Маслаҳатингиз керак

Ёдингизда бўлса, «Сардоба» фожиасида жабрланганларга ёрдам бериш учун GoFundMe платформасида акция ташкил қилгандик.

Саховатли инсонларнинг ёрдами билан жами 19 минг 949 АҚШ доллари йиғилди. Бу Марказий банк курси бўйича ҳисобласак, 203 млн сўм бўлади.

Шу билан акцияга якун ясамоқчимиз. Ҳозирда АҚШдаги ватандошларимизнинг кўмаги билан пулни платформадан ечиб олиб, Ўзбекистонга олиб келиш бўйича ташкилий ишлар қилинмоқда.

Энди олдимизда янада масъулиятли иш турибди, яъни бу пулни мақсадли ва нисбатан ижтимоий адолатли қилиб сарфлаш. Очиғини айтсам, шу жойига келганда бошим қотиб турибди.

Ушбу суммани жабрланган аҳолига пул кўринишида тарқатганимиз билан, кўпчиликка урвоқ ҳам бўлмайди. Жами 70 минг аҳоли эвакуация қилинган. Майли, ҳеч бўлмаса 10 минг кишига тарқатамиз десак ҳам, атиги 20 минг сўмдан тўғри келади.

❓Шу вазиятда маслаҳатингиз керак. Қандай йўлни тавсия қиласизлар? Таклифларингизни ёзсангиз хурсанд бўлардим. Зора бирор оптималроқ ечимини топсак. Раҳмат.


👉 @xushnudbek 👈

2661 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum hammaga avvalo bu savobli ishga qol urganlarni olloh o'z qollasin bu.Bu togrisida meni fikrim vatandoshlarimiz tomonidan yigilgan mablagni extiyojmand va boquvchisini yoqotganlarga berish kerak chunki ularning kunlik daromad miqdori juda kam bunday oilalar katta talafotlardan keyin ozini o'nglab olishga qiynalishadi .
Qadirli yurdoshlar axolini qoliga baliq emas qarmoq berish kerak emasmi
Мунира Файзуллаевна
Ичимлик суви билан таьминланса яхши буларди.
Яхши ишлаб чиқариш корхонаси ташкил қилиш керак... унга тикилган пул ўзини қоплайди, иш ўрни, даромад... асосийси пул йўқолмайди. Яна бу ишга хомийлар хам топилиши мумкин.
nima ish qilinganda ham yulda talon taroj bòlib ketmasligi kerak, Sardobaliklarga yetib borishi kerak
아사드벡
Qadirli yurdoshlar axolini qoliga baliq emas qarmoq berish kerak emasmi
Шунинг учун уларни иш жой билан таминлайдиган нарса килиш керак
Assalomu alaykum. Eng yaxshi va hozirgi kunda kerakli ish zaxirasida hozirda eng kam oziq ovqat bulganlarda yaxshi ovqatlanishi uchun ovqat mahsulotlarini tarqatish. Yoki bulmasa COVID-19 vaqtida immunitetni kutaradigan virusga qarshi dorilarni olib berish. Bu oz miqdordagi pul bn uzoqni uylash kerak emas. Ayni vaqtda yordam berish maqsad bulishi, xalqni immunitetini kutarib COVID-19ga chalinishni yengillashtirish kerak. Shunda kupgina asoratlarni olishga yordan qilingan buladi. Bu yerda kup yozish noqulay. Agar maqul bulsa shu taklif batafsil hisob kitob qilib berilishi mumkin...
Bu pulni biror maktabni kompyutertexnologiyalaribilantaminlash kk toki u maktabnibitirganlar o‘zi aqli bilan hohlasa asfaltqiladihohlasasuv chiqaradi
Nuriddin Jumaev
Assalomu alekum bir biridan yaxshi fikirlar bulyabdi hamasiga qushilamiz asosiysi boricha baham kuring qolganini olloxim uzi tuldiradi mani fikirimcha boquvchisini yuqotganlarga birinchi yordamdi qiling.
Misol uchun talofatdan keyin kòpchilik odamlarni uyidagi narsalari yòq boldi ehtiyojmand oilalarga maishiy texnika narsalarini olib berish kerak
Mening fikrim shunday
Tashabusskor yoshlar kop ozimizda aqil bilan ish yuritilsa kozlangan maqsadga erishsa boladi
Assalomu alaykum azizlar! Meni fikrim quyidagicha: yuqorida aytilganidek aholi uchun toza ichimlik suvi chiqarish kerak. Suv nasosi qurish kerak. Harholda ko'pchilik uchun uzoq muddatli savobli ish bo'lardi. Yoki bo'lmasa hududdagi maktablarga o'quv qurollari va kitoblar olib berish kerak!
아사드벡
Tashabusskor yoshlar kop ozimizda aqil bilan ish yuritilsa kozlangan maqsadga erishsa boladi
Нима килсак хам уларда хозир рухий зайфлик бор анча чарчаган уларни рухиятига ижобий фойда берадиган нарса килиш керак
Sardobaning juda ko'p qismlarida aholi yillar davomida ichimlik suvidan qiynalib keladi, o'zim Sirdaryolik bo'lganim uchun bu muammoni odamlarga qanchalik qiyinchilik tug'dirishini yaxshi bilaman. Balkim o'sha "toza suvsiz" qolgan joylar haqida aniq ma'lumot olib, ichimlik suvi bilan ta'minlash kerakdir.
Omad Fariwtasi
Assalomu alaykum avvalombor Ozbekiston halqimiz uchun wuncha qilgan yaxwiliklari uchun saxovatpewa insonlarimizdan olloh uzi rozi bulsin mani fikrim zamonaviy masjid qurilgani maqul agar mablag yetmasa Oz'bekistonimizda yaxwi insonlar kop
Assalomu Aleykum! Meni fikrim boquvchisi yoq, farzandlari kop ayolga berilsa, bir umr duoda otadi.20 ming pulga hech narsa bermaydi, lekin bir bevaning oilasi biror narsalik boladi.Agarda hamma pul berilsa.
Бехзод Гаппаров
Ассалому алайкум. Фикрлар ҳар хил бўлаяпти, ҳаммасига қўшилса бўлади. Менинг фикримча ушбу йиғилган маблағни жабир жийда оилаларнинг ҳеч бўлмаганда бир нафар фарзандларининг номига ҳисоб рақам очиб маҳлум миқдордаги пул маблағларини жамғарма сифатида берилса мақсадга мувофиқ бўлар эди. Ахир чет элда фарзандлар рақамига ҳисоб рақам очиладику. Нима дейсизлар?
Show next 100 comments