiradigan ish uchun sarflashini taklif etaman.
Masalan kimdir uchun
- issiqxona qurish
- qoramol yoki qo'y olib berish (albatta 1-2 ta emas)
-quyonchilik
-kimdir tikuvchilik qilishi mumkin
Shunga o'xshash o'sha oilani o'zini qobiliyatiga asosan qilinish mumkin. Va bu taklif o'zgartirilishi xam mumkin yana sizlardan to'ldirishlar bilan.
Bilishimcha Sardoba xalqi mehnatkash xalq dehqonchilik bilan shuģullanishni hoxlovchi Sardobaliklarga yer bilan uruģ yoki ko'chat olib berish kerak, yiģgan hosili xalqimizga foyda bòladi topgan daromadidan esa turmush tarzi yaxshilanadi.
Имконияти етмаган бир оилага уй обериш керак
Харакатчан оила узини эплаб кетаверади
Show next 100 comments