Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Albatta axoli uchun bo‘lganda umum foydalanadigan inshoat quriliwi maqsadga muvofiq deb o‘ylayaman.
Oʻzimizni valyutada qilinganida pul koʻproq toʻplanardi manimcha shunda imkoniyatam kori boʻlardi
Assalomu alekum Xushnudbek aka. Yuqoridagi muammoga bir ozgina fikr bildirib o‘tsam.
Menimcha bu pullarga yuqorida birodarlarimiz ta‘kidlab o‘tishganidek kichik- kichik sexlar, parranda fabrikalari ochib, yordamga muxtoj, ishsiz oilalardan ishchilarni olib, ularni nisbatan yuqoriroq maosh bilan ta‘minlab borilsa(ko‘riladigan foyda hisobidan) menimcha maqsadga muvofiqroq bo‘lar edi. Olingan foydadan ham muxtoj oilalarga moddiy yordam( un, yog‘ ko‘rinishida) ko‘rsatilsa, balki yana ham foydaliroq hayrli ish bo‘ladi, nazarimda.
Jahongir
Hozir qorinni emas kelajakni oʻylaydigan zamon
Meni fikrim barcha sardobaliklarga birdek xizmat qiladigan obyekt qurilishi yoki ta'mirlaniahiga sarflansa foydaliroq boladi. Chunki xalqqa bolib berganda ozlaringiz aytgandek arzimagan miqdorga aylanib qoladi. Suv tizimini yaxshilash,yo'l ta'miri,ko'prik, ta'lim muassasi ,bog'cha yo shunga oxshash obektga sarflash samarali deb o'yliyman.
bitta narsa aytsam kulmasangiz Shu pulga g'osht yoki Qo'y yoki shunga o'xshagan narsa olib xalqga tarqatish kerak
Sardobani yo'llarini, ko'chalarini asfalt qilish kerak. Ulardan hamma foydalandi. Ayniqsa kasalxona atrofidagi yo'llarini.
Mirzo
Таьлим, марифатга йуналтиришни таклиф килган булардим
Muratbay Nurimbetov
Bolajonlar uchun zamon talabiga javob beradigan ko'ngil ochar maydoncha qurishsa maqsadga muvofiq bo'ladi.Chunki hamma aholi foydalana oladi.Bolajonlarining quvonchini ko'rib qayg'uli damlarni unutishadi.Pulni tarqatishga kelsak yurt boshimiz tomonidan barcha jabr ko'rgan aholiga yordam pullari tarqatilgan.Bolajonlar quvonchi olam quvonchidir.
Hammani fikrini oʻqib turibman koʻpchilik bir narsani xisobga olmayabdi
Davlat tomonidan ularga maktab bogʻcha va boshqa zarur ishlar qilinadi sizlar qoʻshimcha yordam haqida oʻylanglar va yakka tartibda yordam boʻlishi kerak koʻpchilikni ishi qiyin fabrika birnasalar deyapsizlar iiii ... Pullar osmonga uchub ketadi shaxs qoʻlida
ХМА
Мен Яна узими таклифими химоя килмокчиман. 70 Минг ахолини хаммасига пулни булиб баракасини учирмаслик керак. Урдак бокиб купайтира оладиган оилаларга урдак олиб бериш керак. Урдак сертухум, иммунутети яхши, Кам касал булади,алохида шароит талаб килмайди,озукасини 80-90 фоизини узи топиб ейди. Емонми?
Assalom aleykum Xushnudbek imzosi tushurilgan yaxshi kitob tanlab makatablarga yarqatish kere ? Uy-joy ish o'rni xamma sharoitni davlatimiz amalga oshirepti
Assalomu alaykum.Juda ham savobli ishga qól uribsizlar Alloh rozi busin
Manimcha kichikroq bolsa ham ishlab chiqarish obyekti qurish kk.Toplangan pulni naqd pul yoki oziq ovqat kòrinishida tarqatilsa aholining bir kunlik ehtiyojini ham qoplamaydi
Шаробидин Илясов
Yig‘ilgan mablag‘ni sadaqai joriyaga ishlatish kerak o‘sha hudud uchun eng zaruriga.
Болалар учун нимадир килиш керак спорт майдончасими,ёшлар учун туйхона куриш керак кичикрок,енди той киламан деб йиккан канча нарсалари окиб кетган халкнинн бу тойхонадан улар фойдаланиши керак
Битта Масжид куриш керак
Ассалому алайкум менинг фикрим куп йил купчилик фойдаланадиган нарсага ишлатиш керак масалан сув насоси ичимлик сувига
Show next 100 comments