Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Judayam nochor holatdagilarga pul yoki oziq ovqat kurinishida berish kerak lekin pul hammaga yetmagani uchun judayam ogir holatdagi 500-1000 kishiga bersa buladi
Yuqoridagi fikrlarga qo'shilgan holda masjid qurilishining tarafdoriman. Yoki bolalar uchun sport maydonchasi qurish kerak.
Feruz Bahronov
Mol boqib kupaytirib keyinchalik ehtiyojmand oilalarga gusht sut mahsulotlarini yetkazib berish mumkin shuning bilan molxonaga ishchi kuchiniham hisobga olsak kupchilik bahramand buladi
Assalom alaykum Xushnudbek aka meni taklifim un yoģ olib tarqatgan maqul
Сардобадаги энг чекка мактабга компютер олиб беринглар
Бехзод Рахматов
Assalomu alaykum! Bu pul judayam kam. Shuning uchun eng yordamga muxtojlarga va kamroq oilalarga sarflash kerak. Shunda yordam puliga nimalardir qilish mumkin bo'ladi.
Sobir Igamov
Asaalomu alaykum.Aniq vaziyatni o'rganib ixtiyojmantlarga bittadan sigir olib berilsa hech bo'lmaganda kunlik oziq ovqat va daromadi bo'lib turadi
Assalomu alaykum Xushnudbek!
Avvalo, ushbu loyihani tashkillashtirganingiz uchun kattadan-katta rahmat, Alloh rozi bo'lsin. Menimcha, bu mablag'ga quyidagicha yo'l tutilsa to'g'ri bo'lsa kerak:
1) yoshlarimizni ta'limga jalb qilsak ya'ni sharoit yo'q joyga bolalar bog'chasi yoki maktab qurib ularni ilm o'rganishdek farz amalni bajarishlariga ko'maklashib, aholining ziyolilik darajasini oshirilishiga;
2) Muhtoj oilalarning oyoqqa turib olishlariga yordam ko'rsatib, tirikchilik-ro'zg'orini o'tishiga ko'maklashadigan biror jihatga sarf qilsak, masalan: ichimliklarni sovutishga mo'ljallangan muzlatgichni olib berib, salqin ichimlik savdosi bilan shug'ullanib, daromad qilishlariga, muzqaymoq savdosi bilan shug'ullanishlariga, chorvachilik yoki parrandachilik qilishlariga yoki shunga o'xshash halol kasb-kor bilan shug'ullanib, sharoitlarini yaxshilab olishlariga ko'mak berilsa;
3) davolanishga sharoiti yo'q yoki qurbi yetmayotgan oilalar, nogironlar, ko'zi ojizlarga biror tibbiy muolaja, xususan, operatsiya amaliyotlariga insonparvarlik yordami ko'rsatilsa yaxshi bo'lardi deb o'ylayman. Albatta bular mening sub'ektiv fikrim. Rahmat!
Хеч бўмаса 10 та аёлга иш ўрни
Graf Monte Kristo
Sardoba aholisini quyi qatlamiga yani kam tamingan extiyojmand boquvchisini yuqotgan nogironligi bor oylalarga tarqatsa juda katta savob bulardi
Ассалом алайкум.Халкимизни бошига тушган бу синовли кунда эьтиборсиз булмаган юртдошларимизга рахмат.Мани фикрим ахоли учун Масжид куришга ёки Болалар богчасини таьмирлашга сарфлаш керак.
SAYYORA Daminova
Menimcha qora mol olib oilalarga berish kerak chunki u yerdagilarning kopchiligi chorvachlik bilan kun korishgan fojiada esa kopgina mollar nobud boldi bu esa odamlarga qattiq tasir qilgan deb oylayman
Sobir Igamov
Assalomu alaykum.Eng ixtiyojmantlarga bittadan sigir olib berish kerak.Shunda ularda kunlik oziq ovqat va daromad bo'ladi.
Ш.Н.
Сардобада масчит борми балки эскириб тамир талабдур.
Масалан сех очиб берилар қўл блан берганга чумчуқ тўймас
Ассалому алайкум. У ерда барча хонадонлар, ижтимоий ва коммунал соха объектлари, ичимоик сув таминоти давлат томонидан тикланмокда. Манимча у ерга умум фойдаланиш учун масжидми, куп каватли уйлардаги ахоли фойдаланиши учун молхонами куриб бериш керак.
Jahongir Jalilov
아사드벡
Qaysi biriga bolib berasiz axir bu yerda extiyojmand oilalar juda kopku
Энг зарур 200 та оилага бериш керак,хаммасига маблағ етмайди,ундан камроқ (100-200минг)маблағ билан бирор ишини битира олмайди.
70 mingta odam emas balki 100-200 tasiga yetsa ham shuni ozi katta yordam buladi. Byudjetni 1.000.000 sum qilib belgilab, haqiqatda ham qiynalgan oilani biror bir ehtiyojini qonditib berish kk. 70 mingta odamga urvoqday korindan kora, ozroq aholiga haqiqiy yordam bulgani ma’qul
Yulduz Isakaliyevna
70минг ахолини хар бирини ойиласи беш кишидан иборат булса хар бир ойилани хисоблаб чикиб шунга караб ойила учун керакли майда бытавой техника булса хам совга килиш мумкинми
Ш.Н.
Сув муамосида хал этишда сарфласа булади чекка жойларида
Show next 100 comments